To’p bilan slalom.
Sakrovchanlikni tarbiyalash uslubiyatning asoslari. Sakrovchanlikni tarbiyalash birinchidan, harakatlarni muvofiqlashgan jihatdan murakkab harakatlarni o’zlashtirib olish qobiliyatini tarbiyalashdan va ikkinchidan, harakat faoliyatini to’satdan o’zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta qurilish qobiliyatlarini tarbiyalashdan iboratdir, bunda o’z harakatlarni makonda va vaqtda aniq idrok etish («makonni his etish», «vaqtni his etish») muvozanat saqlash, galma - gal zo’r berish va bo’shashtirish qobiliyatlarini, shuningdek boshqa xususiy qobiliyatlarini tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Sakrovchanlikning tarbiyalashni asosiy yo’li yangi xilma - xil harakat ko’nikma va malakalarini o’rganib olishdir. Bu harakat malakalarining ortib borishiga sabab bo’ladi va harakat analizatorining funksional imkoniyatlariga samarali ta’sir etadi.
Yangi harakatlarni o’zlashtirib olish qobiliyati sifatidagi sakrovchanlikni tarbiyalashda har qanday mashqlardan foydalanish mumkin. Lekin ular faqat yangilik elementlari bo’lgani uchungina o’rganiladi. Malaka avtomatlashib borgan sari mazkur jismoniy mashqning sakrovchanlikni tarbiyalash vositasi sifatidagi ahamiyati ancha kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyati sifatidagi sakrovchanlikni tarbiyalash uchun, to’satdan o’zgargan sharoitdagi ta’sirlarga darhol javob berish bilan bog’liq bo’lgan mashqlar qo’llaniladi.
Sakrovchanlikning oshirishga qaratilgan yuklamalarning o’zgarishi, shug’ullanuvchilar ancha oladigan kordinasion qiyinchiliklar ortira borish yo’li bilan sodir bo’ladi. Bu qiyinchiliklar asosan qo’yidagi talablardan tashkil topadi.
1) Harakatning aniq bo’lishi:
2) Ularning o’zaro muvofiqligi:
3) Sharoitning to’satdan o’zgarishi:
III bob bo’yicha xulosa
Ayrim murabbiylar qisqa muddat ichida jismoniy sifatlarni rivojlantirishni jadallashtirish, tezroq malakali sportchi tayyorlash maqsadida maxsus va ixtisoslashgan mashqlarni zo’rma-zo’raki qo’llaydilar, to’g’ri, ayrim hollarda ya’ni agar bolaning nasliy va individual jismoniy imkoniyatlari serzahira bo’lsa, bunday bola tez orada yaxshi sportchi bo’lib yetishishi mumkin. Ammo, aksariyat hollarda bunday katta yuklamali mashg’ylotlar bolaning tez charchashi, zo’riqishi, hatto uning kasallanishiga olib kelishi mumkin. Sport amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir biriga o’xshash muntazam beriladigan mashqlar sport bilan endi shug’ynlanishni boshlagan bolada qiziqishini so’ndiradi, unda sportga bo’lgan ixlos yo’qoladi, pirovardida u sport bilan shug’unlanmay qo’yadi. Shuning uchun yosh sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa dastlabki o’rgatish bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik-taktik mahorati «qisqaroq yo’l bilan» shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish juda foydali va muhim masala bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |