Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi hajmi. Magistrlik desertasiyasi kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Desertasiya ishining kirish qismida ishning dolzarbligi, maqsadi, vazifasi, predmeti, ishning ob’yekti, ishning yangiligi va uning nazariy hamda amaliy mohiyatlari, tadqiqot o’tkazish bosqichlari va ishning himoyaga chiqariladigan asosiy holatlari kiritilgan.
I bobda esa y yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni bo’yicha ma’lumotlar 4 bo’limga bo’lib o’rganilgan.
II bobda sakrovchanlikning namoyon bo’lishida kuch va tezlik-kuch qobiliyatlarining o’rni 4 bo’limga bo’lib o’rganildi.
III bob yosh gandbolchilarda sakrovchanlik qobiliyatini harakatli o’yinlar vositasida rivojlantirish uslubiyati 4 bo’limdan iborat.
I BOB. YOsh GANDbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni.
1.1. Yosh sportchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning ahamiyati.
Har qanday harakatni jismoniy sifatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Sport faoliyatida ijro etiladigan jamiyki harakat malakalari kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Texnik va taktik malakalarning qisqa yoki uzoq vaqt davomida vaziyat talablariga mos ravishda samarali ijro etilishi aynan shu sifatlarning shakllanganligiga bog’liqdir. Jismoniy sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni tarbiyalash vositalari va uslublari yirik ilmiy asarlarda o’z ifodasini topgan (V.M. Zasiorskiy, 1970; L.P. Matveyev, V.N. Platonov, 1986; Yu.V. Verxoshanskiy, 1988 va boshqalar).
1.2. Jismoniy sifatlar va ularni o’rgatish jarayonidagi o’rni.
Harakat malakalariga o’rgatish, ularni shakllantirish va mahorat darajasiga olib chiqish jismoniy sifatlarning qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.
So’nggi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikning o’rni, jumladan jismoniy sifatlarni bir-biriga uzviy bog’liqligi xamda ularni ish qobiliyatiga bo’lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib kelmoqda (V.M. Dyachkov, 1976; V.M. Zasiorskiy, 1970; Yu.V. Verxoshanskiy, 1988; V.N. Platoyenov, 1986; V.P. Filin, 1987; Yu.M. Portnov, 1997; F.A. Kerimov, 2001 va b.). Avvaldan isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o’zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchining ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
J.M. Nurshin, R.S. Salomov, F.A. Kerimov (1993) va boshqalar umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil bulib xizmat qilishini ko’rsatib o’tganlar.
V.S. Daxnovskiy va boshqalar (1991) tezkor-kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati xamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |