MUNDARIJA
KIRISH____________________________________________3
2. Asosiy qism.
2.1. Uzatma to’g’risida umumiy ma’limot_________________15
2.2. Berilgan mexanizm rejasini chizish va kinematik tahlil qilish.
2.3. Oliy kinematik juftlik mehanizmlar loyihasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish " Texnik mexanika "fanidan ta'lim texnologiyasi "Texnik oliy ta'lim muassasalarida ma'ruza va seminarlarini o'qitish texnologiyasi "o'quv qo'llanmasida bayon etilgan dars mashg'ulotlarida yangi texnologiyalarni qo'llash qonun qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta'lim texnologiyalarining ahamiyati to'g'risida so'z borganda Prezidentimizning" O'quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko'rsatadigan o'qituvchi va domlalarga e'tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta'lim - tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko'tarish diqqatimiz mafkazida bo'lishi darkor degan so'zlarini ta'kidlash o'rinlidir. Bu masala Davlat dasturida ham asosiy yo'nalishlardan biri sifatida e'tirof etilgan. Qo'llanmada keltirilgan ta'lim texnologiyalarining har biri o'zida o'quv mashg'ulotini o'tkazish shart - sharoiti to'g'risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va qo'llangan natijalarni, o'quv mashg'ulotning rejasi, o'qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o'quv mashg'ulotining texnologik kartasini, ya'ni o'qituvchi va o'quvchining mazkur o'quv mashg'ulotida erishadigan maqsadi bo'yicha hamkorlikdagi faoliyatning bsqichma - bosqich ta'riflanishini ham o'zichiga oladi. Qo'llanma tarkibi kirish, ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir ma'ruza va seminar mashg'ulotlarida o'qitish texnologiyasidan iborat. Ma'lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o'zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan . Qo'llanmaning konseptual asoslari qismida dastlab "Nazariy mexanika" fanining dolzarbligi va ahamiyati , mazkur o'quv fanining tarkibiy tuzilishi, o'qitishning usul va vositalarini tannlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, so'ngra loyihalashtirilgan, o'qitish texnologiyalari taqdim qilingan. To'qqiz turdagi ma'ruza mashg'ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual ma'ruza, ma'ruza - muzokara, hamkorlikdagi ma'ruza, avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma'ruza, sharhlovchi ma'ruza berilgan. Amaliy mashg'ulotlarida muammoli mashg'ulot, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yo'hnaltirilgan mashg'ulot, ishbilarmonlik o'yinlariga asoslangan, aniq holatlarning yechimi bo'yicha amaliy mashg'ulot texnologiyalari mavjud va h.k. Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko'rinib turibdiki, ta'lim jarayoniga o'qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |