2-rasm. Bodring bargida kaliy yetishmovchiligi
Xulosa
Kaliyli oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar oson oʻzlashtiradigan shaklda kaliy elementi boʻlgan mineral moddalar; suvda eruvchan xlorid, sulfat va karbonat kislotalarning tuzlari. Tarkibida kaliyli tuzlar boʻlgan togʻ jinslari kaliyli o’g’itlar olinadigan xom ashyo.
Kaliyli o’g’itlar konsentrlangan kaliyli o’g’itlar, aralash kaliyli o’g’itlar va xom kaliy tuzlariga boʻlinadi. Konsentrlangan kaliyli o’g’itlarga kaliy xlorid (55,259,7% K2O), kaliy sulfat (44— 52% K2O), kaliyli selitra (44% K2O) kiradi. Aralash kaliyli o’g’itlar xom kaliy tuzlariga konsentrlangan kaliyli o’g’itlar qoʻshib tayyorlanadi: 30—40% li kaliy tuzlari kaliy xloridning silvinit yoki kainit bilan mexanik aralashmasidan iborat; kaliy-magniyli konsentrat; kaliy-magniy sulfat yoki kalimagneziya; yogʻoch, torf va b. kuli. Xom kaliy tuzlari — maydalangan tabiiy minerallar (silvinit va kainit).
Kaliyli o’g’itlar sifatida tarkibida kaliyli tuzlar bor alyuminiy va sement sanoati chiqindilari (potash) ham ishlatiladi. Sement changi va potash muhiti ishqorli. Kul, ayniqsa, nordon tuproqpar uchun aʼlo darajadagi kaliyli o’g’itlar hisoblanadi, u tuproqning zararli kislotaliligini ham neytrallaydi. Goʻng oʻsimliklar uchun kaliy manbai, chunki unda 0,6% atrofida K2O boʻladi.
Barcha qishloq xo’jaligi ekinlari, ayniqsa, qumli va qumloqli tuproqlardagi ekinlar kaliyli o’g’itlarga kuchli ehtiyoj sezadi. Kaliyli o’g’itlar, odatda, fosforli yoki azot va fosforli oʻgʻitlar bilan birga ishlatiladi. Gʻoʻza, kartoshka, sabzavot, qand lavlagi, xashaki ildizmevalilar, makkajoʻxori, kuzgi gʻalla ekinlari va boshqa ekinlar kaliyga talabchan. 1 ga maydondagi gʻoʻza har tonna hosili uchun yerdan 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor bilan birga 30– 80 kg kaliyni oʻzlashtirishi aniklangan. Kaliyli o’g’itlar meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va b. tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, tolali ekinlarda tola miqdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, yem-xashak ekinlari tarkibidagi proteinni koʻpaytiradi, kuzgi gʻalla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamini oshiradi. Quruq choʻl zonasida va sur tuproq yerlarda kaliyli o’g’itlar faqat sugʻorish paytida beriladi. Shoʻrtob tuproqlarda kaliyli o’g’itlar ishlatilmaydi, ular tuproq shoʻrini kuchaytiradi. Yerga solinadigan kaliyli o’g’itlar meʼyori tuproqning harakatchan kaliy bilan qanchalik taʼminlanganligiga bogʻliq. Bunda azot, fosfor, kaliy (NPK) 1:0,7—0,8:0,53 nisbatda olinadi. Kaliyli o’g’itlar yillik miqdorining 50% ini asosiy oʻgʻit sifatida kuzgi shudgorda, 50% ini esa vegetatsiya davrida berish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |