Chiqindilardan Mikroo'g'it sifatida foydalanish
Qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda mikroelementlarning muhim ahamiyati va ularga bo'lgan talabning tobora oshib borishi, sanoat oldiga qishloq xo'jaligini istiqbolli mikroo'g'itlar bilan ta ’minlash vazifasini qo'yadi, bu o 'g 'itla rn i o 'simlik tomonidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishi lozim. Mikroelementning mutloq yetishmasligi, ayniqsa ularning tuproq tarkibidagi o'simlik tomonidan o'zlashtiriladigan miqdorining kamligi o'simliklar hosildorligining pasayib ketishiga olib keladigan asosiy omillardan biri bo'lib
xizmat qilishi mumkin. Bu xildagi tanqislikka misol tariqasida torfli tuproqlarda misning, nordon chimli-podzol va sur tusli o'rmon tuproqlarida molibdenning, karbonatli va qumoq tuproqlarda marganes, temir va ruxning tanqisligini keltirib o'tish mumkin. Qishloq xo'jaligini jadal ravishda kimyolashtirish sharoitida ekinlarning hosildorligini oshishi mineral oziq elementlari, jumladan mikroelementlarning ham ko'p miqdorda tuproqdan olib ketilishiga sabab bilan bo'lib, bu narsa mikroelementlardan foydalanishga oid ta la b m e z o n in i izd an c h iq a ra d i. T u p ro q d a a lo h id a o lin g an mikroelementning yetishmasligi azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlarning samarasini to' 1 iq namoyon bo‘lishiga yo'l qo'ymaydi. Mikroo'g'itlardan fo y d a lan ish esa o 's im lik o z iq a sin in g asosiy e lem e n tla rin in g samaradorligini oshishiga sabab bo'ladi. Qator tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mikroelementlar bilan boyitilgan o'g'itlarni, jumladan kompleks o'g'itlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish sharoitida mikroelementli o'g'itlarni si nab ko'rish (ishqorlangan qora tuproq va chim-podzol tuproqlarda) shuni ko'rsatadiki, faqat bor hisobida nitroammofosdan olinadigan qo'shimcha hosil har gektar maydonga qand lavlagisining ildizlari bo'yicha 30—40 sentnerni, karam urug'i bo'yicha 2,3— 2,9 sentnerni, no'xat doni bo'yicha 2,1—3,7 sentnerni tashkil qiladi. Chim-podzol tuproqlarga superfosfatga molibdenni qo'shib solish pichan uchun ekilgan dukkaklilar bo'yicha qo'shimcha ravishda har gektariga 5—6 sentner hosil olish imkoniyatini yaratadi.
Misning keskin tanqisligida qo'llanilgan bir qator (torf, chimbotqoq tuproqlarida) asosiy o'g'itlar fonida boshoqlilar deyarli don bermaydi, mis bilan boyitilgan kaliy xlor solinganda esa, arpaning hosilini 15—18% ga, sabzavotlarning hosilini 20% ga oshishiga erishish imkonini yaratadi. Mikroelementlarni asosiy o'g'itlar bilan birga qo'shib qo'llash iqtisodiy jihatdan ham ancha qulay hisoblanadi. Masalan, qand lav lag ig a n itro am m o fo s n i b o 'r b ilan q o 's h ib b e rilg a n d a , mikroelementlardan foydalanish tufayli qo'shimcha hosil qiymati 90 so'mni, shartli toza daromad esa gektariga 66 so'mni
tashkil etadi. Mikroelementlarni mineral o 'g 'itla r fonida q o ila g a n d a , g 'o 'z a
, bug'dov va bedaning ham hosildorligi oshganligi kuzatilgan. Qish lo q x o 'ja lig in in g m ik ro e lem e n tla rg a b o 'lg an ta la b in i qondirish 60—70% holatlarda ularni asosiy o 'g 'it tarkibiga kiritilish orqali va 30—40% holatlarda ildiz orqali amalga oshiriladigan hamda ekishdan oldin amalga oshiriladigan oziqlantirish orqali amalga oshirilishi lozim. Qishloq xo'jalik ekinlaridan mumkin qadar sifatli va yuqori hosil yetishtirish, o'simliklarni mutanosiblangan tarzda oziq eleinentlari bilan t a ’minlash yoki mikroo'g'itlardan foydalanishga diflerensial yondoshishnigina talab qilib qolmasdan, balki tuproqlarning mikroelementlar bilan ta'minlanganlik darajasini, tuproq iqlim sharoitlarini, ekinlarni oziqlanishga bo'lgan talabi va boshqalarni e’tiborga olishni talab etadi. Mikroelementlarning tuproqdagi harakatchanligi va o'simliklar tomonidan o'zlashtirilish darajasiga tuproq muhitining fiziologik nordonligi yoki mineral o'g'itlarning ishqoriyligi katta ta ’sir ko'rsatadi. Organik o'g'itlarni yuqori me’yorda qo'llash, odatda, mikroelementlarning tuproqdagi zaxirasini va harakatchan shakldagi miqdorini oshishiga sabab bo'ladi. Sanoat chiqindilaridan mahalliy o 'g 'it sifatida foydalanish, shaharning axlat k om p o stla rid an , oqar suvlarning cho'kmalaridan va hokazolardan foydalanish, odam, o'simlik va hayvonlar uchun toksik bo'lgan alohida mikroelementlarning tuproq yig'ilishiga olib keladi. Bu kabi chiqindilarni alohida ishlov berilgandan keyingina qo'llash tavsiya etiladi. Azotli o'g'itlardan foydalanish sur’atining doimiy ravishda oshib borishi sharoitida, mikroelementlardan foydalanishga alohida e ’tibor berish va bunda nitrat hamda azot o 'z la sh tirilishm in g boshqa jarayonlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan harakatlar qishloq xo'jalik mahsulotlarida nitratlarning to'planishi va ular bilan suvlarning, ayniqsa ichimlik suvining ifloslanishining oldini olishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Ko'p tadqiqotlarda molibdenning o 'g 'it va tuproq tarkibidagi azotni o'zlashtirilishini yaxshilashi isbotlangan. Mikroelentlardan o'g'it sifatida foydalanishga qaratilgan tad q iq o tla r d eh q o n ch ilik d a mikroelementlardan foydalanishining amaliy jihatlarini ishlab chiqishga, ulardan foydalanishning agrokimyoviy va iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan
bo'lmog'i zarur. Ular jumlasiga: 1) tuproqni agrokimyoviy tahlil qilish asosida mikroo'g'itlarning samaradorligini aniqlovchi uslublarni ishlab chiqish; 2) har xil tuproq sharoitida uzoq davom etadigan dala tajribalari o'tkazish yo'li bilan rnakro va mikroelementlarning mutanosibligini tatbiq qilish; 3) o'simliklardagi oziqlanish va moddalar almashinuvi jarayonida makro va mikroelementlarning o'zaro ta ’sirini, tuproq hamda o'g'itlar tark ib id ag i asosiy oziq e lem e n tla rd a n fo y d alan ish i va ek in lar mahsuldoriigiga mikroelementlar (mikroo'g'itlarning) ta ’sirini o'rganish. Yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlarning birinchisi bo'yicha olib boriladigan tadqiqotlar tuproq va o'simliklar tarkibidagi mikroelementlarning chegaraviy miqdorini aniqlashga, tuproqdagi mikroelementlarning o'simlik tomonidan o'zlashtiriladigan shakldagi miqdor ini aniqlashning mukammal uslublarini ishlab chiqarishga qaratilgan bo'lib, alohida tu p ro q -iq lim zonalari, tum an la r miqyosida ekinlarning oziqlanish xususiyatlariga, organik va mineral o'g'itlardan foydalanish darajasiga, suv bilan ta’minlanish holatiga qarab o'rganishga asoslanadi. Ilgari agrokimyoviy nuqtayi nazardan o'rganilmagan mikroelement (yod, litiy, aluminiy, vanadiy, titan, selen, rubidiy, brom va ftor) hamda alohida olingan mikroelement (masalan, mis, ftor, mishyak, xrom, qo'rg'oshin) laming texnologik ifloslanish va atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan o'rganishga alohida e’tibor berish lozim. Sanoat chiqindilaridan mikroo'g'it sifatida foydalanish bo'yicha O'zbekistonda ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, O'zbekistonda qazilma boyliklar juda ko'p bo'lib, ularni qayta ishlash jarayonida juda ko'p chiqindilar hosil bo'ladi. Bu chiqindilarning tarkibida esa ko'plab mikroelementlar mavjud. Chiq in d ilard an foydalanishning afzalligi shundaki, ular arzonga tushadi. Paxtachilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining ma’lumotlariga qaraganda, bu chiqindilar paxtaning o'sishi va rivojlanishiga samarali ta ’sir ko'rsatadi, ko'saklar sonini ko'paytirib, hosilni oshiradi, tolaning sifatini esa yaxshilaydi. Masalan, Oxangaron sement zavodining chiqindisi paxta dalasiga 3 yil davomida solinganda, paxta hosili 1,2— 3,8 s/ga, Olmaliq va Oltin topgan zavodlarining chiqindisi esa hosilni 1,8—3,7 s/ga oshirgan.
Sanoat chiqindilarini ayniqsa aralash holda qo'llash juda yaxshi samara beradi. Masalan, Olmaliq va Oltin topgan zavodlarining chiqindisi alohida-alohida gektariga 500 kg dan solinganda, hosildorlik 3,6 va 2,7 s/ga, ular aralashtirilib, birgalikda qo'llanilganda esa hosildorlik 5,5 sentnerga oshgan. Shuningdek, bu chiqindilar faqat tuproqqa solingan yildagina hosilni oshirib qolmasdan, ularning ta ’siri keyingi 2—4 yillarda ham davom etgan. Demak, bu chiqindilarni 3—4 yilda 1 marta qo'llash maqsadga muvofiqdir. Sanoat chiqindilari yerni shudgorlashdan yoki chigit ekishdan oldin tuproqning 16—18 sm chuqurligiga gektariga 400—500 kg hisobidan beriladi. Ayniqsa bu chiqindilar ularga yaqin hududlarda mahalliy o'g'it sifatida ishlatilsa, iqtisodiy sarnarasi yanada yuqori bo'ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytilganda, xalq boyligi boʻlgan yerning ishlab chiqarish quvvatini oshirish koʻp jihatdan tuproqlarga tejamkorlik bilan munosabatda boʻlish, uni avaylab asrash va yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmuasiga bogʻliq.O'simliklarning yaxshi rivojlanishi, mo'l hosil berishi uning oziqlanishiga ham tuproq xossalariga bog'liq.
O`simliklarning oziqlanishi ikki shakldan iborat bo`lib, havodan va tuproqdan oziqlanish jarayonlarini o`z ichiga oladi. Bu ikki jarayon-fotosintez va mineral elementlarni tuproqdan yutish bilan birgalikda o`simliklarning avtotroflik xususiyatlarini belgilaydi. Mana shu uzviy bog`liqlik natijasida o`simliklarning organik asosga ega to`qimalari, organlari va umumiy tanasi hosil bo`ladi. Ularning o`sishi va rivojlanishini to`la ta`minlash uchun tuproqdan juda ko`p mineral elementlar yutiladi. Har ikkala oziqlanish usulida ham o'simliklar ózi uchun kerakli bólgan modda va enrgiyani yutadi, va hosil bólgan mahsulotlarni ósimlik ósishi, rivojlanishi va hosil berishiga sarflaydi. Bundan tashqari, organizimni ichida kechadigan modda va energiya almashinuviga ham sarflaydi.
O'simliklarning oziqlanishini biologiya fani órganadi. Ammo ósimliklarning ildiz orqali, mineral oziqlanishi agrokimyo faniga ham bog'liq. Sababi tuproqda barcha elementlar yetarli miqdorda bo'lmasligi, bazilari esa umuman bo'lmasligi mumkin. Amma barchamizga malumku, yuqorida takidlab ótganimdek, kichik miqdordagi mikroelementlar ham ósimliklar hayotida muhum ro'l óynaydi.
Agrokimyo sahasi orqali, qaysi turdagi ekin va ósimliklarga qanday o'g'itlar qóllash zarurligini, yoki talabchanligini inobatga olgan holda qo'llash qoidalariga rioya qilishligini órganiladi. Bundan tashqari Tuproqshunoslik sohasi ham chambarchas bog'liq. Ósimliklarning ijobiy ósib rivojlanishida, serhosil bólishida tuproqning holati, hossa xususiyatlari, tarkibi, elementlar bilan taminlanganlik darajasi ham muhum ahamiyat kasb etadi. Shu sababli agrokimyo sohasi vakillari,
eng avval tuproq xolatini órganib, tarkibidagi elementlar miqdorini hisoblab, bu tuproqlarga qanday ekinlar, ósimliklar ekish mumkinligini aniqlashishadi. Bundan tashqari tuproq holati va xossa xususiyatlarini yaxshilash uchun qaysi turdagi makro yoki mikro elementlar, hamda qanday miqdorda qóllashligini aniqlab berishadi. Bundan tashqari o'simliklarning ósuv , gullash, hosildorlik yoki hosilini pishib yetilish davrida qóllaniladigan o'g'itlarga ham ajratib berishadi.
O'simliklarning havodan oziqlanishida eng muhim omillardan biri quyosh energiyasi --- yorug'likdir. Fotosintez jarayoni amalaga oshishida eng muhim omil hisoblanadi. Shu sababli ósimliklarni quyosh nuri tushadigan joy tnlab ekilishi kerak. Albatta ósimliklarning yorug'sevar hamda soyasevar ekanligini inobatga olish lozim.
Umuman olganda, tuproq qoplamining unumdorligini oshirish, uni muhofaza qilish, sifatli mahsulotlar yetishtirish xalq farovonligining asosiy iqtisodiy mezonidir. Shuning uchun mamlakatimizda yetishib kelayotgan yosh kadrlarning xalqimizning asosiy boyligi boʻlgan ona tuprogʻimiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |