KIRISH 2
I BOB. MIKROO'G'ITLARNING AHAMIYATI VA ISHLATILISHI 5
Mikroelementlar haida umumiy tushuncha 5
Mikroelemntlarning osimliklar hayotidagi o'rni 9
I BOB. MIKROO'G'ITLAR 14
Borli, Molibdenli, Misli va Marganesli o'g'itlar 14
Chiqindilardan Mikroo'g'it sifatida foydalanish 23
XULOSA 28
ADABIYOTLAR RO'YXATI 30
KIRISH
Kimyo fani inson hayoti va ishlab chiqarishning ko‘p sohalariga xizmat qiladi. Kimyo fani taraqqiy etgan sari, uning xizmat doirasi kengayib bormoqda. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida qishloq xo‘jaligini ham kimyosiz tasawur qilish mumkin emas. Masalan, katta maydonlarda makro, mikroo‘g‘itlarsiz hosilning miqdorini va sifatini oshirish mumkin emasligi aniq. Pestitsidlarsiz qishloq xo'jaligida zararkunandalarga, kasallik arqatuvchi mikroblarga va yowoyi o‘simliklarga qarshi muvaffaqiyat bilan kurashish qiyin. 0 ‘simliklarning o ‘sishi, taraqqiyotini boshqarishga imkon beruvchi stimulatorlar, vitaminlar, fermentlar, gormonlarning ahamiyati beqiyosdir.
Bir so‘z bilan aytganda, dehqonchilikda ham kimyo fanining ko‘plab mahsulotlari-moddalari ishlatiladi. Kimyoning dehqonchilikda qo'llanilishini agronomik kimyo deb atasa bo'ladi va mantiq nuqtayi nazaridan bu fanga qishloq xo‘jaligining kimyo fani aralashgan barcha yo'nalishlari kiradi, deb hisoblaymiz. Har bir yo‘nalish agrokimyo fani tarkibida mustaqil yirik bo‘limni tashkil qiladi. Bular — ≪o‘g‘itlar va ularni qoilash≫, ≪o‘simliklarni kimyoviy yo‘l bilan himoya qilish≫, ≪o‘simliklarning o‘sishini, taraqqiyotini kimyoviy yo'li bilan boshqarish≫, ≪kimyoviy melioratsiyalash≫ va hokazolardir.
Xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri o'simlik mahsulotlarini yetishtirish hisoblanadi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Respublikaning ≪oltin≫ boyligi hisoblangan sug'oriladigan va lalmikor yerlardan foydalanishning yangi shakllari vujudga keldi, dehqonchilikka oid zamonaviy texnologiyalar har xil tuproq va iqlim sharoitlarida sinab ko‘rilmoqda va qo'llanilmoqda. Ko‘pdan ko‘p xorijiy davlatiar investitsiyalari ishlab chiqarishning asosiy va yordamchi tarmoqlariga yo'naltirilmoqda. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning bozor munosabatlariga monandligi tuproq unumdorligi, mazkur yerlarda yetishtirilayotgan ekinlar hosildorligi, o‘g‘itlardan ilmiy asoslangan holda foydalanish, ya’ni dehqonchilik madaniyatiga bog'liqdir. Shularni nazarda tutgan
holda ushbu darslikda qishloq xo‘jaligi uchun mutaxassis tayyorlash bo‘yicha
bakalavriaturaning o'quv rejasida ajratilgan soat hajmida va qo'yiladigan talab doirasida agrokimyo, o‘simlikshunoslik, o‘simliklarning oziqlanish nuqtayi nazaridan tuproq xossalari, o‘g‘itlar va o‘g‘it qo‘llashga oid nazariy va amaliy tushunchalar bayon qilingan. Darslik ≪tuproq-o‘simlik-o‘g‘it≫ tizimida yozilib, mavzular shu uchala obyekt o'rtasidagi aloqa, bog‘liqlik va o‘zaro bir-biriga ta’sirni hisobga olgan holda o‘g‘it berish yo‘li bilan tuproq unumdorligini ko‘tarish, olinayotgan hosilning miqdori va sifatini yaxshilash masalalarini yoritishga bag‘ishlanadi. 0 ‘g‘itlar tuproq unumdorligini ko‘tarishda, hosilni oshirishda juda kuchli omil hisoblanadi. Chunki o‘g‘itlar yordamida, eng awalo, tuproq gumus, azot va boshqa kul elementlar bilan boyiydi. Buning natijasida qishloq xo'jalik ekinlari hosili ko‘payib, sifati yaxshilanib boradi. Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi (ba’zi hollarda 60-70% i) mineral o‘g‘itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o‘g‘it qoilash bilan bog‘liq sarf-xarajat hosil bilan kamida 2—3 barobar bo‘lib qaytadi. 0 ‘g‘itlardan olinadigan iqtisodiy samara tuproq-iqlim sharoitlari, o‘g‘itlarning me’yori, muddati va yuksak agrotexnika tadbirlari asosida qoilash bilan uzviy bog‘liq.
980-yilda dunyo bo‘yicha 111,7 mln. t mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, XXI asrning boshlariga kelib, xalqaro amaliy tizimli tahlil instituti (TIASA) hisobi bo‘yicha 287 mln. t, BMT qoshidagi Sanoat taraqqiyoti tashkiloti (UNIDO) ma’lumoti bo‘yicha 307 mln. t mineral o‘g‘it tayyorlandi. 2015—2020-yillardabu ko‘rsatkich 2—3 marta oshadi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga 145 kg, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 23 kg mineral o‘g‘it to ‘g‘ri keladi. 0 ‘zbekistonda azotli o ‘g‘it unga bo‘lgan talabga ko‘ra 70%, fosforli o ‘g‘it 40% ishlab chiqiladi, kaliyli o ‘g‘itlar esa xomashyo yo‘qligi sababli umuman tayyorlanmaydi. Qishloq xo'jaligini imkon qadar mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirish va melioratsiyalash asosida jadal rivojlantirish Respublikamiz agrar siyosatining asosi hisoblanadi.
Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab o‘g‘it ishlab chiqarishni ko'paytirish, ular assortimentini yaxshilash, ≪... qishloq xo'jaligini zarur mineral o ‘g‘itlar,
0‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlashni nafaqat tubdan o'zgartirishi, balki agrokimyo qoidalariga qat’iy amal qilishda talabchanlikni oshirishi, ularni qo‘llash madaniyatini yuksaltirish lozim≫
ligiga jiddiy e ’tibor berildi. 1996-yilning 7-avgustida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
≪Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida agrokimyo xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida≫gi qarori ham dehqonchilikni kimyolashtirishni kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi. Qurayotgan jamiyatimiz maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, o‘g‘itlarni qo‘llashda asosiy e’tibor ularni samarali qo‘llashga qaratilishi kerak. Chunki iqtisodiy nuqtayi nazardan foyda bermaydigan o‘g‘itlarniqo‘llash moddiy zarar keltiradi, xolos. Agrokimyo fanining muhim yo‘nalishlaridan yana biri — o‘g‘itlar qo‘llash ekologiyasidir. 0 ‘g‘itlar noto‘g‘ri qo‘llansa atrof-muhitni ifloslantiradi va ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. 0 ‘g‘it qo‘llaganda ekologiya muvozanatini buzmaslik asoslarini ham talabalar yaxshi bilishlari lozim.
Hurmatli talaba! 0 ‘simliklarning oziqlanishi, tuproq unumdorligi va o‘g‘it qo‘llash sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda shuni ta’kidlash kerakki, o‘simlik tomonidan oziq elementlarni o‘zlashtirish yo'nalishida hali ko‘p yechilmagan muammolar mavjud. Hatto ayrim
hollarda yechilgan masalalar bo'yicha ham bahslar bo‘lib turadi. Shu munosabat bilan ushbu darslikda keltirilgan ma’lumot, usul, tushuncha va kamchiliklar haqida o ‘z fikrlaringizni bildirmoqchi bo‘lsangiz, oldindan sizga minnatdorchilik bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |