Kirish 2 I bob. Mikroo'G'itlarning ahamiyati va ishlatilishi


I BOB. MIKROO'G'ITLARNING AHAMIYATI VA ISHLATILISHI



Download 43,74 Kb.
bet2/6
Sana11.06.2022
Hajmi43,74 Kb.
#653950
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mikroo\'g\'itlar

I BOB. MIKROO'G'ITLARNING AHAMIYATI VA ISHLATILISHI

    1. Mikroelementlar haida umumiy tushuncha




Organizm, o'g'it, rudalarda kam miqdorda (0,001% gacha) uchraydigan kimyoviy elementlarga mikroelementlar deyiladi. Organizmda mikroelementlar xilma-xil biologik faol birikmalar: fermentlar, vitaminlar, gormonlar va boshqalar tarkibiga kiradi. Mikroelementlar aksariyat holatlarda moddalar almashinuvi jarayonlari faolligining o'zgarishida namoyon bo'ladi. O'simlik va barcha turdagi tirik organizmlarni mikroelementlar bilan ta'minlovchi yagona vosita tuproq desak to'g'riroq bo'ladi. Ya'ni mikroelementlarni o'simlik tuproq va qisman suvdan oladi. Inson va hayvonlar esa o'simlik va o'simlik mahsulotlaridan oladi.Aksariyat holatlarda chorva mahsulotlarining mahsuldorligini oshirish uchun hayvonlar ozig'iga mikroelementlar qo'shiladi.Mikroelementlar hayot faoliyati uchun muhimlik darajasiga ko'ra zarur (Co, Fe, Cu, Jn, Mn, L, F, Br) va unchalik zarur bo'lmaganlari (Al, Sr, Mo, Se, Ni) turlariga bo'linadi.Xususan, bugungi kunda o'simliklar tarkibida uchraydigan mikroelementlar qancha miqdorda bo'lishidan qat`iy nazar ma'lum bir biologik faolikka ega. Ularning har biri ma'lum bir fiziologik funktsiyalarni bajaradi. Shu sababli ham birini-ikkinchisi bilan almashtirib bo'lmaydi. O'simlikda ularning miqdori 0,001-0,00001% gacha bo'lishi mumkin.Tuproq tarkibidagi mikroelementlar o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladigan va o'zlashtirilmaydigan shaklda bo'ladi.Mikroelementlarning o'simliklar tomonidan o'zlashtiradigan shakli suvda oson eriydigan tuzlar bo'lib, ular asosiy manbani tashkil etadi va yuqori hosilni kafotlaydi. Tuproqdan o'simliklar tomonidan o'zlashtirilmaydigan turi suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydigan tuzlar, organik va noorganik birikmalar.Mikroelementlar o'simlikdagi oksidlanish-qaytarilish, fotosintez, azot va uglevod almashinish jarayonlarida ishtirok etadi. Fermentlarning faol markaziga kiradi, o'simliklarni kasallik va tashqi noqulay omillarga bardoshliligini oshiradi. O'simliklar tarkibida bir qator mikroelementlarni yetishmasligi nafaqat hosilning kamayishi balki, ayni o'simlikni nobud bo'lishiga ham sababchi bo'lishi mumkin.
Hozirgi kunga kelib, o'simliklar tarkibida kimyoviy elementlardan 74 tasining mavjudligi aniqlangan bo'lib, shulardan 16 tasi o'simliklar uchun zarur oziq modda hisoblanadi. O'simlik quritib tekshirilganda, uning tarkibida 45% kislorod, 42% uglerod, 6,5% vodorod va 1,5% atrofida azot bo'lib, bu to'rtta element o'simlik tarkibidagi kimyoviy moddalarning 95% ini tashkil yetadi. Qolgan 12 ta element juda oz miqdorda bo'lib, atigi 5% ni tashkil yetadi. O'simlik tarkibidagi 87% uglerod va kislorodni fotosintez jarayonida barglari orqali havodan, vodorodni suvdan, boshqa qolgan oziq moddalarni esa tuproqdan oladi.
O'simliklar tarkibida mikroelementlar miqdorini quyidagi misoldan yaqqol ko'rish mumkin. Bir gektardan olingan 270 s qand lavlagi tarkibidagi marko- va mikroelementlarning ulushi quyidagicha; azot -166 kg, fosfor-42, kaliy-157, bor- 0,162, marganets 0,502, mis-0,053, rux-0,188, kobalt-0,002 kg. Shuni hisobga olish kerakki, o'simliklar tarkibida bu elementlarning ulushi qanchalik bo'lishidan qat'iy nazar, ularning ahamiyati bir xil. Ba'zan hamma tur ozuqa yetarli bo'lsada, biror-bir mikroelementning yetishmasligi, ayni o'simlikning o'sib rivojlanishi va hosiliga salbiy ta'sir etadi. Bor, marganets, mis, rux, molibden, kobalt, yod, rux va boshqalar o'simlik organizmining yuz, ming va hatto undan kam kam ulushini tashkil qilganidan, ular mikroelementlar deb atalgan. Bor, rux, mis, marganets, molibden, kobalt o'simlik-lar uchun, inson va hayvon hayoti uchun rux, mis marganets, temir, yod va kobalt yeng zarur moddalar hisoblanadi.Sanalgan 6 ta element organizmida yetarli bo'lmasa, inson va hayvon uchun bunday hol ularning kasallanishi, hattoki halok bo'lishiga olib keladi. Masalan, ayrim tumanlarda, oziq moddalar va ichimlik suv tarkibida yodning kamligi tufayli odam va hayvonlarda buqoq kasalligi paydo bo'ladi. Tuproqda va yaylovlarda kobalt elementi yetishmasa «sxotka» kasalligi paydo bo'ladi. Hayvonlarning juni to'kila boshlaydi. Tuproqda mis bo'lmaganda qo'y va qoramollarning kasallanishi, o'simliklar hosilining keskin kamayib ketishi ilmiy jihatdan isbotlangan.Ma'lumki, fermentlar biologik katalizator vazifasini bajaradi. Modda almashinuvi sintez va parchalanish singari hayotiy jarayonlar ularning bevosita ishtiroki bilan kechadi.
O'simliklar hayotining muhim sharti hisoblangan nuklein kislotalar va oqsillar sintezining ta'minlanishida ham mikroelementlar muhim rol o'ynaydi.Molibden nitrotreduktaza fermenti tarkibiga kiradi. Agar nitrotreduktaza fermenti bo'lmasa, o'simlik azotning nitrat tuzdan oziq sifatida foydalana olmaydi. Natijada oqsil sintezlanmaydi. Mis yesa, oksidlanish jarayonini aktivlashtiruvchi polifenoksidaza va askorbinoksidaza fermentlari tarkibiga kiradi. Rux, marganets ham ko'pchilik fermentlar faoliyatini yaxshilaydi.Mikroelementlar fotosintez, nafas olish va boshsa bir qator jarayonlarda bevosita yoki bilvosita ishtirok yetadi. Shu sababli ham ular (mikroelementlar) o'g'it sifatida tuproqqa solinganda, ekinlarning hosildorligini oshiribgina qolmasdan, ularning sifatini ham yaxshilaydi, shuningdek, hosil shoxlarini shakllanishini, shonalash, gullash va hosilni yerta pishib yetilishini tezlashtiradi. Natijada sovuq kunlar boshlanganga qadar hosil yig'ib-terib olinadi.
Mikroelementlarning tuproqda tarkalishi

Peyve.YA.V. ma'lumotiga ko'ra, 1 kg tuproqdagi mikroelementlarning umumiy miqdori quyidagicha:bor-1,5-55 mg, mis-1,5-30,0 mg, rux-2,50-6,50 mg, marganets-100-250 mg, molibden-0,2-7,5 mg, kobalt -0,4 dan 4,0 mg gacha. Mikroelementlar organik moddalarga birikkan holda, turli xil karbonatlar va minerallar tarkibida ham uchraydi. O'simliklar ularni faqat suv va kuchsiz kislotalarda erigan eritmalar holida tuproqqdan oladi. Tajribalarning ko'rsatishicha, O'rta Osiyoning eskidan sugorilib kelingan unumdor tuproqlari suv va shamol eroziyasiga uchragan. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda esa, mikroelementlar miqdori me'yordagidan ancha kam. Mikroelementlarning tuproqda ko'p yoki kam bo'lishi ham salbiy hol hisoblanadi. Masalan, 1 kg tuproqda bor miqdori 0,3 mg, marganets 10,0 mg, rux 1,5-2,0, mis 2-3, kobalt 1,5-3,0, molibden 0,20-0,25 milligrammdan kam bo'lgandagina mikroelementlardan foydalanish tavsiya etiladi


Kruglova Y.K - ma'lumotlariga asosan bir turga mansub tuproqlarda ham turlicha bo'lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, har bir tuman va xo'jalik bo'yicha mikroelementlar miqdorini aniqlab, agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va
mikroo'g'itlarni ayni karitogrammalar asosida tuproqqa solish maqsadga muvofiqdir. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar miqdorini bir me'yorda ushlab turish uchun dalalarni organik o'g'itlar (Go'ng) bilan o'g'itlab turish yaxshi natija beradi. Chunki go'ng tarkibida deyarli hamma turdagi makro- va mikroelementlar mavjud. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, aksariyat ko'p hollarda go'ng solinmay makroo'g'itlar katta miqdorda berilib, yuqori hosil olish mo'ljallangan dalalarda, o'simliklarning va tuproqning mikroelementlarga bo'lgan muhtojligi yaqqol seziladi. MIS. Mis oksidlovchi fermentlar polifenoloksiddazalar tarkibiga kiradi. Mis V guruhga mansub vitaminlarning sintezlanishida ishtirok etadi. O'simliklarda misning yetishmasligi, oqsilning kam sintezlanishiga sabab bo'ladi. Mikroo'g'it sifatida mis kuporosi tarkibida (21-22%) mis bo'lib, shu shaklida yoki ammofos mis bilan 0,25-1,0% gacha boyitilib qo'llaniladi. Olmaliq kimyo zavodida ishlab chiqarilayotgan tarkibida 45% fosfor, 11% azot va 0,3% mis bo'lgani «Ammofos» qishloq xo'jaligi ekinlarining mis mikroo'g'itiga bo'lgan talabini qondirishi mumkin.
Urug'ni 2:1 nisbatda 0,03% li mis sulfat eritmasi bilan 12 soat davomida namlash yoki uni o'simliklarni birinchi oziqlantirish paytida, gektariga 1-2 kg dan mikroo'g'itlarga qo'shib berish mumkin. Mis bilan boyitilgan ammofos esa, ekishdan oldin CHKU- 4 apparati bilan gektariga 200 kg dan yoki ekish bilan birga gektariga 100 kg dan beriladi. Boshoqli ekinlarda mis yetishmaganda, ularning barglari och yashil rangga kiradi, barg uchlari oqaradi, barglar buralib, bujmayib qoladi. Boshoqlar buqilib, doni puch bo'ladi, sifati keskin pasayib ketadi va bularning hammasi o'z navbatida hosilning pasayib ketishiga sabab bo'ladi. Misning o'simliklarda o'rtacha miqdori 0,0002 foiz yoki 0,2 mg/kg atrofida. Bu miqdor o'simlik va tuproq turiga bog'liq Mis tuproqlarda sulfidlar, sulfatlar, karbonatlar shaklida, tuproqning organik moddalari bilan boglik xolda uchraydi. Muhitning ishkoriyligi kancha yuqori bo'lsa, o'simliklarga shuncha kam o'tadi. O'simliklar misni tuproqdan kation shaklida o'zlashtiradi. O'simlikning yosh o'suvchi qismlarida va urug'larida ko'p bo'ladi. Masalan, g'o'za
organlarida:barglarida mis 2;5 mg/kg, poyasida 1,0 mg/kg, chanog'ida 4,8 mg/kg, chigitida 4,2 mg/kg va tolasida 0, 2 mg/kg. O'simlik barglaridagi umumiy misning
70 foizi xloroplastlarda va yarmi plastotsianin fermenti tarkibida uchraydi. Plastotsianin fermenti fotosintez jarayonida elektronlarni tashish vazifasini bajaradi. Mis bir qator muhim fermentlar (askarbotoksidaza, polifenoloksidaza, ortodifeniloksidaza va triozinazalar) tarkibiga kiradi.Bu mikroelement azot almashinuvida xam ishtirok etadi. Nigratreduktaza fermentning tarkibida xam bor. Xlorofill sintezi jarayonida mis xam faol ishtirok etishi aniklangan. Mis vitaminlarni faollashtiradi, uglevod va oksillar almashinuvini kuchaytiradi. Keyingi yillardagi izlanishlar o'simliklarning qurg'oqchilikka, sovuqqa va issiqqa chidamliligini oshirishda xam misning ahamiyati borligini ko'rsatdi.
Mis yetishmasligidan o'simliklarning o'sishi, gullashi to'xtaydi.

Barglarda xloroz boshlanadi. G'allasimonlarda boshoqlar rivojlanmay qoladi. Mevali daraxtlarning uchlari quriydi. Mis o'g'itlari, ayniqsa, botqoq tuproqlarda yaxshi natija beradi. Chunki bunday tuproqlarda uning miqdori juda oz. O'g'itlar sifatida mis sulfat tuzi mis eritish zavodlarining chiqindilari ishlatilishi mumkin. Peyve YA.V. tavsiyasiga binoan 1 kg tuproqda 4-6 mg mis bo'lishi me'yori holat hisoblanib, tuproq tarkibida oziqlantirish tavsiya etiladi. Uning miqdori 1 kg tuproqda 0,5-1,0 mg gacha tushib qolsa, tuproq mis bilan juda kam ta'minlangan hisoblanadi.



    1. Download 43,74 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish