Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»


-test 1. Berilgan so‘z birikmalaridan «qanday?»



Download 3,89 Mb.
bet24/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

3-test

1. Berilgan so‘z birikmalaridan «qanday?»,


«qanaqa?», «qaysi?» so‘roqlariga javob bo‘luvchi so‘zlarni aniqlang. Mazkur so‘roqli qaysi so‘z o‘z birikmasi tarkibida tub so‘z sanaladi?
Chiroyli ko‘ylak1, baland bino2, devoriy gazeta3, kuzgi ekin4
A) 1 B) 3 C) 4 D) 2

2. Yo‘lga tushishdi. Kech kirib, ajib bir so‘lim payt boshlandi. Yonbag‘irlar ko‘m-ko‘k. Bu taraflarda mashinalar ko‘p qatnamaganidan chang-to‘zon bo‘lmas, tez-tez yomg‘ir quyib turganidan daraxtlarning shundog‘am beg‘ubor barglari yuvilib, xandon pista mag‘zidek biroz yashil tusda ko‘rinar edi. Yo‘lning bir tomoni azamat toshlar qalashgan yonbag‘irlik, bir tomoni —soy. Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa sapchib oqardi. (Said Ahmad)


Sifatlar soni toping.
A) 6 ta B) 8 ta
C) 7ta D) 9 ta

3. Shirin, oq, katta, shirali, mazmundor, serunum, kamhosil, ko‘ylakbop, xushfe’l


Ushbu sifatlar haqida xato fikrni toping.
A) Sifatning 5 xil ma’no turiga oid so‘zlar berilgan.
B) Yasama sifatlar: sodda va qo‘shma
C) Belgi-xususiyat sifatlarining barchasi yasama so‘zlardir.
D) O‘zaro sinonim sifatlar uchraydi.

4. Qaysi gapdagi sifat qavs ichidagi mos sifat yasovchisini topgan?


A) Otinbibi qari, jiddiy, (bo-, ser-, no-)... savlat xotin.
B) Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasal... (-chan, -kash, -mand), rangpar kishi.
C) Cho‘ponlar sez... (-qur, -gir, -kir), itlar ham ziyrak, bo‘ridan ayyor.
D) Do‘mbirachi qadim... (-iy, -gi, -dor) qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.
(Oybekning «Bolalik» asaridan olingan gaplar)

5. Qaysi gapning belgilangan so‘zi sifat emas?


A) O‘riklarning yaprog‘i qizil, qontalash.
B) Pastga egilgan yaproqlari sariq ipakday mayin.
C) Ko‘zga shunday jozibali ko‘rinadiki, uzib-uzib g‘arch-g‘urch tishlaging keladi.
D) Hozir ular uchun eng bexatar yo‘l Toshkent edi.

6. Hindubek turkiy, forsiy tillarni mukammal o‘rgangan ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi bo‘lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi. (P. Qodirov)


Yasama sifatlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) aniqlovchi B) kesim
C) hol D) ega

7. Ot yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la olmaydigan sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga tiklanadi?


Qo‘shimchalar: -li, -in, -q, -dor, -qi.
A) Xayollarini to‘l... oy sehrlagan tog‘ vodiy daralariga olib ketardi.
B) Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko‘pchilik
nom... insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg‘uborlik bilan otaning gaplarini tasdiq etdi. (A. Oripov)
C) Inson tabiatning eng ong... farzandi. (Tohir Malik)
D) Ariqlarda suv emas, o‘yno... nur oqadi. (Abdulla Qahhor)

8. Qaysi gapda sifatning orttirma darajasiga oid birdan ortiq so‘zlari qatnashgan?


A) Tim qora ko‘zlari Qorboboda, ammo nazarimda, u Qorboboni ko‘rmasdi. (O‘. Umarbekov)
B) Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi.
C) Bo‘m-bo‘sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi. (O‘. Hoshimov)
D) Sergaplik dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni ochib tashlaydi.

9. Qaysi gapda bir dona sifat yasovchi qo‘shimcha mavjud?


A) Rostgo‘ylik adabning ustuni, insoniylikning asosidir.
B) Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g‘am va qayg‘u ostidadir.
C) Behayo odamlar bilan suhbatdosh bo‘lgandan ko‘ra
yolg‘iz o‘tirgan afzal.
D) Do‘stsiz odamning mevasiz daraxtdan farqi yo‘q.

10. To‘g‘ri qoidani ko‘rsating.


A) -(v)iy qo‘shimchasi o‘xshashlik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi.
B) -gi (-ki, -qi) qo‘shimchasi payt va o‘rin bildiruvchi otlarga qo‘shilib, xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi.
C) Qo‘shma sifatlar, asosan, qo‘shib yoziladi.
D) O‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat takroriy sifat hisoblanadi.

11. Ravish asosli sifat qaysi gapda qatnashmagan?


A) Dastlabki kunlar yo‘l unchalik mashaqqatli bo‘lmadi. (Mirkarim Osim)
B) Bu o‘rmonda odamsimon maymunlar yashaydi. (Ertakdan)
C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
D) Kechki payt hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi.

12. Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo‘shilib


turmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘lmaydi. (I. Boltayeva)
Yasama sifatlarning umumiy birlashtiruvchi xususiyati nima?
A) Yasalish asosi bir xil turkumga oid.
B) So‘z yasovchi qo‘shimchalari − omonim qo‘shimchalar.
C) Bir xil sintaktik vazifa (gap bo‘lagi) bajarib kelgan.
D) Yopiq bo‘g‘in bilan tugagan so‘zga yopiq bo‘g‘inli so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilgan.


13. O‘rin-joy oti qaysi juftlik qismida berilgan?
A) yasama — bostirma B) erinchoq — o‘yinchoq
C) oqshomgi — sezgi D) yashirin — bo‘g‘in

14. Qaysi juftlik qismlari sifatga oid so‘zlar sanaladi?


A) sayroqi — o‘ynoqi B) unumdor — mulkdor
C) chizg‘ich — yulg‘ich D) bolalik —bolali

15. Qaysi qatordagi sifatga oid so‘z imlosida xatolik kuzatiladi?


A) Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi.
B) Atrofdagi hovlilardan ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. (Oybek)
C) Bu bog‘lar ichida oq qizg‘ish, nafis havorang marmardan qurilgan ko‘rkam binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. (Mirkarim Osim)
D) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o‘sgan archalar yug‘on va bo‘ydor bo‘ladi.

16. Qaysi gapda sifatlar soni boshqasidan ko‘ra ko‘proq?


A) Keng, ulug‘vor sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan.
B) Tiniq, ko‘m-ko‘k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi.
C) Bulutlar rang-barang, ranglar tinmay o‘zgaradi.
D) «Tabiatning siri, ma’nosi chuqur», deyman ichimda.


17. Erksevar, ochko‘z, chumchuqko‘z, kulrang, mehmondo‘st, devqomat, sheryurak, chuchmoma
Berilgan so‘zlarning nechtasi sifatga oid so‘z emas?
A) 2 tasi B) 1 tasi
C) 3 tasi D) 4 tasi


18. Qaysi gapdagi qo‘shma sifat tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashgan?
A) Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. (P. Qodirov)
B) Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. (B. Ahmedov)
C) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, baqaloq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. (O. Yoqubov)
D) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg‘unlashib ketgan. (S. Olimov)

19. Qaysi qo‘shma sifatlarning tipi o‘zaro “sinonim”?


shirinso‘z1, mehmondo‘st2, ichakuzdi3, osmono‘par4
A) 1,3 B) 2,4
C) 1,2 D) 3,4

20. Qaysi qatordagi qo‘shma sifat imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?


A) Shirinsuxan, oq ko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan bahra oladi.
B) Nodon, kaltafaxm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
C) Balantbarvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi.
D) Toshbag‘ir odamdan yaxshilik kutma.

21. Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko‘rki, ishyoqmaslar esa ularning og‘riq joyidir.


Ushbu gapda sifatlar soni nechta?
A) 1 ta B) 3 ta
C) 4 ta D) 2 ta

22. Qismlari yakka ishlatilmaydigan juft sifatni ko‘rsating.


A) qing‘ir-qiyshiq B) g‘adir-budur
C) egri-bugri D) katta-kichik

23. Qaysi gapdagi juft sifat otlashgan?


A) Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. (M. Oripova)
B) Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi.
C) G‘ir-g‘ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi.
D) Baland-past devorlar orqasidagi mevalarning oq, pushti, qizil gullariga tabassum bilan qaraysan.

24. Juft sifatlar hosil qilinadigan gaplarni o‘qing. Gaplar ketma-ketligi bo‘yicha nuqtalar o‘rniga qo‘yiladigan so‘zlarni aniqlang.


1. Shoshilish, yengil-... ishlarga havas, jahldorlik— nodonlar ishi.
2. Goho-goho keladigan uzuq-... xabarlardan boshqa aloqa yo‘q. (O. Yoqubov)
3. Sehrli qalpoq axtarib eski-... kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklarni tintuv qilib yurgan edim.
4. Mayda-... narsalar tugilgan ro‘molni ko‘tarib qorovulxonaga kirdi. (N. Yoqubov)
5. Mahallaning qora-... bolalari shoxdan shoxga tirmashadi. (O‘. Hoshimov)
A) qura, yuluq, yelpi, tuski, chuyda
B) chuyda, yelpi, yuluq, tuski, qura
C) chuyda, yuluq, yelpi, tuski, qura
D) yelpi, yuluq, tuski, chuyda, qura

25. Qaysi gapdagi sifat bo‘g‘inlari faqat yopiq bo‘g‘inlardan iborat?


A) Shag‘al to‘kilgan o‘ydim-chuqur yo‘ldan yurish it azobini bersa-da, Yigitali chidadi.
B) Ba’zan plitka shokoladmi, arzon-garov qo‘g‘irchoqmi olib keladi.
C) Alg‘ov-dalg‘ov shamol esib turar edi. (N. Arslonov)
D) Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi.

26. Qaysi gapda belgilangan so‘z sifatga oid so‘z sanaladi?


A) O‘z onamni elas-elas xotirlayman.
B) Tuyaning yuki qiyshayib-qiyshayib oxiri yerga quladi.
C) Tiqir-tiqir ovoz eshitila boshladi.
D) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go‘shtlardan kabob pishiryapti. (X. To‘xtaboyev)

27. Asliy va nisbiy sifat bir qatorda kelgan gapni toping.


A) Hovlimizda ko‘cha eshikdan kiraverishda kichkina, g‘ishtin uycha bor. (N. Toshev)
B) Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo‘lgan buyuk shaxs edi. (A. Ahmedov)
C) Yonbag‘irlarda rango-rang tovlanib, xushbo‘y atrini taratayotgan gullarga nazar tashlayman.
D) Elchi o‘rnidan turib, yuzlari cho‘zinchoq, ko‘zlari katta, novchadan kelgan Siparganizga ta’zim qildi. (Mirkarim Osim)

28. Asliy sifatni ko‘rsating.


A) turli B) yuzaki
C) derazali D) qishki

29. Beruniy uchlari jingalak, qalin moshguruch soqolini tutamlaganicha o‘yga toldi. Tokchadagi shamlar shu’lasida uning bir-biriga tutashgan o‘siq qoshlari, cho‘zinchoq, qoramtir yuzi, chambarak qalpoqchasi tagidan bo‘rtib chiqqan do‘ng peshonasi, uzun qiyg‘ir burni — butun qiyofasi qandaydir juda shiddatli ko‘rinar, zotan, dong‘i ketgan allomalardan ko‘ra suronli janglarda toblangan lashkarboshiga o‘xshab ketardi. (O. Yoqubov)


Matn bo‘yicha qaysi so‘z birikmasida sifat mavjud emas?
A) moshguruch soqol B) do‘ng peshonasi
C) shiddatli ko‘rinar D) chambarak qalpoqchasi

30. Qaysi so‘z birikmasida sifat mavjud?


A) qiyg‘ir burni B) tokchadagi sham
C) butun qiyofasi D) suronli jang


4-test

1. Sariq, yam-yashil, bahavo, ulkan, juda uzun, eng baland, jasur, dangasaroq, xayolchan


Berilgan sifatlar ichida sifatning qaysi daraja shakli misollari ishtirok etmagan?
A) oddiy B) ozaytirma
C) qiyosiy D) orttirma

2. Behi atirguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi o‘n ikki metrga boradigan sershox daraxt. Barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipssimon, bandi kalta, shoxlarda ketma-ket joylashgan.


Mevasi tukli, sariq yoki tillarang, ko‘rinishi yumaloq yoki biroz cho‘ziq holatda bo‘lishi mumkin. Mevasi yetilib pishganda sershira meva bo‘ladi. (A. Madrahimov)
Yasama sifatlar soni nechta?
A) 10 ta B) 12 ta
C) 11 ta D) 14 ta

3. Qaysi so‘zning qiyosiy, orttirma, ozaytirma


daraja shakllarini topib bo‘lmaydi?
A) qiziq B) ulkan
C) butun D) farzandsiz

4. Yomg‘irda cho‘milgan ko‘z ilg‘amas ulkan bog‘, qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va yulduz shaklidagi gulzorlar yana-da go‘zalroq, yana-da so‘limroq ko‘rinardi. (O. Yoqubov)


Sifatlar qanday dajara ko‘rinishlarida turibdi?
A) oddiy va qiyosiy B) oddiy va ozaytirma
C) faqat oddiy D) oddiy, qiyosiy va ozaytirma

5. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan sifat oddiy daraja ko‘rinishida?


A) Qirg‘ovullar O‘rta Osiyodagi eng chiroyli qushlardan biridir. (S. Jalilov)
B) Insonning hayot yo‘li g‘oyat murakkab va ko‘p qirralidir. (Z. Isamuhammedov)
C) Salqin, juda mazali buloq suvini ichganingiz sari ichgingiz kelaveradi. (N. Usmonova)
D) Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi. (O. Yoqubov)

6. Sifat darajasini hosil qiluvchi morfologik shakl qaysi gapda fonetik hodisaga uchragan?


A) Bo‘yi mendan kattarog‘-u, o‘zi sap-sariq. (O‘. Hoshimov)
B) Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. (G‘afur G‘ulom)
C) Maxsum sal kichik, ozg‘in, siyrak soqoli-yu qop-qora yuzidan yoshini chamalab bo‘lmaydigan bir odam edi. (Abdulla Qahhor)
D) Shunda ulg‘aydi bo‘yi,
Ko‘ring bo‘ldi yigitcha.
Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z,
Sarg‘ish soch-u oppoq yuz. (Po‘lat Mo‘min)

7. Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi. (Ertakdan)


Ajratib ko‘rsatilgan morfologik shakl haqida to‘g‘ri fikrni toping.
A) Faqat rang-tus sifatlariga qo‘shiladi.
B) Undosh bilan tugagan so‘zlarga ham qo‘shila oladi.
C) U − omonim qo‘shimcha.
D) Sifatning orttirma daraja shaklini hosil qiladi.

8. Chol:


Men qarib qoldim. Ichingizdan kim aqlli va davlatmand bo‘lsa, menga merosxo‘r bo‘ladi,— debdi. Eng katta o‘g‘il qizil yoqut ko‘zli oltin uzugini, ikkinchi o‘g‘il zarbof choponini, uchinchisi bebaho kamarini ko‘rsatib maqtanibdi.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish