﴿ 13 ta B﴿ 10 ta
C﴿ 12 ta D﴿ 9 ta
11. Bahor keladi. Gul mavsumi boshlanib ketadi. Daraxtlarda gul, bolalarning do‘ppilariga lolalar qistirilgan. Savatlarda uyum-uyum gunafshalar. Hamma yoq gul! Gul!.. Bahor faslining zavqi boshqacha. Qo‘qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da, chelak-chelak suv quyadi. Ko‘p yog‘adi... Lahza o‘tmasdan, erka quyosh jilmayib chiqib keladi. Hamma yoq yarqirab ketadi. Olmalar, giloslar, olchalar, shaftolilar — hammasi avji gulda. (Oybek)
Otlar sonini aniqlang.
A﴿ 26 ta B﴿ 23 ta
C﴿ 24 ta D﴿ 25 ta
12. Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchani qabul qilgan shaxs oti qaysi gapda berilgan?
A﴿ Boychechak Qodirboyning qo‘liga tegishi bilan Ilontepa tomonga yugurdi.
B﴿ Shirinoymi bu, eson-omonmisan?—
xursand bo‘lib ancha naridan qichqirdi Anorxon.
C﴿ To‘kib ko‘z yoshlarin armonda ketmish, Necha
Furqatlar-u Bobur Vatan deb.
D﴿ Bolalar piyodalar yo‘lakchasidan tartib bilan o‘ta boshlashdi.
13. Qo‘shma ot berilmagan javobni toping.
A﴿ achchiqtosh B﴿ uchburchak
C﴿ tustovuq D﴿ qarindosh-urug‘
14. Qaysi qatorda bir-biriga yaqin yoki qarama qarshi ma’noli asoslardan tarkib topgan ot berilmagan?
A﴿ dori-darmon B﴿ ko‘z-po‘z
C﴿ tog‘-tosh D﴿ yosh-qari
15. Qaysi qatorda takroriy ot mavjud?
A﴿ uncha-muncha B﴿ osh-posh
C﴿ yarq-yurq D﴿ savat-savat
16. Bog‘da zotli, asil olmalar, xilma-xil gilos-olchalar, kursillama nashvati, yumshoq xushbo‘y noklar, achchiq va chuchuk tuyatish anorlar va boshqa-boshqa meva daraxtlari ko‘p. Tokzorga kelsak, husayni, yakdona, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. (Oybek)
Ot+ot tipidagi qo‘shma otlar sonini ko‘rsating.
A﴿ 1 ta B﴿ mavjud emas
C﴿ 2 ta D﴿ 3 ta
17. Buloq, tokzor, ekin-tikin, to‘rt-burchak, dunyoqarash, yorbirodar, do‘stlik, o‘y-xayol, gulchambar, kurash, aql-xush, merosxo‘r, bilim, gulhamishabahor, ko‘klam, savdo-sotiq, oy
Tuzilishiga ko‘ra qanday otlar imlo qoidasiga ko‘ra zid yozilgan?
A﴿ faqat odda B﴿ qo‘shma, juft
C﴿ juft, takroriy D﴿ faqat qo‘shma
18. Xato yozilgan qo‘shma so‘zlar qatorini ko‘rsating.
A﴿ Yeryong‘oq, qo‘larra
B﴿ qo‘yboqar, asalari
C﴿ Mingtepa, Uchqo‘rg‘on
D﴿ O‘rtaChirchiq, KichikOsiyo
19. Dori-darmon, orzu-armon, ko‘rpa-to‘shak, qovun-povun, uy-puy, bug‘doy-mug‘doy
Juft otlar sonini aniqlang.
A﴿ 3 ta B﴿ 2 ta
C﴿ 5 ta D﴿ 4 ta
20. Takroriy otni toping.
A﴿ es-es B﴿ chelak-chelak
C﴿ qon-qonigacha D﴿ qator-qator
21. Sirdaryo yoqasidagi tog‘oldi tekisliklarida bunyod bo‘lgan Toshkent shahri juda qulay tabiiy muhitga egadir.
To‘g‘ri hukmni toping.
A﴿ 1 ta atoqli ot mavjud.
B﴿ Tog‘oldi so‘zi− atoqli ot.
C﴿ Kesim ot bilan ifodalangan.
D﴿ Sodda yasama so‘z mavjud emas.
22. Boshqotirmaning 5-siga javob toping va poytaxt shahrini aniqlang.
A﴿ Guliston B﴿ Termiz
C﴿ Qarshi D﴿ Toshkent
23. tog‘a, yaqinlarim, boshlovchi, dehqon, sayyoh
Turdoshlikni buzgan so‘zni toping.
A﴿ boshlovchi B﴿ yaqinlarim
C﴿ sayyoh D﴿ tog‘a, dehqon
24. chana, gilam, to‘qmoq, o‘tloq, maysa
Turdoshlikni buzgan so‘zni toping.
A﴿ chana B﴿ maysa
C﴿ to‘qmoq D﴿ o‘tloq
25. qishloq, Kavkazorti, qabriston, o‘rmonzor, saylgoh
Turdosh otlik xususiyatini buzgan so‘zni toping.
A﴿ qabriston B﴿ saylgoh
C﴿ Kavkazorti D﴿ qishloq
26. chopiq, suvoqchilik, ko‘rik, isrofgarchilik, muallim
Turdoshlikni buzgan so‘zni toping.
A﴿ suvoqchilik B﴿ isrofgarchilik
C﴿ chopiq D﴿ muallim
27. Quyidagi qaysi juftlikning ikkinchi qismi tilimizda uchramaydi?
A﴿ shaxs oti−shaxs nomi
B﴿ narsa oti−narsa nomi
C﴿ o‘rin-joy oti−o‘rin-joy nomi
D﴿ faoliyat-jarayon oti-faoliyat-jarayon nomi
28.Qaysi qatorda shaxs oti yasalgan?
A﴿ odamiylik B﴿ enagalik
C﴿ kuzlik D﴿ qashqadaryolik
29. Qaysi shaxs oti yasovchi qo‘shimchaning dubleti (variantoshi) bor?
A﴿ -boz B﴿ -vchi
C﴿ -lik D﴿ -kor
30. –… qo‘shimchasi a unlisi bilan tugagan fe’llarga qo‘shilganda, a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Nuqtalar o‘rniga mos narsa oti yasovchi qo‘shimchani toping.
A
Do'stlaringiz bilan baham: |