1.3. Korxona asosiy ishlab chiqarish moddiy-texnik bazasi, uning hozirgi holati va istiqbolga mo’ljallangan rejasi tahlili.
Korxonalarning asosiy belgisi ularning o'zlariga tegishli mulkning mavjudligidir. Aynan shu narsa korxonalarning moddiy- texnik imkoniyatlarini belgilab beradi hamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini taminlaydi. Muayyan mulkdan foydalanmasdan hech bir korxona o'zining xo'jalik faoliyatini amalga oshira olmaydi.
Korxonalar egalik qiladigan mulk ko'chmas va ko'chirib bo'ladigan mulklarga ajraladi. Ko'chmas mulkka yer uchastkalari, maxsus suv ob'ektlari va umuman yer bilan bog'liq bo'lgan buzilmas narsalar, shu jumladan ko'p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar kiradi. Ko'chirib bo'ladigan mulkka ko'chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlar kiradi.
Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish mumkin. Bunda korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko'rinishi balki ishlab chiqarish jarayonidagi roli, ahamiyati va korxona iqtisodiyotiga ta’siri ham hisobga olinadi.
Uzoq muddatli aktivlar yirik va o'rta korxonalar mulkining 65-85% ini tashkil qiladi. Uning tuzilishi 1-chizmada keltirilgan.
Uzoq muddatli aktivlar korxona xo'jalik faoliyatida uzoq muddat mobaynida qatnashadi. Bu amortizatsiya jarayonining davomiyligi va aylanma tezligining sekinligi bilan bog'liq. Shuning uchun ular uzoq muddatli yoki sekin aylanadigan aktivlar yoki immobilizatsiya fondlari deb ataladi.
Korxonalarda uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi va tarkibi bir-biridan jiddiy farq qiladi. Biroq, barcha korxonalar uzoq muddatli aktivlari tarkibida asosiy fondlar salmoqli hissani tashkil etadi.
Asosiy fondlar - bu moddiy (ashyoviy) boylik bo'lib, o'zining tabiiy ko'rinishi, uzoq vaqt mobaynida o'zgartirmaydi hamda qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga qismlab o'tkazadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari umumiy ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnatning qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmiga bog'liq. Asosiy fondlarning va mehnatning qurollanganlik darajasining oshishi mehnatga ijodiy xarakter bag'ishlaydi va jamoaning madaniy – texnik darajasini oshiradi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi, iqtisodiy o'sishni taьminlovchi barcha omillar ichida asosiy o'rinni egalaydi.
Asosiy fondlar jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning 65% dan ko'prog'i asosiy ishlab chiqarish fondlariga to'g'ri keladi.
Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko'ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo'linadi.
Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o'zining amal qilish sikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma – bosqich eskirib, o'z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o'tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog'cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko'rsatuvchi ob'ektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o'laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o'zining qiymatini mahsulotga o'tkazmaydi. Ularning qiymati iste'molda yo'q bo'lib ketadi. Ularning o'rni to'ldirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi. Quyidagi asosiy vositalar turlari 1-jadvalda ko'rsatilgan foydali xizmat muddati bilan ajralib turadi.
1-jadval - Foydalanish muddati bo'yicha asosiy vositalarning tasnifi
Zavod ekspluatatsiyasi davrida yo'lovchi vagonlarni barcha ta'mirlash ishlari o'zlashtirildi: depo ta'miri (DR), birinchi xajmdagi kapital ta'mirlash (KR-1), ikkinchi xajmdagi kapital ta'mirlash (KR-2), modernizatsiya va xizmat davrini uzaytirgan holda ikkinchi hajmdagi kapital ta'mirlash (KR-2M), xizmat davrini 15 ylga uzaytirgan holda kapital qayta tiklash ta'miri (KVR). ER-9E va ER-2 elektropoyezdlar vagonlarini kapital KR-2 hajmda ta'mirlash xam o'zlashtirilgan.
2003 yil Tverь vagon qurilish zavodi bilan hamkorlikda quyidagi turdagi vagon ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi: 61-4179 modelli xavo konditsioneri mavjud bo'lgan kupe vagon, 61-4177 modelli platskart vagon, tezyurar poyezdining 61-4441 va 61-4441Sh modellari.
2009 yil 68-908 va 68-909 modelli yo'lovchi vagon telejkalarini ishlab chiqarish o'zlashtirildi, natijada yangi “61-907 modelli xavo konditsioneri mavjud bo'lgan yo'lovchi kupe vagon” ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo'ldi. Bunda yangi yo'lovchi vagonlarni va telejkalarini seriya bo'yicha ishlab chiqarishga sertifikat olindi.
2010 yil sinov ishlari amalga oshirilgandan so'ng va konstruktor xujjatlari ishlab chiqarilgandan so'ng zavodga xizmat davrini uzaytirgan holda kapital qayta tiklash ta'miri uchun sertifikat berildi, va yo'lovchi vagonlar detallari, ya'ni oldingi va orqa uporlar ishlab chiqishga sertifikat berildi.
2011 yil zavod yangi “61-911 modelli xavo konditsioneri mavjud bo'lgan yo'lovchi kupe vagon” seriyasini ishlab chiqarish uchun sertifikat oldi va yo'lovchi vagon uchun “Pogloщayuщiy apparat” ishlab chiqarish sertifikatini olgan.
2012 yilda yo'lovchi vagonning 68-921 va 68-922 modelli ikki osьli “bezlyulechnogo podveshivaniya” telejkalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Konstruktor xujjatlari rasmiylashtirildi va ushbu telejkalar ishlab chiqarish uchun zarur sinovlar o'tkazildi.
2014 yilda yangi yo'lovchi vagon qurilish va kapital tiklash ta'mirlash hajmini kamayishi munosabati bilan ER-9E va ER-2 elektropoyezdlar vagonlarining xizmat muddati uzaytirgan holda kapital qayta tiklash ta'miri (KRP) hamda metro vagonlarining xizmat muddati 15 yilga uzaytirgan holda kapital qayta tiklash ta'miri xam o'zlashtirilgan. «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ metro vagonlar telejkalarning ramalar va nadressor balkalari ishlab chiqarish uchun zarur sinovlarni o'tkazdi va seriyasini ishlab chiqarish uchun sertifikat oldi. 2016 yil zavod yangi 61-926 modelli havo konditsioneri mavjud bo'lgan o'tirish o'rindiqli vagon qurish o'zlashtirilib ishlab chiqarila boshladi.
2017 yil 16 dona metro vagonlari va 377ta yo'lovchi vagonlar ta'miri amalga oshirildi, ulardan rejali ta'mirdan 366ta vagon o'tkazilgan, KVR 11ta vagon. Yil davomida 10ta yangi vagon qurilgan (ulardan 8tasi eksport uchun).
2018 yil 24ta metro vagonlar ta'miri, 395ta yo'lovchi vagonlar ta'miri amalga oshirilgan, ulardan rejali ta'mirdan 377ta vagon o'tkazilgan, KVR ta'miridan 18ta vagon o'tkazilgan. Yil davomida 39ta yangi vagon qurilgan (ulardan 9tasi eksport uchun).
2019 yil 20ta metro vagonlar ta'miri, 322ta yo'lovchi vagonlar ta'miri amalga oshirilgan, ulardan rejali ta'mirdan 306ta vagon o'tkazilgan, KVR ta'miridan 16ta vagon o'tkazilgan. Yil davomida 51ta yangi vagon qurilgan (ulardan 5tasi eksport uchun).
2020 yil yakunlari bo'yicha 8 ta metro vagoni va 317 ta yo'lovchi vagonlarini ta'mirlash hajmi kutilmoqda, shundan 304 tasi rejalashtirilgan ta'mirlash turlari, 13 tasi kapital-tiklash ta'mirlash bilan ta'minlanadi. Shuningdek, 24 ta yangi yo'lovchi vagon (shu jumladan, 11 ta vagon eksport qilish uchun) quriladi.
2021 yilda o'rnatilgan vazifalarni bajarish maqsadida:
• yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash bo'yicha belgilangan hajmdagi ishlarni bajarish;
• moddiy resurslarni yetkazib berish;
• kontrakt ishini takomillashtirish;
• istiqbolli rivojlantirishning prognoz parametrlari va yo'nalishlariga yetkazish;
• faoliyat barcha turidan olingan foydadan samarali foydalanish;
• aktivlardan foydalanish samaradorligini oshirish;
• ishlab chiqarishda yo'qotishlarni va zararlarni kamaytiish;
• boshqaruv tizimini takomillashtirish.
2021 yilda Biznes-rejaga asosan amalga oshirilishi lozim bo'lgan ish va xizmatlar dasturi korxona bo'linmalari va bo'limlari tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlar asosida ishlab chiqilgan.
2021 yilda zavodning asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
• O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlarini bajarish;
• Yo'lovchi vagonlar tarkibini yangilash;
• Elektropoyezd yangi vagonlar qurishni o'zlashtirish;
• Zanglamas po'latdan yangi vagon kuzovi qurishini o'zlashtirish.
2021 yili barcha ishlar bo'yicha yalpi foyda 19 900 mln.so'm rejalashtirilgan, bu o'z navbatida davr xarajatlarini qoplashga, soliqlar va majburiy byudjet to'lovlarini to'lashga imkoniyat beradi. Rentabellik darajasi ya'ni yalpi foyda/ishlab chiqarish tannarxi 13.6% kutilmoqda. Foyda solig'i 1 236.8 mln.so'm rejalashtirilgan.
Sof foyda barcha soliqlar to'langandan so'ng 7 008.6 mln.so'm kutilmoqda, bu o'z navbatida rezerv fondlarni qoplashga, ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga va dividend to'lovlarni to'lashga imkoniyat yaratadi.
Rejalashtirilgan davrda jamiyat o'z aylanma mablag'lari bilan ta'minlanishini va mavjud resurslar orqali belgilangan ko'rsatkichlarga erishish ko'zda tutilgan.
Ish faoliyatini tashkil etish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
• Tuzilgan shartnoma va kontraktlarni o'z vaqtida va aniq ijro qilish;
• Buyurtmachi va xizmatdan foydalanuvchilar bilan hamkorlikning optimal variantlarini topish va amalga oshirish;
• Korxona moliya-xo'jalik faoliyatining chuqur tahlili, moliyaviy barqarorlik xolatini saqlash borasida ma'lum rejalar tuzish, faoliyatni barqarorligini ta'minlash;
• Debitor va kreditor qarzdorlikni doimiy ravishda kamayishini nazorat qilish;
• Bozor takliflariga mos kadrlarni tayyorlash va xodimlarni malaka darajasini doimiy oshirib borish;
• Buyurtmalar bazasini shakllantirish uchun O'zbekiston Respublikasining bozorida chuqur marketing tadqiqotlarni o'tkazish;
• Zarur ma'lumotlarni samarali yig'ish, qayta ishlash, amaliyotda qo'llash uchun zavod faoliyatiga informatsion ma'lumotlar bazalaridan foydalanish amaliyotini kiritish;
• Boshqaruv tizimini takomillashtirish.
Faoliyatda rejalashtirilgan vazifalarni va 2021 yilda rivojlanish ko'rsatkichlarini bajarishda shartnoma majburiyatlarini sifatli bajarishda zarur sharoitlar yaratish ko'zda tutilgan.
Korxona buyurtmachilari sifatida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va o'z balanslarida yo'lovchi vagonlari mavjud bo'lgan turli mulkchilik shakliga ega bo'lgan korxonalar.
Kelgusi rejalashtirilgan davrda zavod raxbariyati oldida bajarilgan ishlar uchun zarur bo'lgan mablag'ni buyurtmachilar tomonidan moliyalashtirish va topshirilgan ish hajmi uchun buyurtmachilarni o'z vaqtida to'lovlarini amalga oshirishga erishish, shuningdek debitor qarzdorlik miqdorini kamaytirish masalalarini hal qilish turibdi.
2021 yilda zavodning asosiy buyurtmachilari quyidagilardir:
1. “O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ
2. “O'zbekiston temir yo'llari” AJ
• Yo'l xo'jaligi boshqarmasi,
• Lokomotivlar ekspluatatsiyasi boshqarmasi,
• Xarbiylashtirilgan qo'riqlash xizmati,
• Elektrota'minot markazi,
• Aloqa va signalizatsiya markazi,
• Regional temir yo'l uzellari (Toshkent, Qo'qon, Qarshi, Termiz, Qo'ng'irot),
• “Toshkent metropoliteni” UK
3. O'zbekiston Respublikasi turli xil mulkchilik shaklidagi korxonanalari
• Navoiy tog'-metallurgiya kombinati
4. Mustaqil davlatlar xamdo'stligi (MDX) sub'ektlari
- Rossiya federatsiyasi kompaniyalari,
- Qozog'iston Respublikasi kompaniyalari.
Barcha asosiy Buyurtmachilar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzish, ishlab chiqarish aloqalari o'rnatish va mustaxkamlash rejalashtirilgan.
Zamonaviy sharoitda aksariyat davlat korxonalarning boshqa mulkchilik shakliga aylantirilganda faoliyat koordinatsiyasi, mablag'lar akkumulyatsiyasi, yagona texnik siyosat yuritish, resurs saqlovchi va ekologik chora-tadbirlarni ishlab chiqarish va amaliyotga kiritish zaruriyati muxim shartlardan biri bo'lib qolmoqda.
Korxonani aktsiyadorlik jamiyatiga o'zgartirilishi tashqi investrolarni jalb qilish, aylanma mablag'larni to'ldirish, va mavjud uskunalarni modernizatsiya qilish imkoniyatini kengaytiradi.
O'zbekiston Respublikasida temir yo'l transport sohasida ko'p yillik tajribaga va malakali mutaxassislar yerdamiga tayangan xolda korxona belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Boshqaruv apparatida taxlil, natijalarni prognozlash va joriy rejalashtirish, tashqi investitsiyalarni topish, korxonani investitsiyalar jalb qiluvchi ko'rinish masalalarini xal qila oladigan malakali mutaxassislar mavjud. Zaruriyat tug'ilganda korxona strategik rejalashtirish, moliya resurslarini konsolidatsiya sxemasi va proyektlar moliyalashtirish manbalarini ishlab chiqarish borasida tajribaga ega bo'lgan konsulьtantlar jalb qilish imkoniyatiga ega.
Korxona raxbariyati katta tajribaga ega bo'lib korxonani rivojlantirish hamda bozor talablariga mos ravishda rivojlanish rejasi va aniq bozor strategiyasiga ega.
Shuning bilan bir qatorda korxonani kelgusi rivojlantirish yo'lida mavjud ishlab chiqarish potentsiali, personal tajribalari, malakali kadrlarni saqlab qolish bo'yicha korxona raxbariyati doimiy nazorat olib boradi.
Kelgusi davrda moliyalashtirish manbai bo'lib quyidagilar xizmat qiladi:
• Buyurtma qilingan ish va xizmat uchun avans to'lovlar;
• Yo'lovchi vagonlarni ta'mirlash va qurishdan ko'rilgan foyda;
• Yo'lovchi vagonlarga texnik xizmat ko'rsatishdan olingan foyda;
• Aholiga pullik xizmat ko'rsatishdan olingan daromad.
Imkoniyatlarni yuzaga chiqarish maqsadida zavod doimiy ravishda Toshkentda bo'lib o'tadigan xalqaro yarmarkalar, prezentatsiyalarda ishtirok etib kelmoqda. Internet tarmoqlarida kelgusida zavod rivojlanishini yeritib beruvchi maxsus sayt mavjud. Zavod faoliyati va imkoniyatlar xaqida reklama maxsulotlari: bukletlar, prospektlar, devor kalendarlari, bolknotlar, paketlar, papkalar va b. ishlab chiqarib tarqatilmoqda.
Biznes reja ishlab chiqarish bo'yicha yakuniy xulosa sifatida quyidagilarni ta'kidlash mumkin:
1. Xozirgi kunda investitsiya faoliyati fundamentini qo'yish uchun O'zbekiston Respublikasida qulay iqtisodiy va siyesiy sharoitlar mavjud. «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ ushbu davr imkoniyatlaridan maksimal foydalangan holda bozor iqtisodiyoti reformalarini amalga oshirish yo'lida foydalanmoqda.
2. Bugungi kunda aktsiyador jamiyatlar va aktsiyadorlar huquqini himoya qiluvchi Qonun mavjud, bundan tashqari qimmatli qog'ozlar haqidagi me'yorlar ham takomillashgan. Xususiy va davlat sektori korxonalari ushbu qonun talablaridan kelib chiqqan holda amaliyotda qo'llanilmoqda.
3. «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodi» AJ quyidagi parametrlarga ega bo'lgani sabab, investorlar o'z hamkorlari va ularga bo'lgan ishonchlari yuzaga kelib tasavvurga ega bo'ladi:
• Progressiv faoliyat;
• Zarur resurs miqdoriga ega bo'lish;
• Masalalarni hal qilish bo'yicha ijodiy yendashuv;
• Tarmoqda yetakchilik;
• Murakkab masalalarni yechish imkoniyati;
• Bajariladigan xizmatning yuqori sifati;
• Ishonch;
• Vakolatlarining kengligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |