2.4 Qissalarda badiiy obraz masalasi.
Qissalarda qahramon qismati , taqdiri hayotidagi tub burilishlar,qaltis vaziyatlar izchil yoritib boriladi. Shu ma`noda asarlarda badiiy obraz masalasiga ham e`tabor qaratiladi. “Badiiy obraz deganda borliq (undagi inson,narsa, hodisa va h.k) ning san`atkor ko`zi bilan ko`rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi”13. Qissalarda qahramonni chuqur va yorqin , badiiy mukammal tasvirlashda uning individual xususiyatlariga alohida e`tibor beriladi. Qahramon va jamiyat munosabati , falsafiy-axloqiy masalalar yechimi asardagi bir-biri bilan uzviy bog`liq obrazlar tizimi vositasida amalga oshiriladi. Masalan Tog`ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi qahramoni Bo`ri polvon fitratidagi nozik tuyg`ularni ifodalash uchun Momoqiz, Nasim obrazlariga ma`lum badiiy funksiya yuklatiladi. Polvonlar davrasidagi suhbatlar , poklik va halollik tushunchalariga oydinlik kiritilishida asardagi boshqa obrazlar faoliyati muhim hisoblanadi. O`tkir hoshimovning "Duny“ning ishlari” qissasida ona siymosini to`laqonli yoritishda uning oiladagi, mahalladagi, jamiyatdagi faoliyati ko`rsatilib , kishilar bilan munosabatida volidaga xos mehr-muhabbat , o`zbek ayoliga xos hayo ,bolajonlik tabiati yoritib borilishida asardagi boshqa qahramonlarning ham hissasi katta. Bu kabi obrazlar qissa silsilasidagi zanjirni mustahkamlaydi. Bosh qahramon haqidagi tushuncha va tasavvurlarni to`ldiradi. Qissa mazmunini, mohiyatini anglashda obrazlar uyg`unligi muhim omil sanaladi.
Qissada bosh qahramon holati , hatti-harakatini to`laqonli yoritilishida uning atrofdagi kishilar bilan munosabatiga ham e`tabor qaratiladi. Asardagi epizod obrazlarga ham ma`lum g`oyaviy vazifa yuklatiladi.
Adabiyotning tasvir mavzuyi, avvalambor, insondir. Inson tasviri yo'q, u ko'zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo'lmaydi. Shunga ko'ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o'rinni egallovchi tushuncha ham obraz qahramon tushunchasidir. Obraz - timsol tushunchasining keng va tor ma'nolari mavjud. Keng ma'nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg'ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma'noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Keng ma'noda ishlatiladigan badiiy obraz tushunchasi haqida ushbu kitobning kirish qismidagi «Badiiy so'z qudrati» maqolasida atroflicha to'xtalingan. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o'qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilarning obrazlari qiyofasida muhrlanib qoladi. Mana, birgina «Ravshan» dostonini oladigan bo`lsak, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklarning mahorat bilan chizilgan timsollari, Shirvon bozori, Zulxumorga qarashli bog'ning ajoyib-g'aroyib manzaralari xotiramizda mahkam o'rnashib qoladi. Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar bilan, uni o'rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa-hodisalar bilan birgalikda, ular bilan chambarchas aloqada tasvirlanadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo'ladi. Biroq bularning hammasi inson timsolini yo o'ziga xosligini ko'rsatishga, yoki uning ham boshqalarga o'xshash tomonlari borligini ta'kidlashga, yoxud inson obraziga hissiy ta'sirchanlik bag'ishlashga, yoinki uning biror jihatini to'ldirishga xizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Badiiy tasvirning maqsadi sifatida ko'pincha insonning o'zi turadi. Narsa va hodisalar tasviri o'z-o'zicha mustaqil badiiy qiymatga ega bo'lmaydi, ular insonni yorqinroq ko'rsatish, uning tabiatini teranroq ochish uchun kerak. Lekin inson yolg'iz o'zi mavjud bo'la olmaydi. Odam odamday yashashi va o'z insonligini namoyon etishi uchun juda ko'p narsalar kerak. Badiiy adabiyotda inson bilan bir qatorda, narsa-hodisalar muhit tasviri ham zarurdir. Faqat ularning badiiy adabiyotdagi tasviri inson holati, kechinmalariga bo'ysundirilgan bo'ladi. Yozuvchi voqelikni aks ettirar ekan, uni o'zi anglaganicha talqin qiladi. Hayotdagi voqea-hodisalar, odamlar va ularning dunyoqarashi, xarakter xususiyati, madaniy-ilmiy saviyasi, niyati, orzu-istagi ishlovidan o'tgandan keyingina obraz timsollar qiyofasida namoyon bo'ladi, badiiy asar shaklini oladi. Qisqasi, yozuvchi ijod jarayonida asaridagi obrazlarni individuallashtiradi, umumlashtiradi. Inson tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya'ni jamiyatda yashaydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo'ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste'dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning holatini, imkoni boricha, haqqoniy, o'z qalbi bilan tuyganday aks ettirishi kerak. Shundagina yaratgan asarlari odamlar qalbiga kuchli ta'sir etib, zavq-shavq uyg'otishi, kishilarni ezgulikka e'tiqod va go'zallikka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin. Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyatiga va hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan surati badiiy obraz deyiladi
Badiiy adabiyot asosida go'zallik haqidagi tasavvur yotadi. Bunday tasavvur insonning odam, hayot va jamiyat haqidagi orzu-armonlaridan tug'ilgan. Badiiy asar ana shu orzu-armonlarni aks ettirsagina tarbiyaviy quvvatga ega bo'ladi.
Obrazda obʼyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy Obrazning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi.
Obraz voqelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy obrazni real obyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi. Obraz voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, alohida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmas, muqim, adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farqli ravishda obraz koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. Obrazning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati bilan belgilanmaydi, balki badiiylik obrazning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. Obrazda obyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Insonni, uning ma`naviy olamining kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa, so`z san`ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotni insonshunoslik dеb, shoir va yozuvchilarni esa inson ruhining muhandislari, dеb ta`riflanishi bеjiz emas, albatta. Хalqimiz orasidan mana shu g`oyat mashaqqatli sohaga butun hayoti va noyob istе`dodini bag`ishlab, adabiyotimiz хazinasidan munosib o`rin egallagan, o`lmas asarlar yaratgan buyuk so`z san`atkorlari − ularni barchasining nomlarini zikr etish, albatta, ko`p vaqtni talab qilgan bo`lur edi − yеtishib chiqqani bilan barchamiz haqli ravishda faхrlanamiz. “Adabiyot, so`z san`ati azaldan хalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo`lib kеladi. Хususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma`naviyatimizning g`oyat muhim va uzviy qismi bo`lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mеhnatini qadrlash va munosib rag`batlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar o`z hosilini bеrayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko`lami jihatidan ham, janr nuqtai nazaridan ham rang-barang bo`lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo`layotgani kitobхon хalqimizni albatta quvontiradi”.
Xulosa
O`zbek qissanavisligi XX asrda shakllanish va takomillashish jarayonini boshdan kechirdi. Bu davrda qissa janrining jahon adabiyoti darajasidagi namunalari maydonga keldi; janr muttasil ravishda ichdan yangilanib, mukammalashib bordi. Bu esa adabiyotshunoslik oldiga qissachilik tadrijining har bir bosqichini alohida tekshirish, yutuq va kamchiliklarni sarhisob etish, istiqbol tamoyillarini belgilashdan iborat doimiy vazifalarni qo`ydi. Mazkur ish ana shunday ehtiyoj natijasida yuzaga keldi. Ko`rilgan masalalar sirasida XX asrning so`nggi choragida yaratilgan qissalarni yangi mafkura nuqtai nazaridan baholash, kengroq va teranroq tahlil etish, qissachilik tadrijining nazariy printsiplarini belgilash kabilar muhim o’rin tutadi.
Qissa janri genezis nuqtai nazardan qadim turkiy va fors-tojik xalqlari nasriy ijodi an`analariga borib bog`lanadi. Orta asrlar yozma manbalarida mavjud bolgan, u davrlarda “xalq kitoblari” deya atalgan qissalar zamonaviy qissa janrining yuzaga kelishida genetik asos vazifasini o`tadi. Zamonaviy qissalarning shakllanishida syujetning yagona qahramon sarguzashtlariga asoslanishi; qahramon hayotining to`liq emas, muayyan davri voqealarining qamrab olinishi kabi muhim struktur belgilar mumtoz adabiyotdagi qissalardan ibtido oldi. Ana shu genetik asos va turk, tatar, ozarbayjon, rus adabiyoti hamda ijtimoiy hayoti tasirida XX asrning 30-yillaridan boshlab zamonaviy ozbek qissalari yuzaga kela boshladi. Qissalarga tarixiy-qiyosiy nuqtai nazardan yondoshmaslik oqibatida adabiyotshunoslikda “povest’” va “qissa” terminlarini sun`iy ajratish holatlari ham XX asrning ayni shu davriga to`g`ri keladi.
XX asr ozbek qissachiligini umumiy miqyoslarda kuzatish shunday xulosa beradiki, bu tarixiy davr orasida o`zbek qissanavislari o`tmish an`analari va Yevropa xalqlari qissachilik maktabi tajribalarini samarali o`zlashtirdi.
XX asrning yetmishinchi-saksoninchi yillari o`zbek nasrida qissa janri «hukmron» bo`ldi, desak yanglishmaymiz. Nemat Aminov, Sadulla Siyoev, SHukur Xolmirzaev, O`tkir Hoshimov kabi tajribali ijodkorlar qatoridan Erkin Azamov, Murod Muhammad Dost, Togay Murod, Xurshid Do`stmuhammad, Xayriddin Sultonov, Gaffor Hotamov, keyinchalik Nazar Eshonqul, Abbos Saidov, Bahodir Murod Ali, SHoyim Botaev kabi yosh istedodli ijodkorlar o`rin oldi. Bu avlod zamonaviy o`zbek qissachiligiga yangi mavzu, yangi qahramon, yangicha talqin va o`ziga xos kontseptsiyalarni olib kirdi. E`tiborlisi shundaki, o`zbek qissachiligining bir asri bir-biridan farq qiladigan bir necha bosqichlarni tashkil etdi. Deylik, 60-yillarda yaratilgan qissa va ularda ko`tarilgan muammolar, qissa qahramonlari 70-80-yillarda yaratilgan qissalar va ularda ko`tarilgan muammolardan, qahramonlardan sezilarli farqlanadi.
70-yillarga kelib bu janrda jonlanish pallasi boshlandi. Fel-atvori, psixologiyasi, dunyoqarashi turlicha bo`lgan adabiy qahramonlar maydonga keldi. Qissalarda tasvir obekti o`zgardi, yangicha yo`nalish oldi. Qissanavis obrazining voqea-hodisalardagi «ishtiroki», tasvir va talqinda muayyan mavqeni egallashi hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirishda yetakchi o`rin egalladi.
Istiqlolga erishilgach esa ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda bo`lgani kabi adabiyotda ham tarixan yakun topgan davrni sarhisob qilish, bosib o`tilgan yo`lni kuzatish, erishilgan yutuqlarni saralash, ularni yangi mafkura, yangi nuqtai nazardan baholash, adabiyot oldida turgan vazifalarni belgilab olish zarurati yuzaga keldi. Istiqlol yillari ijodkorlar ham, adabiyotshunoslar ham mafkuraviy tazyiqlardan batamom ozod bo`lishdi, «buyurtma asarlar» yozish, badiiy asarni faqat g`oyaviy jihatlaridan kelib chiqib baholashdek soxta mezonlardan qutulishdi.
Shuningdek, XX asr so`nggi choragida yaratilgan ko`plab qissalar ilmiy-adabiy jamoatchilikda katta qiziqish uygotib, bahs va munozaralarga sabab bolgan. Bu haqda M.Qo`shjonov, O.SHarafiddinov, N.Karimov, S.Mamajonov, S.Mirvaliev, B.Nazarov, U.Normatov, e.Karimov, B.Sarimsoqov, A.Rasulov, N.Xudoyberganov, kabi taniqli adabiyotshunoslarning qimmatli mushohadalari mavjud.
1. Demak qissa janrining shakllanish va rivojlanish bosqichlari uzoq tarixga borib taqaladi.
2. XX asrning 70-80- yillariga kelib adabiyotda yangi bir to`lqin sezila boshladi. Bu davr yozuvchilari ijodida mumtoz adabiyot an`analariga va milliylikka intilish kuchayib bordi.
3.Nosirlarimiz ijodida yangicha adabiy tafakkur shakllanib ,badiiy obrazlar silsilasida turmushni tubdan o`zgartirishga da`vat etuvchi zamonaviy qahramonlar maydonga chiqdi.
4.Zamonaviy o`zbek qissachiligida Murod Muhammad Do`st,Erkin A`zam, Xurshid Do`stmuhammad, Xayriddin Sultonov, G`affor Xotamov kabi navqiron avlod vakillari bo`y ko`rsatdilar.
5.Mustaqillik davri o`zbek adabiyotida yangi qahramonlar yuzaga keldi.
6. Qissalarda milliy o`zlikni saqlab qolishni burchi deb hisoblagan, o`z hayoti ma`nosini anglashga intilayotgan , o`z-o`zini taftish qilayotgan qahramonlar paydo bo`ldi
7. Qisalardagi davr va qahramon masalasi yoritilgan o`rinlar tahlil qilindi.
8.Qissa markaziga qo`yilayotgan ziddiyatlar insoniyat tabiatidagi haq va haqiqat zamiridagi, tarix va davr qatidagi qarama qarshilik ifodalari orqali yuzaga chiqmoqda.
9. Azaldan to abadiyatga qadar muhim sanaladigan umuminsoniy g`oyalar , qalb va iymon butunligini belgilovchi omillarbugungi qissalar konfilikti uchun asos bo`lmoqda.
10.XX asr qissalarida psixologik tasvirning turli usul va yo`sinlaridan keng foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |