Kiris h kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)



Download 55,7 Kb.
bet3/7
Sana17.07.2022
Hajmi55,7 Kb.
#813395
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Kurs ishida jahon, rus va o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy ijod nazariyasi, adabiy janrlarning o‘ziga xosligi hamda X.Do‘stmuhammad ijodiga bag‘ishlangan monografik tadqiqotlar va ilmiy maqolalar atroflicha o‘rganib chiqildi. Shuningdek, ulardan adib ijodining shakllanishi va taraqqiyoti masalasiga bugungi kun nuqtai nazaridan munosabat bildirildi..


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Ushbu tadqiqotning natijalari va xulosalari adabiyotshunoslik va tanqidchilikda adib ijodiga munosabat orqali munaqqidlar ijodini o‘rganish hamda shu orqali adabiy tanqidning rolini ko‘rsatishda o‘ziga xos vosita bo‘ladi. Qolaversa G`. G`ulom qissalarini davr va shaxs talqini muammosini milliy istiqlol mafkurasi talablari asosida o`rganishga bag`ishlangani bilan ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ishning umumiy xulosalaridan o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida Xurshid Do‘stmuhammad ijodi muammolarini o‘rganishda, qolaversa, o‘zbek tanqidchilarining adabiy jarayonga munosabati masalasini tadqiq etishda nazariy manba sifatida foydalanish mumkin. Ishning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, uning natijalari oliy ta’lim muassasalarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Xurshid Do‘stmuhammad ijodini o‘rganish, shu bilan bir qatorda yozuvchi ijodining ommalashishida tanqidchilarning rolini ko‘rsatish
bo‘yicha ma’ruzalar o‘qishda, amaliy va seminar mashg‘ulotlar olib borish, kurs ishlari tayyorlashda qo‘l keladi.

2.1 O`zbek qissachiligining tarixiy ildizlari
“Qissa” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, lug’aviy ma’nosiga ko‘ra, hikoyat, sarguzasht, u yoki bu shaxs hayoti - faoliyatining muayyan davrini bayon etishga qaratilgan bo‘ladi, u nafaqat o‘zbek, balki butun Yaqin hamda O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida ham keng tarqalgan janrlardandir. Shu bois adabiyotshunoslik terminlari lug’atlarida uning mohiyatini ifodalovchi quyidagi ikki tavsif beriladi: «Qissa... 1. Yaqin va O‘rta Sharqda keng tarqalgan folklor va yozma adabiyot asarlari 2. O‘zbek… prozasida keyingi o‘n yillar ichida hikoyadan katta, romandan kichik va aksariyat hollarda asosiy qahramon sarguzashtlari asosida yuzaga kelgan badiiy asarlar ham qissa deb yuritilmoqda. Bunday asarlar o‘z xarakteri, janr imkoniyatlari, badiiy-tasviriy prinsip va usullari jihatidan povest janri bilan bir xildir»1. Biz ham aynan mana shu tavsifdan kelib chiqib ishimizning konsepsiyasini belgilashda shu qarashni asos qilib oldik.
Demak, o‘zbek realistik qissalari adabiyotimiz uchun tamoman yangi, favqulodda janr bo‘lmay, uning tarixiy ildizlari chuqur bo‘lib, adabiy merosimizga borib taqaladi. Tadqiqotchilar mazkur janrni o‘rta asrda xalq ommasining madaniy hayotida, ayniqsa shahar atrofi aholisining ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda tutgan o‘rnini alohida ta’kidlab ko‘rsatgan edilar. Ular qissa janrining madaniy-ma’rifiy hayotdagi ulug’vor g’oyaviy-estetik ahamiyatini to‘g’ri ko‘rsatish barobarida ayrim terminologik mavhumliklarga aniqlik kiritdilar. Ularning ta’kidlashlaricha, ilmiy adabiyotlarda keng istifoda etiladigan “xalq kitoblari” termini janr jihatidan qissa janrining sinonimik atamasi hisoblanadi. «...Shaharlarda va shahar atrofidagi qishloqlarda xalq kitoblarini avom aholiga o‘qib beruvchi (qissaxon deb ataluvchi) professional kishilar bo‘lganlar»2, - deb yozadi V.Jirmunskiy va H.Zarifovlar. Ularning fikricha “xalq kitoblari” o‘ziga xosligi bilan «qissa» janriga to‘g’ri keladi. Shunga yaqin qarash boshqa bir ilmiy manbada ham alohida qayd etilgan. «... hozirgi kunda ilmiy adabiyotlarda keng qo‘llanilayotgan va adabiyotshunoslik terminlaridan biri sifatida qabul qilingan «xalq kitobi», «xalq romani» aslida o‘zbek adabiyoti tarixidagi ma’lum va mashhur qissalardir»3.
Bu qarashlar bizning oldimizga qissa janri bilan bog’liq ba’zi masalalarni aniqlash zaruriyatini keltirib chiqardi. Ya’ni «xalq kitoblari»ning qissa janri deb yuritilishi sababini aniqlash. Bizningcha, «xalq kitoblari» asar janriga emas, balki ularning «iste’mol» doirasiga tegishli. Shu bois V.M.Jirmuniskiy va H.T.Zarifovlar maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan qissaxonlar bo‘lganligini, ular asosan “shahar va shahar atrofidagi qishloqlarda” faoliyat ko‘rsatganliklarini alohida ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, xalq eposi – dostonlari, asosan, shahardan uzoq qishloq hamda ovullarda aytib kelingan. Savdo-sotiq va madaniy hayot rivojlangan feudal shaharlarda qissaxonlik keng rivojlangan. Bu xalq hayoti, uning turmush tarzidagi ehtiyoj bilan bog’liq hodisadir. «Xalq kitoblari» termini asosan Yevropada paydo bo‘lib, keyin rus va boshqa xalqlar adabiyotshunosligi, kitob chop etish bilan shug’ullanuvchi shaxslar faoliyati orqali bizning adabiyotshunosligimizga kirib kelgan. Ushbu termin tushunchasi faqat qissa janrini emas, balki o‘rta asrlarda yaratilgan novella, dostonlarni, xullas, rivoya janrining barchasini qamrab olgan. Biroq qayd etilgan epik asarlar nasrda yozilganligi sababli, ular qissa deb yuritilgan. Bu esa o‘rta asr xalq kitoblari tarkibiga kirgan, hozirda yaxlit holda «qissa» deb belgilanayotgan asarlarning janr xususiyatlarini tadqiq etish masalasi yetilganini ko‘rsatadi. Bu muammoning tadqiq etilishi o‘rta asrlar og’zaki va yozma adabiyotida qanday epik janrlar mavjudligi, ularning har biriga xos xususiyatlar nimalardan iboratligini aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, ana shu davrlar adabiy jarayonida hukm surgan janrlararo munosabatlar darajasi hamda miqyosi borasida muayyan tushuncha va to‘xtamga kelishga yordam beradi. Belgilangan masalani hal etish o‘rta asrlar o‘zbek adabiy jarayonida yuz bergan transformasion, diffuzion holatlar intensivligini nazariy jihatdan yoritishga ham ko‘mak beradi. Hal etish lozim bo‘lgan masalalarning yana biri, bu qissa janriga xos asosiy xususiyatlarni aniqlash va uning yetakchi qirralarini ko‘rsatishdir. Adabiyotshunoslikka oid ilmiy manbalarda qissaning janr xususiyatlari sifatida asar syujetidagi bosh qahramon sarguzashtlari va hajm jihatdan uning romandan kichikligi, hikoyadan kattaligi kabi mezon asos qilib olingan. Asar syujetining faqat bir qahramon faoliyatiga asoslanishi mazkur janrga xos yetakchi xususiyatdir. Shu o‘rinda mazkur masala yuzasidan izoh berishga to‘g’ri keladi. Bu - qissa syujeti asosida yakka qahramonning butun umri davomidagi sarguzashtlari emas, balki qahramon hayotining muayyan davriga oid voqealar yoritilishidir. Shu bois janr xususiyatlari haqida gap ketganda hajmning katta yoki kichikligini emas, balki voqealar qamrovi hamda rivojining romanga nisbatan yengilligi, hikoyaga nisbatan murakkabligini hisobga olish ma’quldir. Qissa janrining o‘rta asrlar og’zaki va yozma adabiyotida keng tarqalgani, faollashganligi diqqatni o‘ziga tortadi. Bunday holatning sabablari nimada, degan savol tug’iladi. Buning sababi quyidagilar bilan izohlanadi:
Birinchidan, qissadagi bosh qahramon hayoti voqelik bilan hamohang izchil, ya’ni ketma-ketlik prinsipi asosida tasvirlanishi. Voqyelikni bu tarzda tasvirlash qissaxon yoki qissanavis uchun juda qulay. Shu bois o‘rta asr qissanavislari, bir tomondan, o‘zbek xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotidagi mavjud epik asarlarni (asosan, dostonlarni) qissaga xos syujet qolipiga solishga harakat qilganlar. Ikkinchidan, Sharq xalqlari, xususan, fors-tojik adabiyotida keng tarqalgan mashhur syujetlarni qissa shaklida ijodiy o‘zlashtirganlar. Turli yig’inlarda qissaxonlar tomonidan o‘qilgan “Ibrohim Adham”, “Amiri Ahtam” hamda “Bobo Ravshan” qissalari xalq donishmandligini o‘zida aks ettirganligi bilan xalq o‘rtasida qadrlangan. XIII-XIV asr o‘zbek adabiyoti mundarijasidan o‘rin olgan Nosiruddin Burhonuddin o‘g’li Rabg’uziyning nomi, uning “Qissai Rabg’uziy” asari alohida e’tiborga loyiq. Professor Ergash Fozilov ushbu kitobning tili haqida: “...qissa tili bilan bugungi o‘zbek tili orasidagi salkam yetti asrlik vaqt o‘tganiga qaramasdan, bu asar hozirgi zamon o‘zbek tili ilk taraqqiyot davrining yodgorliklaridan biri sifatida qaralmog’i maqsadga muvofiqdir”, - deb yozgan edi. Bu - o‘zbek adabiyoti va madaniyatining tarixiy ildizlari uzoqqa borib taqalishidan dalolatdir. XVI asrda yashab ijod etgan Majlisiy asarlari ham adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin olgan. Hasanxoja Nisoriy o‘zining “Muzakkiri ahbob” tazkirasida Majlisiy haqida yetarli ma’lumot bergan. “Qissai Sayfulmuluk” shoirning eng yaxshi asari. Uning bosh qahramoni Sayfulmuluk - jasoratli, fidoyi inson.U o‘zining ezgu niyatlari yo‘lida barcha qiyinchiliklarni mardonavor yengadi va shoir oshiqlarning muhabbat yo‘lidagi kurashlarini mahorat bilan tasvirlashi, qissa qimmatini yanada oshirgan. Tojik adabiyotshunosi Yu.Salimovning qayd etishicha, O‘rta Osiyo xalqlarida, jumladan, o‘zbek va tojiklar nasrida X-XV asrlarda qissa va hikoyat janri yetakchilik qiladi. Shu sababli XVI- XIX asrlarda o‘zbek va tojik adabiyoti o‘rtasida o‘zaro munosabatlar rivoj topadi. Xuddi mana shu davrda «Abumuslimnoma», «Qahramon qotil», «Chor darvesh», «Shohnomai nasriy», «Malikai Dilorom», «Malikai Gulandom» kabi rivoyatlar nasriy qissa shaklida o‘zbek tiliga tarjima qilindi. XVI-XIX asrlarda qissa janrining keng tarqalishiga ijobiy yordam bergan omillardan yana biri bu- o‘quvchilar yoki tinglovchilar uchun qulay bo‘lgan qissaga xos bayon uslubining qo‘llanishi bo‘ldi. Darhaqiqat, o‘zaro feodal urushlardan charchagan, og’ir mehnat va iqtisodiy qiyinchiliklardan ezilgan mehnatkashlar uyiga qaytgach, uch-to‘rt kishi biror xonadonda to‘planib qissaxonlikda ishtirok etishgan, afsonaviy qahramonlarning adolat va xalq osoyishtaligi yo‘lida olib borgan janglari haqida qissalarni tinglab zavq olishgan. Bu xalqni kelajakka ishonch bilan qarashga undagan, ularda adolatning, bir kunmas - bir kun ozod va farovon hayotning qaror topishiga bo‘lgan ishonchni tarbiyalagan.
Bundan tashqari, o‘rta asr qissachiligida voqealar hamda asar qahramonlarining fantastik hamda mubolag’ali tasvirlanishi porloq kelajakka intiq ommani qissalarda ifodalangan afsonaviy idealga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda omil vazifasini o‘taydi. Qissalarning kishilar ongiga bo‘lgan ta’siri shu qadar kuchli bo‘lganki yarim hayotiy, yarim afsonaviy qahramonlar ular tasavvuridan real shaxs sifatida o‘rin olgan. Buning tasdig’i sifatida bir misolga murojaat qilamiz.
G’.G’ulom «Shum bola» povestida birinchi jahon urushi va inqilob arafalaridagi Toshkent shahar hayoti qissa qahramoni sarguzashtlari orqali tanishtiriladi.
Xalq qisalarida kishilarning hayotga munosabati, ijtimoiy turmush tarsi sodda,aniq tasvirlangan.imonli , sabrli qahramonlarni xalq sevib faxr bilan tilga olgan. Bu kabi asarlarda mashhur voqealar tasvirlanib, qahramon faoliyati ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan bog`liq holda yoritib borilgan.
Qissada odatda bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni o`ziga sos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissada hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq , xarakter hamda voqelik ko`lamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining ma`lum bir davri xronikali tarzda bayon qilinadi.
Qissa ijodkorda romantik tafakkurning shakllanishidagi pillapoya. Qissanavislar ertangi romannavislardir. Ushbu mezonlar asosida ,qissanavisning ijodiy kuchi asari orqali aniqlanadi.
G`ulom Karimiyning “Karvon” tarixiy-biografik qissasida Mahmud Koshg`ariy hayoti qalamga olinadi. Qissa tarixiylik talablariga to`la javob beradi. makon va zamon masalasi tarixiy mantiq asosida hal etilgan. “Devonu lug`otit-turk” da mavjud qo`shiq , maqollardan qahramonlar nutqini , xarakterini yaratishda unumli foydalanilgan. Psixologik tasvirlar tarixiylikni badiiylikka olib o`tgan. Qahramonlar nutqidagi so`zga tejamkorlik ifoda maromini yuzga keltirgan. “Devonu lug`otit-turk”dan olingan maqollar mazmuni havola qilingan.



Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish