Kiris h kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Istiqlol davri o`zbek qissachiligidagi o`zgarishlar



Download 55,7 Kb.
bet5/7
Sana17.07.2022
Hajmi55,7 Kb.
#813395
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu

2.3. Istiqlol davri o`zbek qissachiligidagi o`zgarishlar
Istiqlol arafasida yozilgan qator qissalarda inson kechinmalari va o‘y-fikrlari o‘ziga xos “quyqa” sifatida bo‘y ko‘rsatdi. Bu qissalar zamonaviy milliy realistik nasrimizning yetakchi janr ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qoldi. 80-90 – yillarning eng yaxshi qissalarida hayotiy hodisalar qamrovi kengaydi, konfliktning chuqurlashuvi, shaxs muammosiga, uning jamiyat bilan o‘zaro munosabatiga qiziqish, ma’naviy-ruhiy tahlilga moyillik kuchaydi. Bu tendensiya qissa janrining barcha ko‘rinishlarida namoyon bo‘ldi, desak xato hisoblanmaydi.
“XX asr oxiri –XXI asr boshlaridagi bosqichda yangi o`zbek adabiyoti shakllanayotganini ko`rsatuvchi bir qator asarlar paydo bo`ldi. Ularda ko`tarib chiqilayotgan muammolar , yoritilayotgan masalalar, aks ettirilayotgan qahramonlar sajiyasidagi yangiliklardan tashqari , eng asosiysi ,ruhiy tahlilning yangicha badiiy vositalari kitobxonlar e`tiborini jalb etdi. Adabiyotimizda tamoyil darajasiga ko`tarilib borayotgan mazkur yangilikning yana bir xususiyati shundaki, bu asarlarda asosan, o`zbekning dardi, o`zbekona xarakter tasviri bilan bir qatorda , so`nggi bosqich jahon adabiyotida badiiy jihatdan ro`y berayotgan yangi evrilishlarga hamohangligi insoniyatni to`lqinlantirayotgan dolzarb muammolarga esh ekanligi bilan ahamiyatlidir”10
Bu davr o‘zbek yozuvchilarining qissalarini zamonaviy hayotga monand yangi qahramonni topish masalasi birlashtirib turadi. Qahramonning yangi konsepsiyasi faol ravishda o‘zligini, o‘z mavqyeini aniqlab olishga intilayotgan, sho‘ro zamonining sarqit va taassublariga qarshi kurasha oladigan ruhan kuchli xarakterni nazarda tutardi. Shuningdek, o‘zbek qissachiligi uchun xos bo‘lgan umumiy jihat badiiy konfliktning kengayganligi bilan izohlanadi: yozuvchilar diqqat-e’tiborini qahramonning faqat ijtimoiy mohiyati emas, balki kundalik hayotda uchraydigan oddiy hodisalar ham jalb eta boshladiki, ular vositasida badiiy asarlarda muhim ijtimoiy, falsafiy, ma’naviy-ruhiy muammolar tahlil qilina boshlandi.
“Shunday voqealar, shunday hodisalar borki... drama yozishga yetmaydi, roman bo‘lolmaydi, biroq shunchalar chuqurki, asrlar mobaynida yashab bo‘lmaydigan umrlarni ko‘z ochib yumguncha o‘tgan vaqt ichida bir yerga to‘playdi: qissa ularni tutib oladi va o‘zining zich, tirband doirasiga jamlaydi” (V.G.Belinskiy). Qissa janrining nomlanishi “qissago‘ylik qilmoq” fe’lidan, ya’ni qandaydir voqea-hodisa haqida aytib berishdan kelib chiqqan. O‘z vaqtida Belinskiy, qissani, “boblarga bo‘lingan... roman” deb atadi. Keyinchalik, adabiyotshunoslar qissani o‘rta hajmdagi epik nasriy asar deb atab, mazkur ta’rifni yanada soddalashtirdilar.
Qissa – bu endi hikoya emas. Nasrning boshqa janrlaridan qissa, ko‘proq, ma’no-mazmuni bilan farq qiladi: u roman masshtablarida fikr yuritmaydi, kitobxonlar ko‘z o‘ngida bir nechta davrlarni qamrab oladigan butun bir tarixiy polotnoni gavdalantirmaydi, biroq syujetni birgina epizod bilan chegaralab ham qo‘ymaydi, balki personajlar xarakterini qahramon hayotini o‘zgartirib yuboradigan bir nechta voqealar silsilasida ochib beradi. Boz ustiga, qissa muallifning asosiy g’oyasini ochiq-oydin va yaqqolroq ifodalashi mumkin. Zero, yozuvchilar inja fikrlarni har tomonga yoyib-sochishdan ko‘ra, diqqat-e’tiborni ko‘proq yagona hikoya yo‘siniga qaratishni afzalroq biladilar.
“Istiqlol yillarida Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O`kir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev, Omon Muxtor, Tohir Malik kabi katta avlod vakillari bilan bir qatorda Murod Muhammad Do`st, Xurshid Do`stmuhammad, Erkin A`zam, Tog`ay Murod, Shoyim Bo`tayev, Normurod Norqobilov, Nazar Eshonqul, Ulug`bek Hamdam, Isajon Sulton kabi yozuvchilar yaratgan va yaratayotgan asarlarida davr ruhi va zamondosh obrazining ijtimoiy- ma`naviy olamini ochishga e`tibor qaratildi.”11
Asosini psixologizm tashkil qiladigan adabiyot – qiyshiq ko‘zgular saltanatidir. Ulardagi akslar esa reallikka mengzab ketadi. Ayni paytda, T. Murod, M.M. Do‘st, X. Sulton kabi yozuvchilarning inson ichki olamini ifodalashdagi yangicha usullari, asosan, emosionallik, irrasionallik, xudojo‘ylik, andishalilik, neagentivlik kabi o‘zbek xarakterining o‘ziga xos noyob xususiyatlarini ochishga qaratilganligi bilan muhimdir. Neagentivlik – odamlarning shaxsiy hayoti o‘zlarining izmida emasligi, turmush hodisalarini nazorat qilishning cheklanganligi; kishilarning taqdirga ishonuvchanligi (fatalizmga moyilligi), yuvosh va itoatkorligi; individning maqsad sari intilishga va hodisalarning “nazoratchisi” bo‘lishga urinishidagi bo‘shangligidir. Shuning uchun ham “Ot kishnagan oqshom”, “Iste’fo”, “Yozning yolg’iz yodgori” kabi qissalarni o‘qiganimizda yozuvchilar oddiy o‘zbekning suyak-suyagiga singib ketgan bunday alomat sifatlarni ochib tashlashga – ulardagi qahramonlarning nima uchun shunday xislat va illatlardan xoli emasligini, xoli bo‘lolmasligini ifodalashga uringanliklari sababini anglab yetgandek bo‘lamiz.
Keyingi yillar o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida, ayniqsa, unda qissa janrining yuksalishida Tog’ay Murodning xizmati katta bo‘ldi. Uning har bir asari badiiy go‘zalligi bilan kitobxonni maftun qiladigan, syujet va kompozisiyasining pishiqligi bilan hayratlantiradigan, tilining oddiyligi, samimiyligi bilan o‘ziga esh qilib oladigan ijod namunalariga aylandi.
Tasvirning ixcham-ixcham iboralardan tashkil topganligi o‘quvchini matnda uchraydigan takrorlardan bezdirmaydi. Aksincha, takror personajlar yo‘rig’ini, tutumini, ahvol-ruhiyatini ochib yuboradigan mazmun kasb etadi. Natijada, asar tanasidagi birorta so‘zning ortiqchaligi sezilmaydi. Masalan, “Ot kishnagan oqshom” qissasida shunday epizod bor: aholidan otlarni go‘shtga terib yurgan Kal kattaga bo‘ysunmagan Ziyodullaning ishi milisiyaga tushadi. Rayon milisiyasi eshigi oldida qornidan musht yeb, bir muddat hushdan ketadi. Shundan keyin uni boshliqning oldiga kiritishadi. Ziyodulla bor gapni qo‘shib-chatmay so‘zlab beradi, ya’ni Kal kattani urmaganligini, aksincha, u Ziyodullani uraman deb, supadan chuqurga yiqilganini, eshik oldida esa nohaq qornidan musht yeganini aytadi. Ammo uning birorta gapiga ishonishmaydi. To‘rdagi katta Ziyodullani urgan melisaning “sof leytenantlik so‘zi” hamda Kal kattaning “biz rahbarlarga ishonasizmi, yo, mana shunga o‘xshagan podachiga” degan gapi bilan shunday deydi: “Biz urmaymiz! Sovet milisiyasi urmaydi!..” Yozuvchi bu holatni ortiqcha tafsilotlar bilan izohlab o‘tirmaydi. Birgina “Biz urmaymiz! Sovet milisiyasi urmaydi!..” iborasi bilan davrning ayanchli manzarasini, Ziyodullaning ruhiyatini, yana qancha aytilmagan mazmunni ifodalaydi. Adib tasvirlamasa ham, kitobxon Ziyodullaning rosa o‘n kunga badbo‘y hujraga mahkum etilganini, oddiy odamning haq-huquqi “kattalar” uchun arzimas narsa bo‘lganligini anglab yetadi.
Odamning katta-kichigi bo‘lmasligi, hammasi odamligi, inson – eng ulug’ zot ekanligi g’oyasi qissa matniga bot-bot singdirilgan. Asardagi befarzand, haqir kampir – Dono momoning dafn marosimini olaylik. Unda o‘zbekning azaliy udumi – kim bo‘lishidan qat’iy nazar, marhumni oxirgi manzilga ko‘pchilik bo‘lib, “rahmatli, yaxshi odam edi” deb qo‘yib kelish odatiga ishora qilinadi. Janozadan keyin uyida azali kayfiyatda o‘tirgan Ziyodullaning oldiga radiomuxbir Rixsiyev kirib keladi. “Maktabga darsga ketayotgan edim, kimdir, birov o‘libdi, dedi. E’tibor bermabman” - deydi u. O‘zaro suhbat chog’ida Ziyodullaning odam zotiga, birodarlariga mehribonchiligi ochilgani sayin Rixsiyevning g’irt be’maniligi, betakallufligi, ezmaligi ayon bo‘ladi. Yozuvchi ularni atayin shu holga solmaydi. Personajlar o‘zlarini-o‘zlari, so‘zda fosh etishadi: “Rixsiyev gapimni og’zi bilan eshitdi.
- Ha, endi, bir kampir ekan-da. Bor-yo‘g’i qorovul! – dedi. – Xalqaro ahamiyatga, aqalli mahalliy ahamiyatga molik shaxs bo‘lsa ekan, bilagimizga qora lenta taqib faxriy qorovullikda tursak! Motam tutsak, nutq so‘zlasak!
- Rixsiyev aka, odamning katta-kichigi bo‘lma ydi. Bariyam odam. Bir odam yaxshimi-yomonmi bir umr yashadi. Qo‘lidan kelgancha tirikchilik qilib, o‘zini odam sanab yurdi. Biz bilan betma-bet bo‘ldi, yelkama-yelka bo‘ldi, davrma-davr bo‘ldi. Endi qaytmas bo‘lib ketayapti. Odam qaytmas bo‘lib ketayotganda bormagan odam odammi... Rixsiyev gapimni og’zi bilan eshitdi” .
Bu yerda “bilagimizga qora lenta taqib faxriy qorovullikda tursak” iborasi shunchalik o‘rinli qo‘llanilganki, unda Rixsiyevning “ziyosiz ziyoliligi”, loqaydligi, esnab eshitganligi uchun hamsuhbatining gapini umuman tushunmaganligi, bir narsa deyish kerakligi uchun, yo‘liga gapirib qo‘yganligi, qisqasi – taviyaligi ochilib qoladi. Xuddi shu yerda hikoyani roviy boshqarib borayotgani sezilib turadi. Roviy obrazi muallifning estetik qarashlarini, olam va odam haqidagi konsepsiyasini ifodalaydi.
Tog’ay Murod asarlari uchun xos bo‘lgan yana bir xususiyat voqeaning dabdurustdan tugundan boshlanib ketishidir. Bu xususiyat birdan kitobxon diqqatini asarga jalb qilishi, go‘yo uni sehrlashi va oxirigacha qo‘yib yubormasligi haqida adabiyotshunos A. Rasulov o‘rinli fikr bildirgan: “...yozuvchi birinchi jumlani qog’ozga tushirishga uzoq tayyorgarlik ko‘radi. Birinchi jumla – uslubning yarq etib ko‘rinishi, yozuvchi kayfiyati; kitobxonni sinab ko‘rish; ijodkor va kitobxon ko‘zining ko‘ziga tushishi...”dir. Darhaqiqat, “Ot kishnagan oqshom”ning – “Birodarlar, ko‘rgilik, ko‘rgilik! Bir erta uyg’onib, kallamga qo‘l yugurtirdim. Sochlarim orasida yara-chaqalar uch berdi”, deya boshlanuvchi birinchi jumlalarini o‘qigan kitobxon hayron bo‘lishi, biroz esankirashi ham, tabiiy. Birozdan keyin esa “Nima ko‘rgilik ekan?” degan savol “endi nima bo‘larkan?” degan boshqa bir savol bilan o‘rin almashadi va kitobxonni asarga “sho‘ng’ish”ga, qahramon qismatiga xayrixohlikka chorlaydi. Tog’ay Murod uslubidagi bu fazilat mashhur yozuvchimiz Abdulla Qahhor ta’sirida sayqal topgandek tuyuladi. Chindan ham, Abdulla Qahhorning hikoyalarini olasizmi, qissa yo romanlarini olasizmi, asar boshidanoq kitobxonni konfliktning urug’i bilan tanishtirish, his-hayajonga esh qilib sirlar dunyosiga chorlash mahorati san’at darajasiga ko‘tarilganini ko‘ramiz. Masalan: “Nisobuvi eri o‘lib, ikkita yosh bolasi bilan qoldi” (“Boshsiz odam” hikoyasi), “Ot munkib ketib o‘mgagi bilan shag’alga qadaldi-da, ag’anab, bir necha minutning ichida o‘la qoldi” (“Maston” hikoyasi), “Kampir tong qorong’usida turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q...” (“O‘g’ri” hikoyasi). Yoki “Sarob” romanining “Qiz eshik oldiga yuragi betlamayroq keldi”, deb boshlangan ilk iborasiyoq kitobxonda “Qiz kim? Qaysi eshikka? Yuragi nega betlamaydi?” kabi bir talay savollarni tug’diradi va ularga javob topish uchun mutolaaga astoydil kirishishga undaydi.
Inson ruhiyatini ochishda san’atkor mahoratining, mas’uliyatining o‘rni to‘g’risida Abdulla Qahhorning o‘zi shunday yozgan edi: “Psixologizm – kishilarning ichki dunyosiga, ularning latif-zarif tomonlari va go‘zalligiga yaxshi e’tibor qilish to‘g’risida jiddiy o‘ylab ko‘rish fursati yetdi. Bu yozuvchilik mahoratining eng muhim jihatidir”.
Tog’ay Murod psixopoetikasining ajralib turadigan o‘ziga xosligi qahramonning avvalboshdanoq ekzistensial kayfiyatda ekanligida ko‘rinadi. Qahramon hayoti davomida ko‘rgan-kechirganlaridan xulosa chiqara-chiqara, odamlardan “begonalashib” boradi. Asrlar mobaynida yechimini topmagan masalalardan charchagan paytlari “o‘ziga qamalib olgisi” keladi. Xuddi shu yerda tasvirlanayotgan barcha voqea-hodisalar ruhiylashadi va ruhiy tahlil foydasiga ishlaydi. Personajlar ichki dunyosi ziddiyatlar, tangliklar, azob-og’riqlardan iborat ruhiy holatlar, og’ir kechinmalar orqali tasvirlanadi. Shu orqali qahramonlar g’oyaviy-ma’naviy izlanishlarining intensivligi va inson tabiati bitmas-tuganmas sinoatlar makoni ekanligi ochiladi.
Ushbu kurs ishi G’afur G’ulom, Xurshid Do`stmuhammad qissalarini davr va shaxs talqini muammosini milliy istiqlol mafkurasi talablari asosida o‘rganishga bag’ishlangani bilan ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Uning natijalari kelgusida amalga oshiriladigan izlanishlar uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. ning nazariy xulosalaridan oliy o‘quv yurtlari va akademik litsey hamda kollejlar, o‘rta umumta’lim maktablari uchun G’afur G’ulom qissalari bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar yaratishda, uslubiy tavsiyanomalar tuzishda, talabalarga maxsus kurslar o‘qitishda foydalanish mumkin. XX asrda inson juda ko‘p voqealarni, evrilishlarni boshidan o‘tkazdi, ozmas-ko‘pmas naq uchta ijtimoiy tuzumni ko‘rdi va bularning bari adabiyotimizda qaysidir ma’noda aks etdi. Ispan faylasufi va esteti Ortega-I Gasset ta’biri bilan aytganda „ko‘z qorachig‘ini ichkariga qaratdi“ va o‘z ko‘ngil dunyosining kashfiga berildi. Masala mohiyatini teranroq anglash uchun nazarimda ishni avvalo, ijodkor va davr munosabatiga to‘xtalishdan, ularning o‘zaro bir-biriga ta’siri darajalarini tarixiy-ilmiy-nazariy jihatdan aniqlamoqdan boshlash kerak.
XX asrning oxiri, XXI asrning boshlarida adabiyot olamida jiddiyo‘zgarishlar bo‘y ko‘rsata boshlandi. Bu evrilishlarni o‘ziga xos tarzda badiiy jihatdan yangilashga urinayotgan adiblarning ijodi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Jumladan, Xurshid Do‘stmuhammadning “Qissa“ to`plamidagi xilma-xil mavzudagi qissalar mazmun va shakl jihatdan adabiyotimizda yangilik bo‘ldi. Unda inson ruhiyatining, botiniy olami, kayfiyati turli xil rakurslarda qalamga olinadi. Ayniqsa, shaxs ruhiyatini tasvirlash X.Do‘stmuhammad shaxsiyatiga, uslubiga xosdir. Yozuvchi masalani birdaniga olib chiqmaydi, har bir g‘oyani mustaqil ravishda boshqarib turadi. Jumladan, „So`roq“ ,”Yolg`iz”, “Kuza” qissalarida bular o‘zgacha tarzda ifodalangan

Badiiy asarni o`rganish vositasida muayyan millat adabiyoti, tarixi, madaniyati haqida chuqur tasavvur paydo buladi. Shuningdek, insonni haqiqat va adolat hissi ruhida tarbiyalashda ham badiiy adabiyotning roli katta. Shunday ekan yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda undan foydalanish samaralidir. Shuning uchun ham Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov: "Adabiyot, soʻz sanʼati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi boʻlib keladi"12, - deya taʼkidlaydi. Bugun Istiqlol mafkurasi jamiyatimizning har bir sohasida aks etmoqda. Chunonchi, sanʼat va adabiyot masalalariga alohida ahamiyat berilishi ijodkorlarni yanada ruhlantirmoqda. Hozirgi adabiy jarayonni kuzatish, badiiy asarga falsafiy estetik mezonlar asosida yondashish o`quv, did, yuksak malakani talab etadi. Mazkur kurs ishida nasrning qissa janrini yahlit bir tizim sifatida oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratildi. Qissalar badiiyati haqida aniq tasavvur paydo bo`lishi uchun qissaning poetik oʻziga xosligi, tasvir ko`lami, janriy tarkibi borasida mulohazalar bildirildi.



Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish