Nazorat savollari:
1. Assotsiatsiyali montaj nima va uning imkoniyatlari qanday?
2.
Assotsiatsiyali
montajdan
qanday
filmlarda
ko‘proq
foydalaniladi?
3. Assotsiatsiyali montajga misol bo‘la oladigan voqeani aytib
bering.
36
istiora – adabiyotda va ekran san’atlarida biror narsani boshqa biror narsaga
o‘xshatish orqali ta’riflash. Masalan: qiz labini – atirgul g‘unchasiga va h.k.
181
2.4. Mavzuli montaj
Adabiyotda bunday termin yo‘q. Lekin shunga o‘xshash
usul mavjud. Keling, eski qizg‘in qo‘shiqni eslaylik.
Biz uzoq yurtlarga ketib boryapmiz,
Qadrdon qo‘shnilar va quvnoq do‘stlar.
Yaxshi yashayapmiz, qo‘shiq kuylaymiz,
Qo‘shiqda hayotni jo‘shib kuylaymiz.
Tra-ta-ta, tra-ta-ta, tra-ta-ta-ta-ta,
Tra-ta-ta, tra-ta-ta, tra-ta-ta-ta-ta.
O‘zimiz bilan bizlar mushukni oldik,
Urishqoq Petka-yu, maymun-u qushni,
Itni ham olvoldik va yana Sa’va,
Shunaqa g‘aroyib bizning jamoa!
Tra-ta-ta, tra-ta-ta, tra-ta-ta-ta-ta,
Tra-ta-ta, tra-ta-ta, tra-ta-ta-ta-ta.
Biz oldimizda oddiygina she’riy matn bor va unda
qandaydir odamlar qo‘shiq aytib oltita hayvonni ko‘tarib
qayoqqadir ketayotganliklari bayon etilgan. Safarga kamida
sakkiz kishi yo‘l olgan, chunki “biz” – kamida ikki kishi
bo‘ladi. Ularning barchasi bir maqsad bilan – uzoq yurtlarga
borish uchun yo‘lga otlanishgan. Qo‘shiqda do‘stlik ularni bitta
jamoaga birlashtirganligi, so‘ngra bu guruhda bo‘lganlar birma-
bir sanab chiqiladi.
Agar biz bu qo‘shiq asosida film yaratishga qaror qilsak, u
holda qo‘shiqning naqorat joyi mavzuli montajdan tuzilgan
bo‘lar edi. Biz qahramonlar soniga mos kadrlarni tasvirga olgan
bo‘lar edik. Ekrandagi kadrlarga qarab va shu bilan birga,
qahramonlarning bir xil tezlikda va bitta avtomobilda
ketayotganliklarini ko‘rgan tomoshabin ularning bir xil
182
yo‘nalishda manzillari tomon ketayotganligini fahmlashardi. Bu
esa montajning asosiy ob’ekt harakat yo‘nalishi va asosiy
ob’ektning harakat tezligi bo‘yicha montaj tamoyillari
talablarining bajarilganligini anglatardi. Aynan shu talablarning
bajarilganligi tomoshabinlarni film qahramonlarining barchasi
birgalikda ketayotganliklariga ishontirgan bo‘lardi.
Mavzuli montaj uslubi deganda 4 ta va undan ortiq
kadrlarni yagona bir mavzu doirasida birlashtirish tushuniladi.
Kadrlarning soni muallifning qanday mavzuni tanlaganiga va
uni qay tartibda yoritib berishni maqsad qilib olganligiga
bog‘liq bo‘ladi. Ularning soni 5 ta, 10 ta, 15 ta yoki undan ham
ko‘p bo‘lishi mumkin.
Shunisi diqqatga sazovorki, mavzuli montaj uslubida
filmlar
yaratishda
kadrlarning
qanday
vaqtda
tasvirga
olinganligi, kim tomonidan va qanday usullardan foydalanib
tasvirga olinganligining zarracha ahamiyati yo‘q. Rejissyor
huddi turli rangli toshlardan munchoq yasovchi zargar kabi turli
usullarda tasvirga olingan lekin mazmun jixatdan yagona
mavzuda oid kadrlardan bir butun film yaratadi. To‘g‘ri, olingan
kadrlarning sifati, ularning formati, texnik ko‘rsatkichlari bir-
biriga yaqin bo‘lishi lozim, lekin ba’zi filmlarda bu talablarning
ham ahamiyati qolmaydi.
Ba’zan montajning bu usulida butun boshli filmlar
yaratiladi. Lekin, odatda bu usulda filmlar yaratishda faqatgina
olingan kadrlarning mavzu jihatdan birligi yetarli emas. Har
doim bir mavzudagi kadrlar ketma-ketligiga o‘zgacha kayfiyat
beruvchi, unga mazmundorlik baxsh etuvchi qandaydir
elementlarga ehtiyoj tug‘iladi. Xujjatli filmlarda, ijtimoiy
roliklarda, kinoetyudlarda ko‘pincha shu usuldan foydalaniladi.
Misol uchun, rejissyor zavod qurilishida ishchilar qanday
g‘ayrat bilan ishlayotganliklarini ko‘rsatishni maqsad qilib oldi.
U avvalo operator bilan “Ish avjida” degan ana shu mavzuga oid
183
kadrlarni tasvirga olishni boshlaydi: ishchi toshli yerga kirkani
zarb bilan urdi, g‘isht teruvchi usta g‘isht termoqda, duradgor
bolta bilan yog‘ochni chopyapti, ishchi yer qazimoqda,
elektromontyor
kabellarni
simyog‘ochga ulamoqda, ish
boshqaruvchi ishchiga chizmani tushuntirmoqda, samosval
kuzovidan shag‘al to‘kilmoqda, kran suyuq beton solingan katta
chelakni shundoqqina kamera ustiga olib keladi, buldozer qumni
yuklamoqda, hamma yoqqa chang ko‘tarilgan va hokazo.
Operator albatta kadrlarni tasvirga olishda eng yaxshi
nuqtalardan, rakurslardan ma’lum ijodiy yondashuv bilan
tasvirga tushiradi. Kadrlar asosan o‘rta va yirik planlarda, ish
qurollari, inson qo‘llari, gavdasining harakati iloji boricha
ekranning katta maydonini egallaydigan qilib tasvirga olinadi.
Rejissyor ham montaj qilishda harakatlarning eng faol va yorqin
ifodalangan lahzalarni tanlaydi. Lekin bunday usulda montaj
qilishda odatda bir xil yo‘nalishdagi yoki bir-biriga yo‘nalish
jihatdan yaqinroq bo‘lgan harakatlar, hatto birinchi kadrdagi
harakatni ikkinchisi davom ettirayotgandek taassurot beruvchi
harakatlar aks etgan kadrlarni o‘zaro montaj qilish yaxshi
samara beradi.
Buni so‘zlar bilan tushuntirish bir oz mushkul, yaxshisi
buni ko‘rish va sinab ko‘rish kerak.
Olingan kadrlarni rejissyor dinamik va g‘ayratli musiqa
bilan montaj qiladi va natijada, tomoshabinda qurilishda rostdan
ham “ish avjida” ekan degan umumiy tasavvur hosil bo‘ladi.
Kinematografchilar
jargonida
bu
uslubni
ba’zan
kadrlarning qisqa muddatlarda tez-tez o‘zgarib turganligi uchun
“bobsley” deb ham atashadi. Bobsley bu – bir necha o‘rinli
boshqariladigan
sport
chanasida
o‘tkaziladigan
sport
musobaqasidir. Bunday chanalar 2 va 4 o‘rinli bo‘lib, ularning
tezligi
ba’zida 135-150 km/soatgacha yetadi. Bunday
musobaqalarni televidenie orqali translyatsiya qilish jarayonida
184
chanalarning juda tez harakatlanishi tufayli translyatsiya
rejissyorlari efirga uzatilayotgan kadrlarni har soniyada
almashtirib turishadi. Bu jargon so‘z aynan shu musobaqalarni
efirga uzatuvchi rejissyorlar va operatorlar orasida birinchi
bo‘lib tarqalgan bo‘lsa ajab emas.
Mavzuli montajga yana bir misol qilib “sanash usuli”ni
keltirishimiz mumkin.
Misol uchun: “Bugun, Chukchalar va Belarussiyaliklar,
Hitoyliklar va Avstraliya aborigenlari, amerikaliklar va arablar,
yahudiylar
va
yaponiyaliklar
asr
uchrashuvi
– jahon
chempionatining final bahsini tomosha qilmoqdalar”. Albatta bu
matnga mos ravishda televizorlari oldida qiziqarli sport o‘yinini
kuzatib o‘tirgan turli millatga mansub futbol muxlislari ketma-
ketlik bilan har xil rakursli kadrlarda ko‘rsatiladi. Bunda har bir
millat vakillarining tashqi ko‘rinishlari, liboslari, futbol
ko‘rayotgan sharoitlari bir-biridan tubdan farq qilishi kerak.
Xuddi shunday usuldan filmlarning treylerlarida
37
va televizion
anonslarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |