Nazorat savollari:
1. Tahliliy montaj nima va uning imkoniyatlari qanday?
2. Tahliliy montajdan qanday filmlarda ko‘proq foydalaniladi?
3. Tahliliy montajga misol aytib bering.
2.6 Nazmiy montaj
Nazmiy montajni “poetik montaj” deb ham yuritiladi.
“Poetika” so‘zi esa yunoncha poetois – she’riyat, nazm so‘zidan
olingan bo‘lib, montaj san’atida u obrazlar, istioralar,
mubolag‘a san’ati orqali, ekranda tasviriy nazmiy atmosfera va
obraz yaratish orqali kadr, epizod va butun film mazmun-
mohiyatini ochib berishni nazarda tutadi va she’riyatda
qo‘llaniladigan tasviriy ifoda uslublaridan foydalanadi.
Kino san’ati yoki televideniega bag‘ishlangan ayrim kitob
yoki darsliklarda bu atamani uchratish mumkin. Lekin, bir
tomondan nazmiy montajga aniq va tugal ta’rif berish mushkul.
Hissiyotlar va fikrni nazmiy uslubda ifoda etish uslubi
(ekran san’ati ham fikrni bayon etishning o‘ziga hos bir
shaklidir) – doimo muallifning biror narsa haqida ko‘tarinkilik
bilan, assotsiatsiya uyg‘otish va boshqa taqqoslash usullaridan
foydalanish orqali hikoya qilishini, tomoshabinga materialni
bayon etishda uning ta’sir kuchini yanada orttirishga intilishini
nazarda tutadi.
Agar adabiyotda qandaydir hodisa yoki his-tuyg‘ularni
shoirona tasvirlab berish mumkin bo‘lsa, nega endi bu ishni
ekranda ham qilish mumkin emas? Mumkin! Bunga keragidan
ortiqroq bir talay yorqin misollarni topish mumkin. Yana
ovozsiz kinokartinalarga murojaat qilishimizga to‘g‘ri keladi.
190
Venger tadqiqotchisi va kino nazariyotchisi B.Balash
nazmiy montajga misol sifatida rejissyor S.Eyzenshteynning
mashhur “Potyomkin” bronenosesi” filmdagi bir epizodni
keltiradi. Bu epizodda bronenoses so‘nggi jang tomon yo‘l oladi
va rejissyor bu paytda shiddat bilan ishlayotgan kema
motorining mexanizmlarini va jangga shay bo‘lib turgan matro-
slarning yirik planlarni birin-ketin ko‘rsatgan, ya’ni montaj
qilgan. Kema jamoasining harakatlari, matroslarning qat’iyati,
yuzlarda aks etgan asabiylik va krivoship
38
, shtok
39
larning aniq
va keskin harakati... Tomoshabinlar ongida esa bu tasvirlar
o‘rtasida o‘ziga hos assotsiatsiya yuzaga keladi. Kema va jasur
matroslar jiddiy jang oldidan huddi yagona qudrat sifatida bir-
biri bilan qorishib ketgandek go‘yo. Ular bir-birlari bilan
yagona ritm va yagona ruhda harakat qilishadi.
Ko‘pchilik kino bilimdonlari nazmiy montaj haqida gap
ketganda
boshqa
bir
kinoasardan,
rejissyor
Vsevolod
Pudovkinning “Ona” (“Mat”) filmidan olingan epizodni misol
sifatida keltirishadi. Rus kino maktabiga mansub bo‘lgan
klassik kinoasarda navbatma-navbat ko‘rsatilgan: ko‘chalarga
bosh ko‘tarib chiqqan ishchilarning norozilik namoyishlari
kadrlari; tabiat erta bahorda uyg‘onmoqda; ishchilar yurib
kelishmoqda; qor erimoqda; bino burchagidan yana bir guruh
ishchilar chiqa boshlashdi; quyosh nurlarida jilvalanib jilg‘a
suvlari oqmoqda. Ishchilarning guruhlari birlashib katta kuchni
hosil qilishdi. Jilg‘a suvlari ham qo‘shilib katta oqim paydo
bo‘ldi.
Film mashxur metafora bilan yakuniga yetadi – inqilobiy
harakatning qudratli kuchini o‘zida mujassam etgan, o‘z
yo‘lidagi barcha eskilik sarqiti bo‘lgan narsalarni qo‘porib
tashlayotgan “Potyomkin” muzyorar kemasi. V.Pudovkinning
38
krivoship – to‘g‘ri chiziqli harakatni aylanma harakatga aylantiradigan mexanizmlarning
zet “z”-simon qismi.
39
shtok – dvigateldagi porshen bilan polzunni biriktiruvchi detal.
191
talqini shunday bo‘lgan edi va u bu ishni qoyilmaqom tarzda
uddalagan.
Haqiqiy hujjatli kino ustasi I.Ivens urushdan keyingi
yillarda “Sena Parijni kutib oladi” (“Sena vstrechaet Parij”) deb
nomlangan filmni yaratdi. Bu hujjatli kinokartinada metafora va
assotsiatsiyalar yo‘q, biroq har bir kadr o‘z holicha go‘zal va
nazmiylik kasb etgan. Xikoya go‘yoki Sena daryosi bir joyda
turibdiyu, uning oldidan Parijning o‘zi suzib o‘tayotgandek
tamoyil bo‘yicha yaratilgan. Mazkur ovozsiz filmga “nazmiylik
muhiti” kadrlarning ma’no-mohiyati orqali kirib keladi. Bu
personajlarning hatti-harakatlarida, kadrlar kompozitsiyalarida,
muallifning insonlarga nisbatan muhabbatida aks etadi.
Muallifning butun filmni to‘ldirib yuborgan iliqligi va lirizmini
oddiy so‘zlar bilan tasvirlab berishning imkoni yo‘q. Biroq ular
har bir yangi kadrning namoyishi paytida ekrandan zalga
“sochiladi”.
Nazmiy montaj - bu doimo obrazlarning maxsus mualliflik
tanlovi bo‘lib qoladi. Huddi she’r yozish iste’dodi har kimga
ham berilavermagani kabi, ekran san’atida filmning tasviriy
yechimini nazmiy asar darajasiga olib chiqish ham hammaning
qo‘lidan kelavermaydi. Buyuk fransuz rejissyori Klod
Lelyushning “Erkak va Ayol” filmidagi qator sahnalar, masalan,
shak-shubhasiz, nazmga boy tasviriy muhit kasb etadi.
Ko‘pincha, ekranda nazmiy tasviriy muhit yaratish uchun ekran
san’atining barcha tasviriy ifoda vositalaridan foydalaniladi:
o‘ziga hos dramaturgiya, aktyor ijrosining o‘zgacha uslubi,
sahna ruhiyatiga mos musiqa, epizod kayfiyatini ochib
beruvchi maxsus tabiat hodisalari va manzaralarini tanlash va
h.k.. Bu vaziyatda film tasviriy muhiti montaji ham o‘zgacha
uslubga ega bo‘ladi. Bunga fransuz rejissyori Rene. Klerning
“Parij tomlari ostida” filmi yorqin isbot bo‘la oladi. Poeziya –
bu muallifning o‘ziga hos ruhiy holati bo‘lib, u musiqada ham,
192
rangtasvirda ham, arxitekturada ham, kinoda ham, televidenieda
ham aks etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |