2.1. Izchil montaj va parallel montaj
Izchil montaj
Montajning bu turi eng sodda va eng ko‘p tarqalganidir.
Televizion ko‘rsatuv yoki filmning mazmuni va voqeasi
tomoshabin uchun harakat va vaqt jihatdan hech qanday
uzilishlarsiz bir tekisda rivojlanib boruvchi montaj usuli
davomli yoki izchil montaj deb ataladi.
Bu ta’rif ekran ijodining barcha turlari, janrlariga hox u
badiiy film, xujjatli film, televizion ko‘rsatuv yoki o‘quv filmi
bo‘lsin birdek daxldor.
Yashil eman dengiz bo‘yida;
Oltin zanjir eman bo‘ynida;
Olim mushuk kecha va kunduz
Zanjir bo‘ylab yuradi xanuz;
O‘ngga yursa – qo‘shiq boshlaydi,
Chapga yursa – ertak so‘zlaydi.
Pushkin hamma narsani juda oddiy ifodalagan.
1). Dengiz bo‘yida, sohilda bir tup eman bor.
2). Bu emanga oltin zanjir bog‘langan.
3). Zanjirning uchiga esa mushuk bog‘langan.
4). Mushuk u yoqdan bu yoqqa yuradi.
5). O‘ngga yursa qo‘shiq kuylaydi.
6). Chap tomonga yursa ertak aytishni boshlaydi.
Bu hikoyani ekran uchun quyidagi tartibda tasvirga olish
mumkin. Bu ketma-ketlikda birinchi o‘rinda dengiz sohiliga
yaqin turgan eman daraxtining murakkab statik tasviri olinadi.
Bu olis plan bo‘ladi. Voqeaning qolgan qismini bunday olis
planda ko‘rsatib berishning iloji yo‘q. Chunki hamma narsa
juda kichik bo‘lib ko‘rinadi va tomoshabin ularni ko‘rishi va
tushunib olishi qiyin bo‘lardi.
Bizning tasviriy ketma-ketlikda (A.S.Pushkinning adabiy
ssenariysiga muvofiq) ikkinchi o‘rinda eman daraxtining bir
155
qismi tasvirga olinadi. Lekin bu kadr (montajning to‘qqizinchi
tamoyiliga asosan) tasvirga olish nuqtasi o‘zgarilgan holda
tasvirga olinadi. Emanning qalin shoxiga zanjir bog‘langan.
Diqqat qiling, ikkinchi kadrda o‘z aksini topgan eman
daraxtining shoxi, birinchi kadrda (olis planda) ko‘ringan
daraxtning bir qismi sifatida tomoshabinlar tomonidan osonlik
bilan idrok etiladi.
Bu vaziyatda, birinchi kadrda uch oddiy unsurlardan,
ya’ni dengizning bir qismi, sohil, eman va yana “nimadir”dan
iborat murakkab obraz o‘z aksini topgan. Bu “nimadir” haqida
biz tomoshabinga sekin asta ma’lumot berib borishimiz lozim.
Bu yerda, garchi juda jo‘n va primitiv bo‘lsada tomoshabinda
hikoyaga nisbatan qiziqishni yanada ortishiga sabab bo‘ladigan
intriga yashiringan.
Tomoshabinlar o‘zida murakkab obrazni ifoda etgan
ikkinchi kadrni (eman daraxtining bir qismi va zanjirning bir
uchini) ko‘rdi va bu zanjirning boshqa uchi qaerda ekanligi va u
yerda
nima
borligi
bilan
qiziqib
qoldi.
Biz
ham
tomoshabinlarning bu qiziquvchanligini qondirish uchun
tasviriy ketma-ketlikka uchinchi kadrni montaj qilamiz va
zanjirga bog‘langan mushukni ko‘rsatamiz. Shu payt mushuk
o‘rnidan turib, o‘ng tomonga yurib qo‘shiq kuylaydi. Mushuk
harakatlana boshlaydi va biz ham uni kadrda maydonida tutib
turish uchun panorama qilamiz.
Filmimiz qahramoni (mushuk) birinchi harakatni amalga
oshirdi, keyin ikkinchi, undan keyin uchinchi harakatni bajardi,
ya’ni u avval o‘rnidan turdi, keyin yurdi va nihoyat qo‘shiq
kuyladi. Ekranda uch xil harakat obrazi o‘z aksini topdi. Kadr
bo‘lsa faqat bitta. Mushukning harakatlarini fonning harakatsiz
obrazi bilan taqqoslash orqali harakat obrazlarining kadr ichi
montaji yaratildi.
Lekin biz mushukning ertagini oxirigacha eshitishni
istamaymiz. Bu juda uzoq vaqtni talab etadi. Bizning vazifamiz
aniq, ya’ni A.S.Pushkinning “ssenariysiga” amal qilish. Biz
156
keyingi voqeaga, navbatdagi kadrga o‘tishimiz uchun harakatni
uzishimiz kerak, lekin uni shunday qilishimiz kerakki,
tomoshabin bir kadrdan boshqasiga o‘tganimizni, juda qisqa
vaqt ichida ro‘y bergan bu uzilishni sezmay qolishi kerak.
Bu holatlar uchun kinematograf perebivka (chalg‘itish)
usulini ixtiro qilgan (bu haqda keyin batafsilroq). Chalg‘ituvchi
(perebivka) kadri uchun yangi ob’ekt aks etgan yangi kadrni
suratga olish kerak va albatta bu kadrda asosiy tasvirga
olinayotgan ob’ekt bo‘lmasligi kerak. Bizning vaziyatda bu
Mushuk
va
biz
chalg‘ituvchi
kadrni
tasvirga
tushirayotganimizda shu joydagi istalgan narsani tasvirga
olishimiz mumkin, lekin Mushukni emas. Bu, masalan
Mushukning bo‘yniga bog‘langan oltin zanjirning bir qismi,
dengizning chayqalishi, eman daraxti, uning shohidagi qushlar
bo‘lishi mumkin. Bu yo‘l bilan biz vaqtni qisqartirish
maqsadimizga erisha olamiz. Mushuk bir qo‘shiqni kuylay
boshlaydi va siz yangi kadr, yangi ob’ektni ko‘rasiz, ya’ni
zanjirni. Zanjir toshlar uzra sudralib jiringlaydi. Uning harakati
to‘xtashi bilan biz yana Mushukning kadriga qaytishimish
mumkin.
Montajning birinchi tamoyiliga amal qilishimiz zarur.
Aynan bir ob’ektni, ya’ni mushukni tasvirga olayotganimizda
uning o‘zn tomonga yurib qo‘shiq kuylashini va shu zaxotiyoq
keyingi kadrda uning chap tomonga yurib ertak aytishini
ko‘rsatib berishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi. To‘g‘ri yo‘l tutish uchun
Mushukning o‘ng tomonga yurib qo‘shiq aytishini, uni aytib
tugatishi va ana undan keyin chapga o‘girilganini suratga
olishimiz zarur bo‘ladi. Mana shundan keyingina bir uning
chapga yurib ertak aytishini ko‘rsatishimiz mumkin. Bunga esa,
yuqorida aytganimizdek, bizning vaqtimiz yo‘q. Shunday ekan,
Mushukning bu ikki harakati aks etgan kadrlarning o‘rtasiga
chalg‘ituvchi kadr qo‘yish bilan bu masalani yechamiz.
Chalg‘ituvchi kadr ketma-ketlikka montaj qilinganidan so‘ng
157
tomoshabinda “Mushuk ekranda yo‘q paytida o‘z yo‘nalishini
o‘zgartirdi” degan fikrga keladi. Biz beshinchi kadrda
Mushukning hikoya aytayotganini tasvirga tushiramiz. Ana endi
biz “adabiy ssenariy”da yozilgan har bir narsani tasvirga oldik
deb ayta olamiz (85-rasm). Biz izchil montaj shartlariga to‘liq
amal qildik va asar voqeasini tartibli ketma-ketlikda, izchil
ravishda to‘liq yoritib berdik. Bu ketma-ketlikdagi har bir kadr
o‘zidan oldingi kadrda aks etgan
elementlarni yoki ularning bir
qismini o‘zida aks ettirdi: ikkinchi
kadrda – bu eman daraxtining bir
qismi edi, uchinchi kadrda – bu
zanjir edi, to‘rtinchida ham zanjir,
beshinchi kadrda ham zanjir va
Mushukning o‘zi. Har bir kadrdan
kadrga o‘tishda biz tomoshabinga
bundan oldingi kadrda aks etgan
“eski”
ob’ektni
tanib
olish
imkoniyatini berdik.
Siz o‘zaro solishtirish orqali
A.S.Pushkin asaridagi voqea bilan
biz tuzgan raskadrovka orasidagi
farqni
topishingiz
mumkin.
Adabiyotda ikkita va hatto undan
ortiq alohida-alohida harakatlarni
ham bir paytning o‘zida so‘zlar
orqali ifoda etish mumkin, lekin
ekran san’atida bunday “usul”ni
qo‘llash mumkin emas. Ekran
san’ati har bir harakatni, voqeani
birma-bir
ko‘rsatib
berishni,
kadrdan kadrga o‘tishda sekin-
158
astalik bilan, ob’ektning harakatlarida hech qanday sakrashlar
va uzilishlarsiz o‘tishni talab etadi. Bu shartni bajarish uchun
biz ham raskadrovkada “perebivka”dan foydalandik – to‘rtinchi
kadr.
Do'stlaringiz bilan baham: |