Parallel montaj.
Parallel so‘zi fransuzcha parallèle – parallel, yondosh
so‘zidan olingan. Bir vaqtning o‘zida turli joylarda sodir
bo‘lgan ikki yoki undan ortiq voqealar tasvirlarini parallel
ravishda, albatta o‘zaro bir voqea atrofida bog‘langan holda
namoyish etish usuli – ekran san’atidagi parallel montaj deb
aytiladi.
Keling, A.S.Pushkinning nafis asarlaridan bir bo‘lgan
“Shox Saltan haqida ertak”ni esga olamiz. Knyaz Gvidon Buyan
orolida, Shox Saltan esa oroldan uzoqda, o‘z davlatida
istiqomat qiladi. Dengizchilar hali orolga, hali Saltan yurtiga
suzib Shox Saltanga Gvidon yashayotgan orol va undagi
mo‘jizalar haqida so‘zlab berishadi. A.S.Pushkin kitobxonlarga
avvaliga Shox Saltan haqida, keyin uning o‘g‘li Knyaz Gvidon
haqida va yana Saltan yurti haqida navbatma-navbat hikoya
qilib beraveradi.
Ertakda bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy qahramonlarning
hayoti ochib berilgan va bu esa epizodlarning parallel
montajidir. Ertak syujeti avvaliga ikkita syujet chizig‘iga
bo‘linadi. Ertak oxirida Shox Saltan Buyan oroliga Gvidonning
oldiga tashrif buyurgan paytdan boshlab syujet rivojlanish
chiziqlari yana o‘zaro birlashadi.
Shu ertakning o‘zida ham bir epizod ichidagi “parallel
montaj”ga misolni kuzatishimiz mumkin. Montaj usuli bir xil
bo‘lsada lekin uning ko‘lami juda kichik.
Tushar hamma qirg‘oqqa,
Shox chorlaydi qo‘noqqa.
159
Chivin ham uchib ketdi,
U ham saroyga yetdi.
Ko‘rdiki, hamma yoq zardor,
Shox Saltan o‘tirar bunda,
Toju taxti xashamdor,
Lek, yuzida qayg‘u bor;
To‘quvchi va oshpaz qiz,
Babarixa – yalmog‘iz,
Shox oldida o‘tirar
Va ko‘ziga qarashar.
Bir sahnaning o‘zida uchta voqea teng rivojlanadi: Shox
Saltan mehmonlarni kutib olishi voqealari; chivinga aylangan
Gvidon va u kuzatayotgan voqealar; va nihoyat to‘quvchi,
oshpaz qiz, va Babariha yalmog‘iz bilan sodir bo‘lgan
voqealar”. Avvaliga chivin Gvidon va ertakning qolgan
qahramonlarining harakatlari parallel holda yuz beradi, ammo
sahna so‘ngida, chivin o‘z xolasining o‘ng ko‘zini chaqib
olganidan keyin, uni quvish voqeasida, syujetning hamma
rivojlanish chiziqlari o‘zaro uyg‘unlashadi. Chizmaga e’tibor
berib qarasak, bu yerda ham qo‘llanilgan usul o‘sha-o‘sha.
Parallel montajga yana bir yorqin misolni Amerikalik
buyuk
kinorejissyor
Devid
Uork
Griffitning
mashhur
“Betoqatlik” (1916) filmida ko‘rishimiz mumkin.
Amerikalik buyuk kinorejissyor o‘zining o‘z davrining
buyuk filmida bir vaqtning o‘zida insoniyat tarixining to‘rtta
davrini ko‘rsatib bergan: “Iso Masih muhabbati”, “Varfolomey
tuni”, “Bobilning tanazzuli” va “Ona va qonun”. Filmdagi
so‘nggi novella – film yaratilgan davrga bag‘ishlangan.
“Betoqatlik” filmi shunday montaj qilinganki, uning
barcha syujet rivojlanish liniyalari faqat film oxirida o‘z
yechimini topadi. Kinoasar birinchi novella – “Iso Masih
muhabbati” novellasining kattagina boshlang‘ich epizodi bilan
boshlanadi. Keyin esa ikkinchi novella “Varfolomey tuni”dan
160
huddi shunaqa katta qism montaj qilingan. So‘ng “Bobilning
tanazzuli” novellasidan boshlang‘ich parcha va nihoyat
to‘rtinchi novella bo‘lgan “Ona va qonun”ning boshlanish qismi
namoyish etiladi.
Har to‘rttala novellalarning boshlanish qismlari namoyish
etlganidan
so‘ng rejissyor tomoshabinni yana birinchi
novellaning davomini ko‘rishga taklif etadi, keyin ikkinchi
novellaning davomini keyin uchinchi, to‘rtinchi novellaning
davomi va hammasi yana boshidan boshlanadi, huddi
teleseriallardagi kabi.
Lekin bu filmdagi eng ta’sirli sahna so‘nggi novelladagi
yakunlovchi voqea bo‘lgan. Bunda Griffit montajdan filmning
syujetiga dramatizm olib kirish, uni o‘tkirlashtirish maqsadida
foydalangan.
Novella syujeti bo‘yicha sud begunoh odamni qotillik
uchun o‘lim jazosiga hukm qiladi. Sud hukmi e’lon qilinganidan
so‘ng haqiqiy qotil maxkumning oilasiga kelib jinoyatiga iqror
bo‘ladi. Mahkumni esa faqat shtat gubernatori afv etishi
mumkin.
Haqiqiy
jinoyatchi
va
mahkumning
xotini
gubernatorni topish va undan avfnomani olish uchun uni izlab
ketadilar. Lekin shtat gubernatori o‘z kabinetida emas edi. Ayol
va qotil bir tezkor poyga avtomobiliga o‘tirib gubernator ketgan
poezdga yetib olish uchun harakat qilishardi. Ayni paftda sud
o‘lim jazosini ijro etish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
Avtomashina yeldek uchmoqda.
Gubernator o‘tirgan poezd ham yelib bormoqda.
Sud ijrochilari jazoni amalga oshirish vositalarini
tayyorlashmoqda.
Avtomashina yeldek uchmoqda.
Gubernatorning vagoni.
Sud ijrochilari dor sirtmog‘ini mustahkamligini yana bir
bor tekshirib ko‘rishmoqda.
161
Griffit yirik planlarini navbatma-navbat ko‘rsatib chiqadi:
poyga avtomobili g‘ildiragi, jallodning qo‘li dor sirtmog‘ini
tutadi, mahkumning g‘amnok nigohi, va boshq.
Avtomashina poezdni quvib yetdi.
Gubernator avfnomani imzoladi.
Lekin, hali qatl ijro etilmasidan avval qamoqxonaga yetib
borish va avfnomani ko‘rsatishga ulgurish kerak. Yana parallel
montaj.
Avtomashina yelib bormoqda.
Maxkumni qatl maydoniga olib kelishmoqda.
Qotil va ayol mashinaning bor tezligida uchib
borishmoqda.
Sudning qarori so‘nggi bor rasman o‘qib eshittirilmoqda.
Sirtmoq maxkumning bo‘yniga solingan onda...
Ular avfnomani olib kelib ulgurishdi.
Chizma bo‘yicha hammasi huddi “Shox Saltan haqida
ertak”dagidek: syujetning rivojlanishi, uning turli yondosh
liniyalarga bo‘linishi va nihoyat voqea so‘ngida syujet
liniyalarining yana o‘zaro uyg‘unlashuvi – begunoh inson
oqlandi.
“Betoqatlik” filmi parallel montajning klassik misolidir.
Griffitning kashfiyoti kino tarixiga kirdi. Bundan ayon bo‘ldiki,
kinofilmda ham huddi adabiy asardagi kabi syujet rivojini
tashkil etish mumkin.
Yana bir klassik misol. M.Kalatozov o‘zining “Turnalar
uchmoqda” filmida parallel montajdan qoyilmaqom tarzda
foydalangan (1957 y.).
Film qahramoni Veronika sevgilisi Borisni urushga
kuzatish marosimiga yetib kelishga ulgurmadi. U uyga chopib
kirdi, lekin uyda hech kim yo‘q edi.
U urushga safarbar etilgan askarlarni yig‘ish punkti tomon
chopdi. Ko‘chalarni olomon to‘ldirib yuborgan. Erlari va
162
o‘g‘illarini urushga kuzatayotgan ayollar ularni quchoqlab
olgancha yig‘lamoqdalar.
Boris Veronikani aqalli bir marta ko‘rish umidida har
tomonga alanglab uni izlayapti.
Veronika odamlar oqimi oralab Borisni qidirmoqda, lekin
natija yo‘q.
Erkaklar saflarga tizilmoqdalar.
Veronika odamlar orasida yo‘l topish uchun tiqiladi.
Boris yon-atrofga alanglaydi.
Veronika saf tortib ketayotgan askarlar orqasidan temir
panjaralar yoqalab chopib bormoqda.
Boris safda ketib bormoqda. Atrofdan Veronikani izlaydi.
Biz ular bir-birlariga juda yaqinda turganliklarini tushunib
turibmiz. Lekin ular ko‘rishisharmikan?
Saf borgan sari uzoqlashmoqda va bizning qahramonimiz
ham shu safda ketib bormoqda.
Nihoyat Veronika Borisni ko‘rdi. Lekin xaloyiq uni
askarlar tomon borishiga imkon bermaydi.
Boris atrofga qaraydi, lekin Veronikani ko‘rmaydi.
Veronika uning ortidan qichqiradi. Lekin olomonning
shovqini va musiqa uning chinqirig‘ini yutib yuboradi. Boris
eshitmaydi.
U alam bilan qo‘lidagi pechenelar solingan paketni Boris
tomon otadi. Lekin u asfalga tushib sochilib ketadi.
Boris so‘nggi bor mahbubasini nigohlari bilan izlaydi,
biroq bu safar ham uni topa olmaydi. U shu tariqa, seviklisi
bilan hech bo‘lmaganda nigohlari bilan hayrlasha olmay frontga
ketadi.
Veronika yig‘laydi...
Bu o‘lmas kinoasardagi eng yaxshi sahnalardan biri.
Parallel montaj uslubidan televidenieda, hatto to‘g‘ridan-
to‘g‘ri jonli efirda ham foydalanish mumkin. Misol uchun, bir
163
vaqtning o‘zida ikkita qiziqarli futbol uchrashuvi bo‘lib
o‘tmoqda. Kameralar har ikkala stadionlarga o‘rnatiladi.
Sharhlovchilar navbatma-navbat bir u bir bu sport arenasidan
“Sizlarda nima gap?”, “Bizda mana bunday vaziyat...” deya
reportaj olib borishmoqda. Rejissyor esa sharhlar mazmuniga
muvofiq
holda
tasvirni
efirga
uzatadi.
Ko‘rsatuvning
dramaturgiyasi “Qaysi jamoa qaysi raqib bilan finalda bahs
yuritadi degan savolga javob topishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |