Кино ва телевидениеда монтаж


Sakkizinchi tamoyil: Rang bo‘yicha montaj



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

Sakkizinchi tamoyil: Rang bo‘yicha montaj. 
Zamonaviy  ekran  san’atida,  kino  va  televidenieda,  shu 
jumladan  kompyuter  grafikasi  va  kompyuter  animatsiyasida 
rang juda muhim rol o‘ynaydi.  
Rang  –  harakat,  yoritish  usullari,  kadr  kompozitsiyasi 
kabilar  bilan  bir  qatorda  turuvchi  ekran  san’atlarining  ifoda 
vositalaridan biridir.  
Shuning  uchun  ham,  biror  kadrni  tasvirga  olishdan  avval 
bu  kadrning  rang  yechimi  haqida,  uning  film  davomida  qay 
tartibda  o‘zgarib,  rivojlanib  borishi,  kadrga  tabiiy  yoki  sun’iy 
ravishda  kiritilgan  ranglarning  kadrda  qay  tartibda  “ishlashi” 
haqida aniq bir to‘xtamga kelib olishimiz zarur. 
Keling,  tamoyilni  tushuntirishga  o‘tishdan  oldin  sizga 
yana  bir  bora  chalg‘ituvchi  vazifa  beramiz...  Har  bir  tamoyil 
oldidan bunday chalg‘ituvchi savollar berishimiz “aqliy hujum” 
deb  nomlangan  ta’lim  texnologiyalaridan  biri  bo‘lib,  bunday 
savollar  o‘qituvchiga  dars  oldidan  talaba  va  o‘quvchilarning 
mavzu  yuzasidan  umumiy  bilim  va  tasavvur  darajasini  bilib 
olishga,  shunga  qarab  dars  dinamikasini  belgilashga  yordam 
beradi.  Qolaversa,  dars  oldidan  talaba  va  o‘quvchilarni 
tetiklashtirishga, fikrlashga undaydi. 
Tasavvur  qiling,  siz  biror  teleserialni  tasvirga  olyapsiz. 
Serialning  tabiatda,  ya’ni  masalan  ko‘chada  tasvirga  olinadigan 
epizodidan  bir  kadrni  tasvirga  tushirishingiz  kerak.  Kadrda  bir 
yigit  o‘z  sevgilisini  kutib  turibdi.  U  turgan  joy  balki,  istirohat 
bog‘idir  yoki  hiyobondir  buning  ahamiyati  yo‘q.  Yigit  turgan 
joyda,  uning  orqa  tomonida  turli  manzarali  daraxt  va  butalar 
o‘sib  yotibdi.  Ular  yam-yashil  bo‘lib  o‘ziga  hos  yashil  fon 
vazifasini  bajarmoqda.  Butalardan  chap  tomonda  esa  qora 
rangga bo‘yalgan devor bor.  
Bu  epizodda  yigitning  yirik,  umumiy-o‘rta  planlari 
tasvirga  olinishi  rejalashtirilgan.  Bundan  tashqari,  barcha 
televizion  seriallarda  bo‘lgani  kabi,  siz  ham  ishni  tezlashtirish, 
montaj  jarayonini  osonlashtirish  maqsadida  epizodni  ikkita 


128
 
 
kameradan foydalanib  tasvirga olmoqdasiz.  
 
71-rasm. 
 
Ikkala operatorlar ham o‘z kameralarini o‘zlari to‘g‘ri deb 
bilgan  joylarga  o‘rnatishdi.  Ularning  biri  yigitning  yirik  planini 
tasvirga  olmoqda,  ikkinchisi  umumiy  planini.  Kameralar  71-
rasmda ko‘rsatilgandek  tartibda o‘rnatildi. Nima deb o‘ylaysiz, 
kameralar  to‘g‘ri  joylashtirildimi?  Ikkala  kameradan  olingan 
kadrlar montaj jihatidan bir-biriga mos keladimi? 
Kitobdan  to‘g‘ri  javob  aks  ettirilgan  rasmni  qidirishga 
shoshilmang.  Bu  mavzuni,  umuman  montajning  barcha  o‘nta  
tamoyilini mukammal bilib olishingiz siz uchun juda muhim. 
Natijani  shunchaki  tasavvur  qilib  ko‘raylik:  1-kamera 
olgan kadrda yigitning umumiy-o‘rta plani, yigit kadrda turibdi, 
fonda    yam-yashil  butalar  ko‘rinyapti;  2-kamera  olgan  kadr  – 
yigitning  yirik  plani,  endi  kadr  foniga  butalar  sig‘magan,  faqat 
qop-qora  devor  ko‘rinib  turibdi.  Bir  qarashda  hammasi  joyida. 
Lekin  shuni  unutmangki,  yigit  turgan  joyning  orqa  tomonidan 
yashil butalar, chap tomonda esa qora rangli devor borliini faqat 
siz bilasiz, tomoshabin esa bilmaydi. U faqat siz ko‘rsatayotgan 
narsalarnigina  ko‘ra  oladi.  Tomoshabin  uchun  go‘yoki  bu  ikki 
kadr  tamomila  boshqa-boshqa  joyda  tasvirga  olinganday 
tasavvur  uyg‘otadi:  avval  yigit  yashil  bog‘da  edi,  keyin  esa 


129
 
 
qandaydir  qora  narsaning  oldida  bo‘lib  qoldi...  natijada 
beixtiyor  tomoshabinda  savol  tug‘iladi:  nima  bo‘ldi  o‘zi?  Yigit 
qanday  qilib  bir  zumda  bir  joydan  boshqa  joyga  borib  qoldi? 
Balki bu fantastik filmdir va yigit “teleport”dir degan ming turli 
savollar  tug‘iladi?  Eng  tomoshabin  sizning  filmingizni  ko‘rish, 
undan  ma’anaviy  ozuqa,  fikr  olish  emas,  balki  siz  bergan 
“topishmoq”ni  yechish  bilan  band  bo‘ladi.  Agar  siz  bir  film 
davomida  tomoshabinga  ana  shunaqa  “topishmoq”lardan  5-6 
tasini  bersangiz  filmingizning  muvaffaqiyatsizligi  200% 
ta’minlanadi. 
Tasvirga olingan kadrlarni o‘zaro montaj qilib ko‘rsak 71-
rasmdagi  kameralar  joylashuvi  naqadar  xato  ekanligi  yaqqol 
ko‘zga tashlanib qoladi (72-rasm).    
 
72-rasm.
 
 
Ha,  juda  g‘alati  va  yoqimsiz  natija.  Tomoshabin  ham  bu 
kadrlarni  ko‘rganda  huddi  shunaqa  yoqimsiz  holatni  his  qiladi. 
Endi o‘ylab ko‘ring, bir epizod davomida agar bu kadrlar o‘zaro 
bir  necha  marta  o‘rin  almashsa  tomoshabin  qay  holatga 
tusharkin... 
Albatta, bu keltirilgan misoldagi kabi fonning juda keskin 
darajada  farqli  rangda  bo‘lishi  hayotda  uchramaydi.  Lekin 
xatolik  yaqqol  ko‘rinishi,  mavzu  tushunarli  bo‘lishi  uchun 


130
 
 
atayin shu misolni ko‘rsatdik. Biroq bunday xatoliklar tajribasiz 
operator  va  rejissyorlar  ijodida,  televidenieda  ko‘p  uchrab 
turadi.  
Masalaning yechimi esa juda oddiy! Kameralarni shunday 
joylashtiringki,  toki  birinchi  kadr  o‘zidan  keyingi  kadrda  kirib 
kelishi  mumkin  bo‘lgan  yangi  rang  to‘g‘risida  bir  oz  ma’lumot 
bersin.  Bizning  misolda  yigit  tasvirga  olingan  umumiy-o‘rta 
planda  qora  devorning  bir  qismi  ham  ko‘rinib  turishi  kerak  edi 
(73-rasm). Bu “bir oz ma’lumot” kadrning uchdan bir qismini 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish