Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

Nazorat savollari: 
1. Kompozitsiya deganda nimani tushunasiz?  
2.Kompozitsiya  bo‘yicha  montaj  qanday  talablar  asosida 
bajariladi? 
3. “Diqqat markazi” nima? 
4.  Qanday  kompozitsiyaga  “muvozanatlanmagan  kompozitsiya” 
deyiladi? 
5.  Kompozitsiya  bo‘yicha  montajda  ob’ekt  kadr  gorizontali 
bo‘yicha  qanday  masofa  doirasida  ko‘chishi  mumkin  va  nima 
uchun?
 
 
1.8. Yettinchi tamoyil: Yorug‘lik bo‘yicha montaj va 
sakkizinchi tamoyil: rang bo‘yicha montaj. 
 
Yettinchi tamoyil: yorug‘lik bo‘yicha montaj 
Ushbu  mavzu  montajning  yettinchi  va  sakkizinchi 
tamoyillari  talablariga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  u  o‘quvchiga 
kadrning  yorug‘lik  va  rang  xususiyatlari,  kadrda  aks  etgan 
ob’ektlarning  yoritilish  yo‘nalishlari  va  yorug‘lik  va  rangi 
bo‘yicha  to‘g‘ri  kompozitsiya  qurish  qoidalari  haqida 
ma’lumotlar beradi. 
O‘tgan  asrdayoq,  fotografiya  san’at  maqomiga  ega 
bo‘lgan  paytlarda,  ijodning  bu  turini  “nurli  rangtasvir”  deya 
ulug‘lay  boshlashdi.  Vaqtlar  o‘tishi  bilan  bu  istiloh 
kinooperatorlar  san’atiga  nisbatan  ham  qo‘llana  boshlandi. 
Darhaqiqat,  yorug‘lik  yoki  kadrning  nur-soya  yechimi  ekran 
ijodkorligida  eng  muhim  tasviriy  ifoda  vositalardan  biri  bo‘lib 
qoldi.  U  ekranda  ro‘y  berayotgan  voqeaning  ma’nosini  yorqin 
ifodalashi,  shu  bilan  birga,  amaldagi  harakat  ma’nosini  buzib, 
tomoshabinni chalg‘itishi ham mumkin. 


122
 
 
Agar  voqealar  rivoji  uzluksiz  epizod  sifatida  suratga 
olinayotgan  bo‘lsa,  yoritish  xususiyati,  chizmasi  birinchi 
kadrdan  oxirgisigacha  saqlanishi  lozim  va  rejissyor  yoki 
operator  xohishi  bilan  uni  o‘zgartirib  bo‘lmaydi.  Bunday  qilish 
uchun  tomoshabinga  tushunarli  bo‘ladigan  jiddiy  va  yetarli 
dramaturgik  asos  bo‘lishi  lozim.  Quyida  uning  sodda  variantini 
ko‘rib chiqamiz. 
Qahramon xonada yorug‘ deraza oldida turibdi.  
O‘z  tasavvurimizni  mashq  qilishda  davom  etamiz. 
Mizanssena 
rejaga 
ko‘ra  suratga  olish  maydonchasida 
qahramonlarning  va  kameraning  joylashinuvini,  ekranda  hosil 
bo‘ladigan  ko‘rinishni  darhol  tasavvur  qila  olish  qobiliyati 
professionalizmning eng muhim xususiyatlaridan biridir. 
Tavsiya  etilayotgan  mizanssenaga  yaxshilab  e’tibor 
bering  (67-rasm).  Birinchi  va  ikkinchi  nuqtalardan  suratga 
olingan kadrlarni o‘zaro montaj qilish mumkinmi? 
 
 
67-rasm. 
 
Nozikta’b  o‘quvchi,  albatta,  bunday  savoldan  keyin 
muallifdan  qaltis  javob  kutadi  va  bu  masalada  u  xaq. 
Mizanssenani raskadrovkaga ko‘chiramiz. 
Birinchi kadrda inson devor soyasi fonida tasvirga olingan 
bo‘lib,  uning  tanasi  esa  o‘ng  tomondan  quyosh  nurlari  bilan 
kuchli  yoritilgan.  Ikkinchi  kadrda  esa  fon  vazifasini  derazadan 


123
 
 
tushib  turgan  quyosh  nurlari  o‘taydi,  kuchli  kontur  yorug‘ligi 
bilan yoritilgan tana esa to‘la soyada qolgan (68-rasm). 
 
 
68-rasm. 
 
Agar rejaga ko‘ra qahramonni oyna oldiga qo‘yilsa va bir 
necha  turli  planlar  suratga  olish  talab  qilinsa,  u  holda  nima 
qilish kerak? 
Kadrdan 
kadrga 
“yengil”  o‘tishni  saqlab  qolish, 
tomoshabin 
nisbatan 
soyaliroq 
kadrlarni 
ko‘rayotganda 
birdaniga  uning  ko‘ziga  yorug‘lik  tushib  ketmasligi  uchun 
birinchi  kadrda,  yaxshisi  har  ikkala  planda  fonni  bog‘lab 
turuvchi  detalni  berish  va  personaj  yuzi  hamda  tanasidagi 
yorug‘lik xaraktyorini saqlab qolish lozim (69-rasm). 
Rejissyorlar  bir  qarashda  juda  go‘zal  qilib  tasvirga 
olingan  yirik  planlarni  montajning  so‘nggi  lahzalarida  filmdan 
kesib  tashlaganliklari  sabab  aktrisalar  qancha  achchiq  ko‘z 
yoshlarni  to‘kkanlar,  qalblarida  rejissyorlarga  nisbatan  qancha 
jahl  va  gina  bilan  yurganlar.  Sababi  esa  juda  oddiy,  bu  kadrlar 
montajning yorug‘lik bo‘yicha montaj tamoyili talablariga javob 
bermaydi.  


124
 
 
 
69-rasm. 
 
Ba’zan  shunday  bo‘ladiki,  ijodiy  guruh  biror  epizodni 
tasvirga  olib  tugatadi  va  oradan  bir  oy  vaqt  o‘tganidan  keyin 
aynan  shu  epizodda  aktrisaning  yirik  planini  tasvirga  olish 
kerak  degan  fikrga  kelishadi,  balki  aynan  shu  yirik  planni 
tasvirga  olishni  unutishgandir.  Ijodiy  guruh  yana  yig‘ilgan, 
biroq  hamma  bu  ob’ektda  chiroqlar  qaysi  tomondan  qanday 
kuch  bilan  tushganini,  qaysi  chiroqlarda  filtr,  setkalar 
taqilganini  unutib  bo‘lishgan.  Fon  –  bir  qarashda  juda  yaxshi. 
Bu  onda  yoritish  qurilmalari  boshqa  bir  sahnada  boshqa 
qahramonning  yuziga  qaratilgan.  Va,  qo‘shimcha  kadrlarni 
tasvirga  olish  uchun  uncha  katta  kuch  sarflash  va  bosh 
qotirishning  hojati  yo‘qdek  tuyuladi.  Plan  tasvirga  olinadi.  Ish 
montajga  yetganida  qo‘pol  xatoga  yo‘l  qo‘yilgani  ayon  bo‘ladi. 
Rejissyor montajda hal qilib bo‘lmas jiddiy muammo qarshisida 
qoladi (70-rasm). 
Agar 
montajning 
yettinchi 
tamoyili 
talablari 
bajarilmaydigan  bo‘lsa,  tomoshabinda  ekrandagi  yorqin  nurdan 
yoqimsiz  his  qolishi  bilan  birga,  qahramon  tasodifan  butunlay 
boshqa  makonga  kelib  qolganligi  haqida  fikr  paydo  bo‘ladi  va 
ekrandagi 
harakatlar 
qandaydir 
jodu 
kuchlariga 
bo‘ysinayotganligi haqidagi shubha yuzaga keladi. 


125
 
 
 
70-rasm 
 
Film  yoki  ko‘rsatuvni  montaj  qilish  chog‘ida  qandaydir 
“fojea” yuz bermasligi uchun suratga olish tugagach, materialga 
birorta  o‘zgartirish  kiritish  imkoni  bo‘lmasa,  mizanssena  va 
kadrlarni  joylashtirish  planida  yorug‘lik  bo‘yicha  montaj 
talablarini  bajarish  ko‘zda  tutilgan  bo‘lishi  kerak.  Bu  talablarni 
bajarish uncha qiyin emas. 
Agar  yuz  suratga  olinayotgan  bo‘lsa,  unda  aktyor  yoki 
hujjatli  personajning  burni  soyasi  qo‘shni  kadrlarda  birmuncha 
qisqa  yoki  uzunroq  bo‘lishi  mumkin.  Ammo  soya  hech  qachon 
yuzning chap qismidan o‘ngiga sakrab o‘tib ketmaydi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish