kuzatuv panoramasi
ni amalga oshiramiz.
Panoramani chizmada 1 “b” bilan ko‘rsatilgan holatga yetib
kelgunga qadar davom ettiramiz va shu bilan birinchi kadrni
tasvirga olishni tugatish mumkin.
80-rasm.
133
Ikkinchi kadr. Kadrdan kadrga o‘tish jarayonini tomoshabin
uchun yanada silliq va sezilmas bo‘lishi uchun ikkinchi kadrga
ham ayrim o‘zgartirishlar kiritish lozim bo‘ladi. Buning uchun
qahramonni vagon oynasi yoniga o‘tirgizib qo‘yish kerak va
bunda vagon oynasi kadrda egallagan maydon kadr umumiy
maydonining uchdan bir qismidan ortib ketmasligi kerak.
Agar bu kadrlar montajiga shiddat bilan harakatlanib
ketayotgan poezd va relslar ovozini montaj qilsak, u holda
tomoshabin poezdning tezligi va shiddatini rostmana his qilishi
mumkin.
Endi bu epizod montajini tomoshabinlar tomonidan qanday
qabul qilinishini ko‘rib chiqamiz. Kuzatuv panoramasini amalga
oshirish orqali biz tomoshabinga o‘z ko‘zini ekranni qariyb to‘liq
egallab olgan “massa”ning ma’lum bir yo‘nalishdagi harakatiga
moslashtirib olishga imkon beramiz. Aynan shu holat harakat aks
etgan bir plandan ikkinchisiga silliq va sezilarsiz o‘tishiga sharoit
yaratdi.
Biz
tomoshabin
ko‘zini
vagonning
ma’lum
bir
yo‘nalishdagi harakatiga moslashib olishiga sharoit yaratib
berdik va ikkinchi kadrda ana shu harakatni shu yo‘nalishda
davom ettirdik. Hatto, agar biz yuqorida ko‘rib chiqqan birinchi
misoldagi ikkinchi kadrni (78-rasm) o‘zgarishsiz qoldirganimizda
ham bu montaj tomoshabin uchun deyarli sezilmas bo‘lardi va
yaxshi idrok etiladi.
Balki, keltirgan bu misollarimiz kimdir uchun tushunarsiz
bo‘lgandir. Bu holatni yanada to‘g‘ri va to‘liqroq tushunib yetish
uchun albatta uni harakatda, ya’ni video shaklida ko‘rib chiqish
kerak. Keling, yana bil misolni ko‘rib chiqamiz.
Katta yo‘l bo‘ylab avtomobil harakatlanib ketmoqda. Uni siz
sevgan qahramon, aytaylik Jeyson Born boshqarib ketmoqda.
Muhokamani avval uning o‘rta planidan boshlaymiz. Birinchi
kadr – Born kabrioletda, ya’ni usti ochiq mashinada o‘tiribdi.
Kadr shunday tasvirga olinganki ekranda faqat Bornning o‘zi
ko‘rinadi, mashinaning hech bir qismi, aytaylik, ruli, peshoynasi
kadrda aks etmagan (81-rasm).
Ikkinchi kadrni statik holatda, ya’ni harakatsiz tasvirga
olamiz. Olis plan – uzoqdan trassa bo‘ylab harakatlanib
yaqinlashib kelayotgan avtomashina (82-rasm). Bu holatda ham
134
kadrdagi ob’ektning harakat yo‘nalishi bo‘yicha montaj talablari
to‘liq bajarilgan.
81-rasm.
82-rasm.
Har ikkala kadrni tasvirga oldik va montaj qildik. Ekranda
hosil bo‘lgan natijani ko‘rib chiqamiz. U esa nimagadir yaxshi
chiqmadi. Tomoshabinning bu epizod montajidan oladigan
taassurotini tahlil qilib ko‘ramiz. Yana kadrdagi harakatda
bo‘lgan va harakatsiz nuqtalarni strelkalar va nuqtalar bilan
belgilab olamiz.
Birinchi kadrda haydovchining gavdasi ekran maydonining
taxminan to‘rtdan bir qismini egallagan. Ekranning qolgan qismi,
ya’ni to‘rtdan uch qismini harakatlanayotgan massa egallab olgan
va u o‘ngdan chapga yo‘nalgan.
Ikkinchi kadrda harakatlanayotgan asosiy massa ekran
maydonining o‘ttizdan bir qisminigina egallagan, biroq u
aksincha, chapdan o‘ngga harakatlanmoqda. Umuman olganda,
ikkinchi kadrni harakatsiz tasvir deb hisoblash mumkin (83-rasm).
135
Kadrlarning bu ko‘rinishdagi montajini, undan olingan
natijani ko‘rish jarayonida tomoshabin ko‘zi murakkab masalaga
duch keladi. Gap shundaki, birinchi kadr tugab ekranda
navbatdagi kadr paydo bo‘ladi va ikkinchi kadr ekranda paydo
bo‘lishi bilan “sakrash”ni his qiladi. U avvaliga ekrandagi
massaning, ya’ni ekranning katta qismini egallagan ob’ektning
o‘ngdan chapga harakatiga moslashadi, inersiya oladi. Keyin esa
tamomila statik bo‘lgan ikkinchi kadr paydo bo‘ladi va
tomoshabinning birinchi kadrdagi faol harakatga moslashib olgan
ko‘zi bu kutilmagan to‘htash sabab bir oz idrokni yo‘qotadi.
83-rasm.
Ekrandagi harakat kutilmaganda nega to‘xtab qolgani,
aslida nima bo‘layotganini anglab yetishi va yangi harakatga
moslashishi uchun ko‘zimizga bir oz vaqt kerak bo‘ladi. Agar, bu
harakat yo‘nalishi avvalgisiga tamomila teskari yo‘nalgan bo‘lsa
muammo yanada jiddiylashadi.
Inson ko‘zi o‘ziga hos inersiyaga ega bo‘lib, u ham huddi
fizik jismlar inersiyasiga o‘xshash xususiyatga ega. Faol harakat
aks etgan kadr bilan harakatsiz kadrni o‘zaro montaj qilinganda
huddi avtobus katta tezlikda borayotib birdaniga tormoz olgan
vaziyatdagidek jarayon yuz beradi. Avtobusning harakat tezligiga
moslashib olgan avtobus ichidagi yo‘lovchilar birdaniga berilgan
tormoz natijasida qay axvolga tushishlarini hammamiz yaxshi
bilamiz. Yo‘lovchilar bunda turli shikastlar olishi turgan gap.
136
Ko‘z bilan ham shunday, harakatdagi kadr ketidan ulangan statik
tasvir ham tomoshabin uchun noxush yangilik bo‘ladi va ko‘ziga
zarbdek tegadi.
Muammoni hal qilish va tomoshabinga filmni ko‘rishda
yetarlicha qulaylik yaratib berish uchun ikkinchi kadrning
tasvirga olishi nuqtasini, uning kompozitsiyasi va tasvirga olish
usulini bir oz o‘zgartirish mumkin. Avtomashina harakatini
yonroq tomondan ko‘rsatib berish uchun kamerani avtomobil
yo‘lidan bir oz uzoqroqqa joylashtirish kerak. Kadrlar montajini
esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomashinani
kuzatuv panoramasi
dan
boshlash kerak. Bunda avtomashinaning ortida aks etgan fon
tasvirlarining harakat yo‘nalishi avtomashinaning o‘z harakat
yo‘nalishi bilan yaqin bo‘ladi. Faqat bunda kadrlardagi orqa fon
tasvirlarining harakat tezligi va tempi har ikkala kadrda ham bir
xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Agar kamerani mashinadan
uzoqroqqa joylashtiradigan bo‘lsak, unda asosiy massa harakati
pastroq ko‘rinishi mumkin va unda tomoshabin kadrlar ulangan
joyda baribir “qoqilish”ni boshdan kechiradi. Ortiqcha “bosh
og‘riqlar” kelib chiqmasligi uchun yaxshisi bu epizodni bir nechta
variantlarda va turli fokus masofali ob’ektivlardan foydalangan
holda tasvirga olish kerak.
Ikkinchi variant. Birinchi kadrda, aniqrog‘i uning oxirida
xaydovchi Jeyson Bornning yirik planidan avtomobilning 120
km/soat tezlikni ko‘rsatib turgan spidometriga panorama qilish
kerak. Shu yo‘l bilan biz kadrni statik tasvir bilan yakunlashga
erishamiz. Bu esa kadrdan-kadrga silliq va “qoqilish”larsiz
o‘tishga zamin yaratadi.
Va nihoyat, kadrdagi asosiy massa harakat yo‘nalishi
bo‘yicha montajning asl mohiyatini ochib beruvchi chizmani
ko‘rib chiqamiz. Unda bu tamoyilning mohiyati juda tushunarli
yoritib berilgan.
Yetarlicha bilimga ega bo‘lmaganliklari tufali ba’zida yosh
rejissyorlar bir-biriga qarama qarshi yo‘nalishda tasvirga olingan
ikkita panoramali kadrlarni ketma-ket montaj qilishga urinadilar
(84-rasm).
137
84-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |