Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

Kadr ichi montaji deb
– 
harakatdagi plastik obrazlarni statik 
plastik obrazlar bilan
kadrda ob’ektlarni harakatlantirish 
(mizantsena) usulidan hamda kameraning kadrdagi axborotni 
yangilanishini va voqeaning rivojlanishini ta’minab beruvchi 
turli 
yo‘nalishlardagi 
harakatidan 
foydalangan 
holda
taqqoslashga aytiladi
34
.
34
Bordwell, David (2005). The Cinema of Einshtein. New York, NY: Routlenge. 73-b.


156
Kadr ichi montajining vositalari
Umuman olganda kadr ichi montajini amalga oshirishga 
imkon beruvchi beshta asosiy usullari mavjud deyish mumkin. 
Bular, 
1. Mizantsena – kadr ichida ob’ektlar va qahramonlarning 
harakatlanishi. 
2. Panorama – kameraning bevosita tasvirga olish vaqtida bir 
nuqtada turib o‘z o‘qi bo‘ylab burilishi, boshqacha aytganda bir 
tomondan boshqa tomonga sekin asta qaratilishi. 
3. Harakatda tasvirga olish yoki harakatdagi panorama 
(trevelling)
– kameraning bevosita tasvirga olish vaqtida biror 
harakatlanuvchi vosita ustida (masalan, mashina, operatorlik rels-
aravasi, operatorlik krani, stedikamda, dronda yoki qo‘lda) bir 
nuqtadan boshqa nuqtaga ko‘chishi, ya’ni harakatlanishi va 
tasvirga olishi. 
4. Panoramaning trevelling bilan birga olib borilishi – 
kameraning bevosita tasvirga olish vaqtida biror harakatlanuvchi 
vosita ustida bir nuqtadan boshqa nuqtaga harakatlanishi va shu 
bilan birga bir ob’ektdan sekin-asta boshqa bir ob’ektga 
qaratilishi. 
5. Mizantsenaning kameraning istalgan turdagi harakatlarini 
bilan birga olib borilishi – bunda kadrni tasvirga olishda yuqorida 
sanab o‘tilgan barcha usullar birvarakayiga foydalaniladi.
Oddiy panoramaning ham 4 ta asosiy turlari bor: 
1. Gorizontal panorama. Bunda kamera bir joyda shtativda 
yoki operatorning yelkasida turganicha o‘z o‘qi atrofida aylana 
harakat qilib bir ob’ektdan boshqasiga buriladi, qaratiladi.
2. Vertikal panorama. Bunda kamera bir joyda shtativ 
kallagida yoki operatorning yelkasida turgan holatda yuqoridan 
pastga yoki pastdan yuqoriga qaratiladi.
3. Diagonalnaya panorama. Bunda gorizontal va vertikal 
panoramalar birga olib boriladi. Natijada kamera nigohi bir 
vaqtning o‘zida pastdan-yuqoriga va chapdan-o‘ngga buriladi. 
Bunga misol qilib samolyotning xavoga ko‘tarilishini tasvirga 
olish jarayonini keltirish mumkin.
4. Aylanma panorama – bunda kamera tasvirga olish paytida 
bir nuqtadan turib o‘z o‘qi atrofida 360 gradus to‘liq aylanib 
tasvirga oladi. 


157
Shu bilan birga oddiy talaba, kinohavaskor bilishi kerak 
bo‘lgan ayrim qoidalar borki, ularni bilib qo‘yish aslo zarar 
qilmaydi. 
Masalan, uzun fokus masofali ob’ektiv bilan tasvirga olish 
paytida kamera bilan tez panorama qilish mumkin emas. Bunda 
ekrandagi tasvirlar chaplanib ketadi (tomoshabin faqat kadrda 
gorizontal bo‘ylab miltillayotgan chiziqlardan boshqa hech 
narsani ko‘rmaydi) va stroboskop (kadrning sakrashi) effekti hosil 
bo‘ladi. Shuning uchun hatto eng oddiy gorizontal panorama ham 
biror aniq maqsadni ko‘zlagan holda amalga oshirilishi kerak. 
Tasvirga olishni panorama bilan boshlab panorama bilan 
tugatish ham mumkin emas. Professional ijodkor har doim 
olayotgan kadrini boshqa kadrlar bilan montajda qanday 
ko‘rinishini aniq bilishi shart. Uzluksiz panoramada olingan 
kadrlarni statik ya’ni turg‘un holatdagi kadr bilan montaj qilinsa 
bu tomoshabinning ko‘ziga yomon ta’sir qiladi. (Montajning 10 ta 
asosiy tamoyillarini eslang). Doimo panoramali kadrni tasvirga 
olishda panorama qilishdan avval kamida 4-5 soniya statik holatda 
turib keyin panorama boshlash kerak va panorama tugaganidan 
keyin ham yana 4-5 soniya statik holatda turish va ana undan 
keyin kadrni to‘xtatish mumkin bo‘ladi.
Gorizontal yo‘nalishdagi panorama qilib turib birdaniga 
vertikal yo‘nalishdagi panoramaga o‘tib ketish mumkin emas. 
Chunki inson ko‘zi biror yo‘nalishdan boshqasiga moslashishi 
uchun kamida 3-4 soniya vaqt kerak bo‘ladi. Bu inson psixo-
fiziologiyasi bilan bog‘liq.
Panorama unga qo‘yiladigan maqsadga qarab ham turlarga 
ajratilishi mumkin. Ekran ijodiyoti amaliyotida panoramaning 
uchta asosiy turi mavjud: 
Ko‘rinish panoramasi – 
panoramaning
 
eng sodda usuli 
bo‘lib, biror joy, tabiat manzarasi, xona, maydonning umumiy 
ko‘rinishini ko‘rsatib berish uchun foydalaniladi. Bunda kadrda 
biror asosiy ob’ekt bo‘lmaydi, aksincha o‘sha joyning umumiy 
holati, ko‘rinishi yoki atmosferasini ko‘rsatib berish asosiy vazifa 
bo‘ladi. Misol qilib futbol o‘yini boshlanishidan oldin 
ko‘rsatiladigan stadionning umumiy ko‘rinishi kadrlarini keltirish 
mumkin. 
 


158
Kuzatuv panoramasi 
– panoramaning ikkinchi turi bo‘lib, 
bunda kameraning harakati biror ob’ektni, ob’ektlar guruhini yoki 
biror voqeani yaxshiroq ko‘rsatib berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Misol qilib futbol o‘yini jarayonidagi jarima to‘pi tepilishining 
umumiy plandagi kadrlarini keltirish mumkin. 
Ta’qib panoramasi 
– panoramaning uchinchi turi. Bunda 
kamera muayyan aniq bir ob’ektni kuzatadi va asosiy maqsad uni 
doimo kadrda ushlab turishdan iborat bo‘ladi. Misol qilib futbol 
o‘yini 
translyatsiyasi 
paytida 
operatorning 
to‘p 
bilan 
harakatlanayotgan biror futbolchini doim kadrda tutib turishga 
urinishini keltirishimiz mumkin. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish