Кино ва телевидениеда монтаж


Mavzuli montaj uslubi deganda 4 ta va undan ortiq



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

Mavzuli montaj uslubi deganda 4 ta va undan ortiq 
kadrlarni yagona bir mavzu doirasida birlashtirish tushuniladi.
Kadrlarning soni muallifning qanday mavzuni tanlaganiga va uni 
qay tartibda yoritib berishni maqsad qilib olganligiga bog‘liq
bo‘ladi. Ularning soni 5 ta, 10 ta, 15 ta yoki undan ham ko‘p 
bo‘lishi mumkin.
Shunisi diqqatga sazovorki, mavzuli montaj uslubida filmlar 
yaratishda kadrlarning qanday vaqtda tasvirga olinganligi, kim 
tomonidan 
va 
qanday 
usullardan 
foydalanib 
tasvirga 
olinganligining zarracha ahamiyati yo‘q. Rejissyor huddi turli 
rangli toshlardan munchoq yasovchi zargar kabi turli usullarda 
tasvirga olingan lekin mazmun jixatdan yagona mavzuda oid 
kadrlardan bir butun film yaratadi. To‘g‘ri, olingan kadrlarning 
sifati, ularning formati, texnik ko‘rsatkichlari bir-biriga yaqin 
bo‘lishi lozim, lekin ba’zi filmlarda bu talablarning ham 
ahamiyati qolmaydi.
Ba’zan montajning bu usulida butun boshli filmlar 
yaratiladi. Lekin, odatda bu usulda filmlar yaratishda faqatgina 
olingan kadrlarning mavzu jihatdan birligi yetarli emas. Har doim 
bir mavzudagi kadrlar ketma-ketligiga o‘zgacha kayfiyat 
beruvchi, 
unga 
mazmundorlik 
baxsh 
etuvchi 
qandaydir 
elementlarga ehtiyoj tug‘iladi. Xujjatli filmlarda, ijtimoiy 
roliklarda, kinoetyudlarda ko‘pincha shu usuldan foydalaniladi. 
Misol uchun, rejissyor zavod qurilishida ishchilar qanday 
g‘ayrat bilan ishlayotganliklarini ko‘rsatishni maqsad qilib oldi. U 
avvalo operator bilan “Ish avjida” degan ana shu mavzuga oid 
kadrlarni tasvirga olishni boshlaydi: ishchi toshli yerga kirkani 
zarb bilan urdi, g‘isht teruvchi usta g‘isht termoqda, duradgor 
bolta bilan yog‘ochni chopyapti, ishchi yer qazimoqda, 
elektromontyor 
kabellarni 
simyog‘ochga 
ulamoqda, 
ish 


165
boshqaruvchi ishchiga chizmani tushuntirmoqda, samosval 
kuzovidan shag‘al to‘kilmoqda, kran suyuq beton solingan katta 
chelakni shundoqqina kamera ustiga olib keladi, buldozer qumni 
yuklamoqda, hamma yoqqa chang ko‘tarilgan va hokazo.
Operator albatta kadrlarni tasvirga olishda eng yaxshi 
nuqtalardan, rakurslardan ma’lum ijodiy yondashuv bilan tasvirga 
tushiradi. Kadrlar asosan o‘rta va yirik planlarda, ish qurollari, 
inson qo‘llari, gavdasining harakati iloji boricha ekranning katta 
maydonini egallaydigan qilib tasvirga olinadi. Rejissyor ham 
montaj qilishda harakatlarning eng faol va yorqin ifodalangan 
lahzalarni tanlaydi. Lekin bunday usulda montaj qilishda odatda 
bir xil yo‘nalishdagi yoki bir-biriga yo‘nalish jihatdan yaqinroq 
bo‘lgan harakatlar, hatto birinchi kadrdagi harakatni ikkinchisi 
davom ettirayotgandek taassurot beruvchi harakatlar aks etgan 
kadrlarni o‘zaro montaj qilish yaxshi samara beradi.
Buni so‘zlar bilan tushuntirish bir oz mushkul, yaxshisi buni 
ko‘rish va sinab ko‘rish kerak. 
Olingan kadrlarni rejissyor dinamik va g‘ayratli musiqa 
bilan montaj qiladi va natijada, tomoshabinda qurilishda rostdan 
ham “ish avjida” ekan degan umumiy tasavvur hosil bo‘ladi. 
Kinematografchilar jargonida bu uslubni ba’zan kadrlarning 
qisqa muddatlarda tez-tez o‘zgarib turganligi uchun “bobsley” deb 
ham atashadi. Bobsley
 
bu – bir necha o‘rinli boshqariladigan sport 
chanasida o‘tkaziladigan sport musobaqasidir. Bunday chanalar 2 
va 4 o‘rinli bo‘lib, ularning tezligi ba’zida 135-150 km/soatgacha 
yetadi. Bunday musobaqalarni televidenie orqali translyatsiya 
qilish jarayonida chanalarning juda tez harakatlanishi tufayli 
translyatsiya rejissyorlari efirga uzatilayotgan kadrlarni har 
soniyada almashtirib turishadi. Bu jargon so‘z aynan shu 
musobaqalarni efirga uzatuvchi rejissyorlar va operatorlar orasida 
birinchi bo‘lib tarqalgan bo‘lsa ajab emas. 
Mavzuli montajga yana bir misol qilib “sanash usuli”ni 
keltirishimiz mumkin. 
Misol uchun: “Bugun, Chukchalar va Belarussiyaliklar, 
Hitoyliklar va Avstraliya aborigenlari, amerikaliklar va arablar, 
yahudiylar 
va 
yaponiyaliklar 
asr 
uchrashuvi 
– jahon 
chempionatining final bahsini tomosha qilmoqdalar”. Albatta bu 
matnga mos ravishda televizorlari oldida qiziqarli sport o‘yinini 


166
kuzatib o‘tirgan turli millatga mansub futbol muxlislari ketma-
ketlik bilan har xil rakursli kadrlarda ko‘rsatiladi. Bunda har bir 
millat 
vakillarining 
tashqi 
ko‘rinishlari, liboslari, futbol 
ko‘rayotgan sharoitlari bir-biridan tubdan farq qilishi kerak. 
Xuddi shunday usuldan filmlarning treylerlarida
38
va televizion 
anonslarda foydalaniladi. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish