olish” imkoniyatini beradi. Adabiyotning barcha tasvir, ifoda vositalaridan kino
hikoya qilish san‟atini, inson
xarakterini ochib berishni, uning janr boyligini o„ziga
meros qilib oldi. Barcha turdagi kinofilmlarda adabiyot ma‟lum darajada tadbiq
etilganligini ko„ramiz. Masalan, hujjatli kinodagi diktor o„qiyotgan matn, uning
uslubini faqat film syujeti belgilab berib qolmasdan,
adabiyotning tarkibiy qismi
hisoblangan gazeta va jurnal publitsistikasining ta‟siri ham bordir.
Kino va teatr
Kino dunyoga kelgan paytda filmni teatrga qiyos qilib “suratga olingan
spektakl”, “plyonkadagi teatr” va shunga o„xshash ko„pgina iboralar, fikrlar paydo
bo„lgan edi. Garchi bu ta‟riflar mohiyat nuqtai nazaridan xato hisoblansa-da, shunga
qaramasdan ularda badiiy filmning teatrga yaqinligi to„g„ri ochib berilgan edi.
Agar biron bir
spektakl suratga olinadigan, ya‟ni plyonkaga tushiriladigan
bo„lsa, u o„ziga xos barcha hususiyatlari bilan spektaklligicha qolaveradi. Bu bilan u
filmga aylanib qolmaydi, chunki film boshqacha prinsiplar (tamoyillar), qonunlar,
vositalar asosida yaratiladi. Lekin badiiy film inson obrazini
yaratishda aktyorlik
san‟ati vosita orqali, teatrning boy tajribasini o„ziga singdirib olgan. Shuning uchun
ham dastlabki kinoaktyorlar teatrdan tanlab olingan. Keyinchalik ham ko„pgina milliy
kinematograflarda teatr aktyorlari filmlarda qatnashganlar va hozir ham qatnashib
kelmoqdalar.
Kino hali ovozsiz bo„lgan dastlabki paytlarda (1895-1928) aktyor ijrolari
qisman bo„lsa ham teatrni eslatib turgan. Bu yaqqol ko„zga tashlanib turuvchi grim,
kuchli mimika, ifodali plastikalarda namoyon bo„lgan.
Shuningdek kino
mizansahnani tashkil etish, har bir kadrdga yorug„lik berish
san‟atini teatrdan o„rgangan. Teatrdan kinoga obraz yaratishda muhim elementlardan
hisoblangan dekoratsiya, liboslar, grim ham kirib kelgan.
Dastlabki paytlarda kino
mizansahnasi teatr mizansahnasidan deyarli kam farq qilardi, chunki filmlar
pavilonlarda suratga olingani uchun shunday bo„lardi. Dekoratsiya san‟ati garchi
teatrdan kirib kelgan bo„lsa ham, lekin kinoda u o„zining farqli tomonlari bilan ajralib
turadi. Masalan, filmda surati chizilgan deraza bilan cheklanish mumkin emas. Deraza
tabiiy bo„lishi lozim, aks holda kadrlar mazmuni qalbaki bo„lib qoladi.
Kino bilan teatr biri ikkinchisiga yaqin bo„lgan san‟at bo„lsa ham,
ular bir-
biridan ancha farq qiladi. Lekin ular doimiy ravishda ijodiy hamkorlikda bo„ladi.
Teatr aktyorlari kinoga (u “tilga kirgan” vaqtda) so„z san‟atini olib kirdilar. Kinodagi
nutq madaniyati, albatta teatr ta‟sirini o„zida aks ettiradi, chunki teatrda so„z
qahramon tavsifining asosiy vositasi hisoblanadi. Vaqt o„tishi bilan kino san‟at
sifatida kamolotga erishgach, uning o„zi ham teatrga ta‟sir o„tkaza boshladi. Bu
batamom
tushunarli narsa, chunki bu har ikkala san‟at badiiy madaniyat tizimida
o„zaro bir-biri bilan mustahkam bog„liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: