1.1. Kinematografiya tarixi va rivoji
Raqamli
kinematografiya
haqida
gapirishdan
avval
ananaviy
kinematografiyaning tarixiy bosqichi va konsepsiyalari bilan tanishish o„rinlidir.
San‟atning yangi turi bo„lgan kinoning vujudga
kelishi va rivojlanishi fan, texnika
taraqqiyoti hamda ungacha bo„lgan san‟at turlarining erishgan yutuqlari bilan
bog„liq.
Kinematografiyaning paydo bo„lishi fotografiya va plyonkani ixtiro qilinganligi
bilan uzviy bog„liq. Bo„lajak kino uchun J. Plato ixtiro etgan harakatlanuvchi
rasmlarga ega bo„lgan apparat, Edisonning harakatni plyonkaga
uzatuvchi apparati
muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni vaqtda proeksion apparatni ham yaratish yuzasidan
tajribalar olib borildi. AQSh, Germaniya, Fransiya va Rossiyada kinoni kashf etish
yuzasidan izlanishlar olib borildi va asosiy texnikaviy kashfiyotlar qilindi: suratga
oluvchi va ko„rsatuvchi (s‟yomka va proeksion)
apparatlar yaratildi, maxsus
kinoplyonka ishlab chiqildi. Huddi mana shu narsalardan aka-uka Lyumerlar
dastlabki filmlarni suratga olishdi va 1895 yil 28 dekabrda Parijda ilk bor namoyish
etishdi. Shu kun kino san‟atining vujudga kelish kuni hisoblanadi.
Qadim zamonlarda jahon xalqlarining qoyalarga
chizib qoldirgan rasmlar,
miniatyuralar, XVIII va XIXasrlarda esa grafikaning rivojlanishi, rangtasvir va
nihoyat, fotografiyaning paydo bo„lishi-bularning hammasi makon va vaqt, harakat va
vaqtni birlashtirish yo„llarini izlash bilan bog„liq bo„ldi. Har bir san‟at turini batafsil
o„rganishda shu muhim vazifalarni hal etishga intilishni ko„ramiz. Masalan, har
qanday sharq miniatyurasining kompozitsiyasi unda kechayotgan harakatning
murakkab izchil uyg„unlashuvdan iborat bo„lib, bu esa ularning mualliflari o„z
asarlarida vaqtni aks ettirishga intilganliklarini ko„rsatadi.
Ko„pgina rassomlarning ijodida (Dom‟e: “Don Kixot va Sancho Panso”),
mashhur fransuz fotografi Pol Nodarning olgan rasmlarida (hozirgi
atama bilan
ifodalanganda) “seriyalik”ning paydo bo„lishini, ularda vaqt va harakat jarayonini
to„liq ko„rsatib berishga, gavdalantirishga intilishni ko„rish mumkin. Jahon rassomlari
o„z san‟atlarida shunday ifoda vositalarini izlaganlarki, natijada ular o„zlari ishlagan
rasmlarda harakatni g„oyat xilma-xil plan va rakurslarda ko„rsatib berishga
erishganlar.
Vaqt va makonda harakat dinamikasini tasviriy san‟at orqali ko„rsatib berish
yo„lidagi
tinimsiz izlanishlarni, masalan, rassomlardan P. Breygel, I. Repin hamda
impressionistlar asarlaridan topish mumkin. Binobarin, yosh kino ham ana shu
izlanishlarga befarq bo„la olmadi, u o„zining rivojlanishida
ana shu izlanishlar
natijalaridan foydalandi. Kino ovozsiz bo„lgan davrda uning tasviriy san‟atga
yaqinligi, ayniqsa yaqqol seziladi. Shunga ko„ra ko„pgina kino nazariyotchilar kinoni
tasviriy san‟atga mansub deb hisoblashlari bejiz emas. Masalan, buyuk kinorejissyor
S.M. Eyzenshteynning fikricha, kino tarixi rangtasvir tarixining bir qismidir.
Kino o„zigacha bo„lgan barcha san‟atlar tajribasini o„zlashtirgan holda
shakllandi. Bu san‟atlarning har biridan o„zining ifoda vositalarini rivojlantirishga
yordam beradigan hususiyatlarni olishga intildi. O„zbek badiiy kinosi shakllanishi
endi boshlanib kelayotgan 1927 yilda Fitrat o„zining “San‟atning manbai (kelib
chiqishi)” nomli maqolasida “kino ham teatr singari oltita ajoyib san‟at: raqs, musiqa,
adabiyot,
rangtasvir, haykaltaroshlik, me‟morlikdan kelib chiqqan: yoki boshqacha
qilib aytganda: kino-oltita qadimiy ajoyib san‟atning samarali mevasidir”
1
, deb
yozgan edi.
Oradan biroz vaqt o„tgach kino muayyan tajribaga ega bo„ldi, bu tajriba nazariy
umumlashmalar qilish imkonini berdi va kino to„g„risida ko„plab asarlar yozgan S.M.
Eyzenshteyn ham “kinodagi har bir unsurning ildizlari boshqa san‟atlarda yotadi”
2
,
deb hulosalar chiqargan.
Kino o„zining shakllanishida bir-biriga yaqin san‟atlardan tajribalarni singdirib
olganligi bois qisqa vaqt ichida chinakam san‟atga aylanishiga, an‟anaviy san‟atlar
bilan bir safga turishga imkon yaratildi.