Nuqta (jism) harakatlangan paytda ketma-ket vaziyatlarni ifodalaydigan nuqtalarning geometrik o`rniga trayektoriya (harakat chizig`i) deb ataladi. - Nuqta (jism) harakatlangan paytda ketma-ket vaziyatlarni ifodalaydigan nuqtalarning geometrik o`rniga trayektoriya (harakat chizig`i) deb ataladi.
- Harakatlar nuqta trayektoriyasiga qarab to`g`ri va egri chiziqli harakatlarga, nuqta harakatining jadalligiga qarab tekis va notekis harakatlarga bo`linadi.
- Kinematikada nuqtaning harakati
- Nuqta t vaqtda A holatni, t + ∆t vaqtdan so`ng A1 holatni egallaydi. Orttirma ∆t vaqt juda kichik bo`lganligi sababli, AA1 yoyni AA1 vatar bilan almashtirish mumkin. Bu holda ∆s yoyning uzunligi vaqt funksiyasining ∆t vaqt oralig`idagi orttirmasiga teng bo`ladi, ya`ni
- yoki
- Nuqta harakatining tezligi birinchi yaqinlashuvda
- ko`rinishda aniqlanadi. Nuqtaning tezligi vektor kattalik bo`lib, yo`nalish va modulga ega. O`rtacha tezlik vektori A nuqtadan A1 nuqtaga vektor bo`ylab yo`naladi.
- Nuqtaning haqiqiy tezligi υ ni topish uchun limitga o`tamiz:
- (a) ni e`tiborga olsak quyidagi hosil bo`ladi:
- Matematikadan ma`lumki, funksiya orttirmasining argument mos orttirmasiga nisbatining argument orttirmasi nolga intilgandagi limiti shu funksiyaning hosilasi
- deyiladi. Qabul qilingan belgilashlarga asosan hosilani
- ko`rinishda yozamiz.
Demak, nuqtaning tezligi harakat tenglamasidan vaqt bo`yicha olingan birinchi tartibli hosilasiga teng ekan. - Demak, nuqtaning tezligi harakat tenglamasidan vaqt bo`yicha olingan birinchi tartibli hosilasiga teng ekan.
- Nuqtaning tezlik vektorini koordinata o`qlariga proyeksiyalab (1.48-shakl, b), vx=vcosα va vy = vsinα ifodalarni hosil qilamiz.
- Bu yerda α — tezlik vektorining Ox o`qi bilan tashkil etgan burchagi. Faraz qilaylik, moddiy nuqta x 0 y koordinata tekisligida x= f1(t), y = f2(t) tenglamalarga muvofiq harakatlansin. U holda, moddiy nuqtaning tezligi tezlik vektorining koordinata o`qlaridagi proyeksiyalari bilan aniqlanadi:
- Demak, moddiy nuqta tezligining qo`zg`almas koordinata o`qlariga proyeksiyalari harakatdagi nuqtaning mos koordinatalaridan vaqt bo`yicha olingan birinchi tartibli hosilasiga teng.
- Tezlikning koordinata o`qlaridagi proyeksiyalari ma`lum bo`lganda, tezlikning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
- yoki
- Tezlik vektorining yo`nalishi yo`naltiruvchi kosinuslar bo`yicha topiladi:
- Nuqta egri chiziqli trayektoriya bo`ylab harakatlanganda uning tezligi miqdor va yo`nalish jihatidan o`zgarishi mumkin.
- Odatda, birlik vaqt mobaynida tezlikning o`zgarishi tezlanish deb yuritiladi. Egri chiziqli trayektoriya bo`ylab harakatlanayotgan ixtiyoriy A nuqta ∆t vaqt davomida A holatdan A1 holatga o`tsin (1.49-shakl, a).
Do'stlaringiz bilan baham: |