2. Galogenlovchi agentlar. Eng muhim galogenlovchi agentlar-bu erkin galogenlar va suvsiz galogenvodorodlardir. Atmosfera bosimi ostida ularning qaynash temperaturasi quyidagicha, 0C:
F2 ... -188,0; HF... 19,4
Cl2 ... -34,6; HCl ... -83,7
Br2 ... 58,8; HBr... -67,0
Ushbu galogenlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi Br2>Cl2>F2 va HBr>HCl>HF. Bu xususiyatlari ularni suyuq fazada galogenlashda muhim ahamiyatga ega. Ular o‘tkir hidli bo‘lib, ko‘zni, nafas olish organlarini yallig‘lantiradi.
Cl2 olishda NaCl suvli eritmasi elektroliz qilinadi, natijada bir vaqtning o‘zida vodorod va ishqor hosil bo‘ladi:
NaCl « Na+ + Cl-
H2O « H+ + OH-
YUqori temperaturada vodorod va xlorni o‘zaro birikishi natijasida vodorod xlorid sintez qilinadi:
H2 + Cl2 ® 2HCl
Do'stlaringiz bilan baham: |