Simobsiz katalizatorlar yordamida gidratatsiya olib borish.Yuqorida ko'rilgan usulning eng katta kamchiliklaridan biri, katalizator sifatida zaharli va qimmat simob tuzlarini qo'llash hisoblanadi. Shuning uchun uzoq vaqtlar davomida simobsiz katalizatorlar qo'llash ustida ishlar olib borildi va natijada fosfat kislota, magniy, rux, kaliy fosfatlar katalizator vazifasini bajarish mumkinligi aniqlandi. Ushbu katalizatorlarni simob tuzlariga nisbatan faolligi ancha past bo'lib, ular geterogen katalizatorlariga o'xshab faqat yuqori temperaturada ishlaydi. Ular orasida CdHPO4, Ca3(PO4)2 aralashmasi amaliyotda o'z o'rnini topdi, chunki u davriy sistemada simob qatori metallar qatoriga tegishli bolib, kislota xususiyatini namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |