O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INISTITUTI
Oliy ta’limning “KIMYOVIY TEXNALOGIYA” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun
Kimyo injinering uchun axborot texnalogiyalari FANIDAN KURS ISHLARINI BAJARISHGA DOIR
USLUBIY KO’RSATMA
Bajardi: Xidirov.X
O’qituvchi: Ibragimova. N
2020-yil
Mavzu:AKTni tashkil etuvchi komponentalari.
Kalit so’zlar:
Shaxsiy kompyuterlar
Proektor
Multimedia vositalari
Skanner
Video kamera
Raqamli fotoapparat
Globallashuv, axborot-kommunikatsiya taraqqiyoti axborot almashish jarayoni yanada tezlashtirishga xizmat qilayotir. Bugungi kunda maktab o'quvchisi, hatto bog'cha bolasi qo'lida ham mobil telefon borligi hech kimni ajablantirmay qo'ydi. Uyali aloqa vositalari, planshet, kompyuter texnologiyalari, internetning imkoniyatlari had-hududsiz ekanligi hammaga ayon. Kundalik turmushimizda oddiy voqelikka aylangan ana shunday zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan jamiyatimizning barcha a'zolari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar unumli foydalanishga intilmoqda. Bundan shahar yo'lovchi tashish transporti korxonalari ham mustasno emas.
Prezidentimizning 2013 yil 9 oktyabrda qabul qilingan "Toshkent shahrida yo'lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida sohaga yo'lovchi tashishni boshqarish, jamoat transporti qatnovi jadvallari va intervallarini qat'iy rioya etishni ta'minlaydigan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, harakatlanadigan tarkibning qatnovi ustidan on-layn tartibida masofadan turib nazorat qiladigan (GPS) tizimni joriy etish, avtotransport korxonalarining moliya-xo'jalik faoliyati rentabelligini oshirish, ishlab-chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan edi. O'tgan davr mobaynida kompaniya va uning tarmoq korxonalarida bu borada talay ishlar amalga oshirildi. Xususan, "Toshshahartransxizmat" AK tarkibidagi korxonalar tasarrufidagi 1419ta transport vositasiga on-layn tartibida masofadan turib kuzatish tizimi – GPS trekerlari o'rnatildi. Shu bilan birga zamonaviy markaziy nozimlik xizmati faoliyati yo'lga qo'yildi. Bundan tashqari kompaniya tarmoq korxonalarida moliya resurslarini boshqarish texnik vositalar, jumladan, avtomashinalar soni, ularning holati, zaxira qismlar va boshqa moddiy boyliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni hisobga olish bo'yicha yagona avtomatlashtirilgan dasturiy ta'minot yaratish ustida ish olib borilmoqda. Shuningdek, yo'l varaqalarini hisobga olish va avtomatik qayta ishlash bo'yicha dasturiy ta'minot joriy etishni hisobga olgan holda Toshkent shahrida yo'lovchi tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan dasturini amaliyotga tatbiq etish borasida ham ishlar boshlab yuborilgan.
- Yurtboshimiz va Vazirlar Mahkamasining sohani rivojlantirishga oid qarorlari asosida tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda, – deydi kompaniya axborot kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi O'tkir Ayupov. - Bu jarayonda, avvalo, rivojlangan davlatlar ish tajribasi o'rganilib, mintaqamizga mos va xos tizim yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida samarali faoliyat ko'rsatayotgan "BePro" va "Pozitiv Pro System" kabi mas'uliyati cheklangan jamiyatlar bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Bugungi kunda milliy domenlarimiz asosida yaratilgan dasturlarimiz "8-avtobus saroyi" MChJda ish boshladi. Uning ishini qolgan avtokorxonalarda ham keng joriy etish borasida sa'y-harakatlar izchil davom ettirilayotir.
- Avtokorxona mutasaddilari milliy dastur ijodkorlariga avtosaroy faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumot berib, shu asosda yangi avtomatlashtirilgan tizim yaratishni taklif qilishdi. Soha mutaxassislari bir yil davomida avtokorxona ichki va tashqi muhitini o'rganib o'z loyihalarini taqdim etishdi, – deydi "8-avtobus saroyi" MChJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi Ulug'bek Salamullaev. - Birinchi elektron dastur 1UZ deb nomlanib, u o'z ichiga avtokorxonadagi moliya resurslari, xodimlar faoliyati, ichki va tashqi hisob-kitoblarni qamrab olgan. Unga batafsil to'xtaladigan bo'lsak, markaziy serverga ulangan dasturdan foydalangan avtosaroy xodimlar bo'limi mutaxassislari ishchi-xizmatchilar haqidagi batafsil ma'lumotlarni elektron tarzda saqlash, uzatish, qo'shimcha va takliflar berish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Avtokorxonaning reja-iqtisodiyot bo'limi xodimlarning ish jarayonini avtomatlashtirilgan tartibda bevosita qayd qilib boryapti. Avtosaroy buxgalteriyasi esa barcha moliya-xo'jalik hisobini bilvosita avtomotlashtirilgan tartibda amalga oshirmoqda. Mazkur dasturni "BePro" MChJ mutaxassislari yaratdi.
Ikkinchi dastur "Pozitiv Pro System" mas'uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilib, avtokorxonadagi texnik vositalar haqida batafsil ma'lumot olish va uzatish imkonini bermoqda. Dastur avtokorxona avtosaf boshliqlari ishidan boshlanadi. Avtosaf boshlig'i harakat tarkibi texnik holati va ertangi kunda yo'nalishlarda yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadigan transport vositalari haqidagi batafsil ma'lumotni dasturga kiritadi. Ushbu ma'lumotni avtokorxona GSM muhandislari nazoratga olib, yoqilg'i sarfi aniqlanadi va ehtiyoj zaxirasi shakllantiriladi. Ana shu ma'lumot reja-iqtisodiyot bo'limi hamda navbatchi mexanik, nozimlar kompyuter panelida ham paydo bo'ladi. Bu ham ishni oldindan rejalashtirish, ham vaqt va qog'oz tejamkorligini ta'minlaydi. Ishchi-xizmatchilar faoliyati muntazam nazoratga olingani jamoada tartib-intizomni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
- Axborotlashtirilgan yangi tizimning ko'plab qulayliklari bor ekan, – deydi avtokorxona birinchi avtosaf boshlig'i Doniyor Po'latov. - Dastur vositasida, avvalo, transport vositalarining texnik holati, zaxira qismlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Ahamiyatlisi, ushbu ma'lumotlardan avtokorxonaning barcha mutasaddi xodimi ham xabardor bo'ladi. Biz yo'nalishda ishlayotgan avtobusning texnik xarakteristikasi hamda haydovchilar haqidagi ma'lumotlarni dasturga kiritsak kifoya. Kiritilgan ma'lumot asosida navbatchi mexanik ishga chiqayotgan harakat tarkibi haqida, avvaldan xabardor bo'ladi. U haydovchi hamda avtobusning texnik holatini nazoratdan o'tkazib yo'nalishga chiqaradi. Xodimlar bo'limi esa bugun qaysi haydovchi yo'nalishga chiqqani haqida axborot oladi. Tizim ishini dinamik tarzda davom ettiradi.
- Mazkur tizimdan bir oydan buyon foydalanyapmiz, – deydi xodimlar bo'limi inspektori Xushnida Ahmadxo'jaeva. - Dasturga, ishchi-xizmatchilar haqidagi barcha ma'lumotlarni kirityapmiz. Xususan, xodimning ismi-sharifi, tabel raqami, oilaviy holati, mehnat tajribasi kabi ma'lumotlar o'rin olgan. Dastur ish vositasida qaysi xodim bir oy davomida qancha soat ishlagani, yutuqlari, yo'l qo'ygan kamchilik va nuqsonlari haqida ham bilib olish imkoniyatiga egamiz. Dastur xodimlar haqidagi ma'lumotlarni har oyda ma'lum qiladi. Shu orqali ish rejasini aniq tuzish, faoliyat barqarorligiga erishish mumkin.
- Yangi dastur ish jarayonini ancha engillashtirdi, – deydi avtokorxona bosh buxgalterining o'rinbosari Shahnoza Atakaeva. - Ushbu tizim vositasida avtokorxonadagi barcha moliya-xo'jalik ishlarini avtomatlashtirilgan holda amalga oshiryapmiz. Bugungi kunda iqtisod va moliya bilan shug'ullanadigan barcha tashkilot to'liq avtomatlashtirilgan. Xususan, soliq ma'lumotlari o'tgan yildan beri faqat elektron tarzda qabul qilinmoqda. Tijorat banklarida ham bank-mijoz portali ishlab turibdi. Biz bu tizim orqali, avvalo, qimmatli vaqtimiz hamda katta miqdordagi qog'ozni tejash imkoniga ega bo'ldik. Dastur dastlab korxonaning ichki sarf-xarajati, moliya-xo'jalik hisobini avtomatlashtiradi. Bu bilan ma'lumotlar bazasi oydinlashadi. Iqtisodiyot, reja-iqtisodiyot bo'limlaridan kelgan ma'lumotlar avtomat hisob-kitob qilinadi. Pul ko'chirmalari, daromad va xarajatlar rejasi haqida oyma-oy ma'lumot olish imkoni mavjud. Uning nihoyatda samarali ekanini hozirdanoq bemalol aytish mumkin. Masalan, biz ishlayotgan dastur hamkor tashkilotlarimiz dasturlarini erkin o'qiydi, bizga va unga mos qilib uzatib beradi. Bu ishimizni ancha osonlashtiradi. O'z navbatida ish unumdorligi va samaradorligini ham oshirishi shubhasiz.
Muxtasar aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sohaga keng joriy etilishi ish samardorligi va barqarorligini kafolatlashi tayin. Uning imkoniyatlari yil sayin ortib bormoqda. Faqat ulardan unumli foydalanish joiz.
Kecha zamonaviy hisoblangan texnika yoki texnologiya bugun eskirib, o‘rnini yangisiga bo‘shatib berayotgan, rivojlanish shiddatli tus olgan davrda yashayapmiz. Bu jadallik, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya sohasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat iqtisodiyotini belgilab beruvchi va rivojlantiruvchi kuchga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |