33-rasm. Sathni uzluksiz ARS ning prinsipial sxemasi.
Sath oziq-ovqat sanoatida keng qo’llaniladigan p’ezometrik usulda o’lchanadi. Trubka va pnevmokuchaytirgich 2 kirishidagi havoning bosimi sharbat sathiga proporsionaldir. Bosim va quvvati kuchaytirilgan pnevmosignal sharbat kelayotgan truboprovodda o’rnatilgan rostlovchi klapan 6 bilan bog’langan membrana-prujinali ijro etuvchi mexanizm 5 dan tuzilgan pnevmatik ijro etuvchi mexanizmga keladi. Idishdan sharbat nasos 8 orqali olinadi.
Sistemada sharbat sathi uzluksiz o’zgarsa, membranaga kelayotgan kuch ham uzluksiz bo’ladi. Membrana o’zining qattiq markazi bilan prujinani qisib zatvor 4 ni harakatlantiradi. Klapan 7 ning o’tish kesimi kichrayib, idishga kelayotgan sharbat ham kamayadi va satx berilgan qiymatga etkaziladi.
Uzlukli ARSlarda rostlanayotgan kattalikning uzluksiz o’zgarib, o’zining maksimal yoki minimal qiymatiga etganda rostlovchi organ harakatlanadi. Bunday ARS o’z navbatida releli (pozision) va impul’sli turlariga bo’linadi.
Idishda suyuqlik sathini RU-ZE (3 elektrodli) turidagi sath relesi bilan ARS ni (19-rasm) ko’rib o’tamiz.
34-rasm. Sathni releli ARS ning prinsipial sxemasi.
Suyuqlik idish 2 ga shtok 5 yordamida elektromagnitli klapan EV o’zagi 6 bilan bog’langan shiber 4 o’rnatilgan truboprovod 3 orqali tushadi. Idishdan suyuqlik iste’molchilarga elektrodvigatel’ M bilan nasos yordamida uzatiladi. Idishda elektrod E1 yuqori sath belgisida (VU), elektrod E2 pastki satx belgisida (NU) va elektrod EZ pastki nuqta ostida o’rnatilgan. Sath relesi tarkibiga elektrodlardan tashqari pasaytiruvchi transformator T1, ko’prikli tugrilagich VD1-VD4, K 1 rele va S1 kondensator kiradi. Sath NU belgidan past bo’lganda rele K1 toksizlanadi va uning kontaktlari K1 (11-12) tutashadi hamda elektromagnitli shiber ochilib, suyuqlik idishga tushadi. Suyuqlik sathi E1 elektroddan o’tib VU belgiga etsa, rele K1 ishga tushadi, o’zining ajraluvchi kontaktlari K1 (11-12) elektromagnitni toksizlantirib shiberni yopadi. SHu bilan bir vaqtda K1 rele o’zining himoyalovchi tutashuvchi kontaktlari (8-9) bilan ulanadi. Sath NU belgiga etganda shiber qayta ochiladi. SHunday qilib, rostlanayotgan kattalik uzluksiz o’zgarishida rostlovchi organ uzlukli harakatlanib ikki holatni («ochiq» va yopiq») egallaydi. Impul’sli ARSda uzuvchi zveno bo’lib impul’sli element hisoblanadi. Impul’sli element uzluksiz kirish signalini alohida impul’slarga aylantiradi. Eng ko’p tarqalgan impul’sli elementlarga quyidagilar kiradi:
Birinchi turdagi impul’sli elementda chiqishda amplitudasi chiqish signaliga proporsional bir xil davomiylikka ega impul’s chikaradi (20,a- rasm) amplituda impul’sli modullash.
35- a,b-rasm. Impul’sli modullash turlari.
Ikkinchi xil impul’sli elementda esa chiqishda bir xil amplitudali kirish signaliga proporsional doimiylikka ega impul’slar hosil bo’ladi, (20,b -rasm) kenglik-impul’sli modullash.
Impul’sli sistemasiga temperaturani stabillash ARS misol qilamiz. Sistemaning sezgir elementi bo’lib, ko’prikning diagonalida tok kuchini o’lchovchi gal’vonometr G hisoblanadi.(21,a -rasm) ko’prik va qarshiliklardan tuzilgan bo’lib bir elkasiga qarshilik ulangan. Gal’vonometr strelkasining og’ishi - rostlash ob’ektidagi temperaturaning o’zgarishiga bog’liq. gal’vonometr strelkasi va kuchaytirgich o’rtasida impul’sli element (21,b rasm) o’rnatilgan.
36-rasm. Temperaturani impul’sli ARS.
a)-prinsipial sxema; b) impul’sli elementni sxemasi
Rostlash organini harakatga keltiruvchi elektrodvigatel’ M kuchaytirgichdan manba oladi.
Gal’vanometr G strelkasi SG potensiometr ostida bemalol chapga va yongga harakatlanadi. Strelka osti «tushuvchi elementli» eks markazga tayangan surgich o’rnatilgan, bo’lib o’zgarmas burchak tezlik bilan harakatlanadi. Agar «tushuvchi element» pastki holatida bo’lsa, qandaydir qisqa vaqt ichida gal’vanometrning strelkasi potensiometr chulg’amini qisadi. o’sha vaqtda kuchaytirgichga kuchlanish impul’slari beriladi. Impul’slarni berish vaqti sistema tashqarisidan berilib, eks markaz burchakli aylanish tezligiga proporsionaldir. Rostlovchi organ uzlukli impul’slarga mos harakatlanib qandaydir teng vaqt oralig’ida ob’ektga ta’sir qiladi.
Impul’sli ARSlariga sonli hisoblash qurilmasi bulgan avtomatik rostlash sistemalari kiradi. Rostlash konturining soniga ko’ra bir konturli va ko’p konturli ARS bo’ladi.
Bir konturli ARS bitta rostlanayotgan kattalikning qiymatini rostlab, bitta teskari bog’lanishga ega bo’ladi. Ko’p konturli ARSda bitta rostlagich bir rostlanayotgan kattalikning xar xil kanallarida bir nechta rostlovchi organlarni boshqaradi.
Tekshirish uchun savollar:
-
Ishlab chiqarish jarayoni nima?
-
Avtomatlashtirish davrlarini tushuntiring.
-
Avtomatik kontrol nima?
-
Avtomatik rostlash sistemasi ishini tushuntiring.
-
Avtomatik boshqarishning mohiyati nimada?
-
Avtomatik rostlash sistemasini topshiriqni turiga ko’ra klassifikasiyalab bering.
Adabiyotlar:
1. Yusufbekov N.R., Muhammedov B.E., G’ulomov SH.М. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. Тоshkеnt. “O’qituvchi”, 1997.-704 b.
2. Muhammedov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlarni o’lchash usullari va asboblari. Тоshkеnt. “O’qituvchi”, 1991. – 319 b.
3. Yusufbekov N.R. va boshqalar. Avtomatika va ishlab chiqarish prosesslarining avtomatlashtirilishi. Тоshkеnt. “O’qituvchi”, 1982. – 351 b.
4. Usmonov A.U., Shomurodova D.М. “Avtomatika asoslari” fanidan ma’ruzalar matni. Buxoro. “Muallif”, 1999. – 70 b.
5. Staroverov A.G. Osnovi avtomatizasii proizvodstva. М.: “Mashinostroyenie”, 1989.
6. Masurov X.M. Avtomatika va paxtani dastlabki ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish. Тоshkеnt. “O’qituvchi”, 1991.
7. Brilliantov V.V. Avtomatizasiya proizvodstva I KIP. М.: “Nedra”, 1989. – 271 s.
8. Isakovich R.Ya. Kontrol i avtomatizasiya dobichi nefti I gaza. М.: “Nedra”, 1985.
9. Usmonov A.U., Shomurodova D.M. Nazorat o’lchov asboblari va ularni o’rnatish. Toshkent. “Bilim”, 2005. – 136 b.
Mundarija
-
Kirish ………………………………………………………………………….3
-
Avtomatik rostlash sistemalarining funksional sxemalarini qurish……….…..4
-
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funktcional
sxemasini chizishda qo’yiladigan talablar…………………………………………………….…….….5
-
Avtomatlashtirish vositalari va asboblarni tasvirlash……………….……….…6
-
Sarfni rostlash ob`ektlarini va materiallarni uzluksiz dozalashni avtomatlashtirish………………………………………………………………....…16
-
Avtomatik rostlash sistemasi xarakteristikalarini qurish……………………22
-
Sistemalarning chastotali xarakteristikalari…………………………………23
-
Avtomatik rostlash sistemalari turg’unligini aniqlash……………………....30
-
Rauss-Gurvis algebraik kriteriyasi…………………………………………..31
-
Chastotali turg’unlik kriteriyalari. Mixaylov kriteriyasi………………….…33
-
Naykvist turg’unlik kriteriyasi………………………………………..……..35
-
Rostlash organini hisoblash va tanlash………………………………………40
-
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sistemalari……………….…55
-
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari…..…57
-
TJ ABS funksiyasi, strukturasi va klassifikasiyasi……………………..……58
-
TJ ABS ni klassifikasiyasi………………………………………………..….61
-
Adabiyotlar ro’xati………………………………………………………..….82
Do'stlaringiz bilan baham: |