Kimyoviy tenglamalar - kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formulalar, belgilar va son koeffitsiyentlari yordamida berilgan qisqacha ifodasi. Kimyoviy tenglamalar tenglik alomatining chap tomoniga reaksiya uchun olingan moddalarning formulalari, oʻng tomoniga esa reaksiya natijasida hosil boʻlgan mahsulotlarning formulalari yoziladi. Reaksiya natijasida atomlarning umumiy soni oʻzgarmaydi, shuning uchun tenglik alomatining chap va oʻng tomonidagi har bir element atomlarining soni teng boʻlishi shart. Kimyoviy tenglamalar tuzishda moddalarning massasi va massaning saqlanish qonuniga asoslaniladi. Mas, vodorod bilan kisloroddan suv hosil boʻlish reaksiyasi tenglamasi quyidagicha ifodalanadi: 2N2O+O2= =2N2O. Reaksiyada 2 mol (4 g) vodorod 1 mol (32 g) kislorod bilan birikib, 2 mol (36 g) suv hosil qiladi. Kimyoviy tenglamalar lab. va ishlab chiqarishda muayyan reaksiyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan har xil hisoblarni oʻtkazishga imkon beradi.
Bitta murakkab moddadan ikkita yoki undan ortiq murakkab modda hosil bo’lsa, bunday reaksiyalar ajralish reaksiyasi deyiladi
Ikki yoki undan ortiq oddiy yoki murakkab moddalar (molekulalarining) birikishidan bitta murakkab modda hosil bo’lsa, bunday reaksiya birikish reaksiyasi deyiladi
Bitta murakkab modda tarkibidagi bir element atomi o’rnini boshqa element lishi natijasida yangi murakkab modda va oddiy modda hosil bo’lsa, bunday reaksiya o’rin olish reaksiyasi deyiladi
Ikki murakkab modda tarkibidagi elementlarning atomlariqayta guruhlanib, ikkita yangi modda hosil bo’lsa, bunday reaksiya almashinish reaksiyasi deyiladi