Kimyoviy reaktorlarni



Download 0,71 Mb.
bet9/20
Sana12.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#659287
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
kurs ishi 12

Reaktorlar. Hozirgi zamon katalizatorning mavhum qaynash qatlamli kreking qurilmalari diametri 2500-12000 mm, balandligi 27000 mm gacha bo’lgan silindrsimon korpusli, konussimon taglikka ega bo’lgan apparatdir. Reaktordagi temperatura 450-4800S ni tashkil etadi. Apparat korpusi uglerodli po’latdan yoki bimetalldan tayyorlanadi.  2-rasmda reaktor sxemasi tasvirlangan.

2-rasm. Changsimon katalizatorli reaktorning sxemasi:1- xom ashyo va katalizatorni taqsimlash zonasi; 2-reaksion zona; 3-cho’ktirish zonasi; 4-siklonlar; 5-
bug’latish zonasi; I-xom ashyo va katalizator; II-reaksiya mahsulotlari; III- katalizatorni chiqarish; IV-suv bug’i.

Reaktorda beshta harakterli zonasi belgilangan: bug’ va katalizator aralashmasini taqsimlash zonasi, reaksion zona, cho’ktirish zonasi, siklonlar joylashgan zona va bug’latish zonasi.


3-rasmda shunday zonalari mavjud bo’lgan yana bir reaktor sxemasi tasvirlangan. Bu reaktor yuqorisi va pastidan konussimon qopqoqlar bilan bekitilgan. Apparat diametri 5350 mm, balandligi 26400 mm. Apparat korpusi ichki tomondan shlakovata bilan himoyalangan va o’tga chidamli g’isht hamda po’lat list bilan
qoplangan. Ustki qopqoq ham korpusga payvandlangan tavr ustunlarda o’rnatiladigan o’tga chidamli g’isht bilan qoplangan.

3-rasm. Changsimon katalizatorli kreking qurilmasining reaktori:1-xom-
ashyo va katalizatorni taqsimlash zonasi; 2-reaksion zona;3- cho’ktirish zonasi; 4- siklonlar; 5-bug’latish zonasi; I- xom-ashyo va katalizator; II – reaksiya mahsulotlari; III – katalizatorni chiqarish; IV- suv bug’i.

Katalizator va xom-ashyo aralashmasi 35-50 mm diametrli teshiklari bo’lgan panjara shaklidagi taqsimlash qurilmasi ostiga beriladi. Panjara aralashma ta`sirida tez eyilishini hisobga olib 20-40 mm qalinlikdagi xrommolibidenli yoki uglerodli po’latdan tayyorlanadi. Panjara xom-ashyo va katalizator oqimini reaktorning butun ko’ndalang kesimi bo’yicha bir tekis taqsimlash vazifasini bajaradi.


Reaktor pastki qismida panjara ustida vertikal to’siqlar o’rnatish yo’li bilan bug’latish zonasi hosil qilinadi. Bu yerda ishlatilgan katalizatordan o’ta qizdirilgan suv bug’i yordamida uglevodorod bug’lari ajratiladi.
Cho’ktirish zonasining balandligi odatda 4,5 m ni tashkil etadi. Bug’ bilan olib ketilayotgan katalizator mayda zarralari o’tirish va mavhum qaynash qatlamiga qaytishga ulgurishini ta`minlash maqsadida zona balandligini 6-8 m bo’ladi.
Bug’lar o’tirishga ulgurmagan katalizator changlari bilan birgalikda yuqoriga ko’tarilib, 8 ta siklondan iborat siklonlar batareyasiga kiradi. Bu yerda katalizator changlari ajratilib mavhum qaynash zonasiga qaytariladi. Bug’lar esa reaktorning yig’ish kamerasida to’planib, rektifikasion kolonnaga uzatiladi.
Sirtida 1,1-1,3 % koksi bo’lgan ishlatilgan katalizator apparatning pastki qismidan chiqariladi. Reaktorga xom-ashyo beriladigan va reaksiya mahsulotlari chiqariladigan quvurlaroning diametri 1 m ni tashkil etadi.
Ishchi parametrlar. Reaktorning asosiy ish ko’rsatkichlari temperatura va bosimdir. Reaksion zonadagi o’rtacha temperatura reaktorga kiritilayotgan xom- ashyo va katalizator miqdori, temperaturalari va hossalari bilan belgilanadi. Xom- ashyo va katalizator sarfi o’zgarmas bo’lgan hollarda esa temperatura rejimi xom- ashyoni dastlabki isitish temperaturasi va katalizator sirkullyasiyasi karraligi bilan rostlanadi.
Apparatga kiritilayotgan regenerasiyalangan katalizator miqdorining u bilan birga berilayotgan xom-ashyo miqdoriga nisbatiga sirkullyasiya karraligi deyiladi. Bu nisbat katalizator berilish tezligini oshirish yoki xom-ashyoning sarfini kamaytirish yo’li bilan rostlanadi. Sirkullyasiya karraligi odatda 4-6 ga teng bo’ladi.
Sirkullyasiya karraligi ortishi bilan reaksion zonadagi o’rtacha temperatura va kreking darajasi ortadi. Shu bilan birgalikda sirkullyasiya karraligi ortishi bilan jihozlarning eyilishi ham tezlashadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish