Reaksiya unumi yoki mahsulot unumi.
Amalda hamma kimyoviy reaksiyalarda olingan reaksiya mahsulotlari massasi, dastlabki moddalar massalariga teng bo’lmaydi. Uskunalar va texnologik jarayonlarning mukammal emasligi, tajribani bajaruvchining o’ta mohir emasligi natijalarida reaksiya mahsulotlari miqdori hamisha tenglamalar bo’yicha hisoblangandagidan kam bo’ladi. Shu bilan bog`liq holda reaksiya unumi yoki mahsulot unumi degan kattalik kiritilgan. Mahsulot unumi – amalda olingan mahsulot massa, miqdor yoki hajmda, reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblangan (nazariy mumkin bo’lgan) massa, miqdor yoki hajmning qanday qismini tashkil qilishini ko’rsatadigan kattalikka aytiladi. Mahsulot unumi odatda birning qanday ulushida yoki foizlarda (%) ifodalanadi va η bilan belgilanadi:
Foizlarda ifodalanganda topilgan qiymat 100 ga ko’paytiriladi yoki tenglamaga 100 qo’yiladi. Masalan biror reaksiyada mahsulot unumi 0,75 (75%) ga teng bo’lsa, bu reaksiyada 0,25 (25%) mahsulot yo’qolganini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |