Kimyoviy moddalarni tuzilishiga va zaharli xususiyatlari o’rtasidagi bog’liqlik
REJA:
2.1.Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi……………...
2.2. Kimyoviy elementlarning atrof muhitga ta'siri…………
2.3. Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'siri………….
Ma’lumki, kimyo sanoati korxonalarida turli kimyoviy moddalar ya’ni, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o’g’itlar, polimerlar, sintetik tolalar va boshqa mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotiga, foydalanadigan xom ashyosiga, shuningdek, texnologik jarayonlariga qarab bir necha tarmoqqa bo’linadi. Kimyo sanoatining o’ziga xos xususiyati shundaki, shu sohaga taalluqli korxonalar bir-birlariga uzviy bog’liq holda faoliyat yuritadilar. Ularning ishlatadigan xom ashyolari ham ko’pincha mazkur korxonalar tomonidan ishlatiladi.Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish, yani bir korxona faoliyati natijasida hosil bo’lgan oraliq mahsulotdan boshqa korxona foydalanishi mumkin bo’ladi.Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ham sezilarli o’sdi. Bu o’z-o’zidan aholi turmush farovonligining yuksalishiga olib keldi, ammo masalaning boshqa bir jihati ham borki bu hammani tashvishga solmoqda.Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko’payib ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo’lishiga olib keldi. Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shuningdek, xo’jalik faoliyatida kimyoviy birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo’lmaydi. Demak, barcha diqqat e’tiborni ularni ishlab chiqarish me’yoriga, tartib qoidalariga va ulardan ekologik hamda ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda oqilona foydalanishimizga qaratishimiz zarur bo’ladi.
Shuning uchun, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan zaharli kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan. Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko’lamda qo’llash, gigiyena fani zimmasiga ko’p muammolarni yechish masalasini qo’yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o’z nomi bilan zahardir. Mazkur moddalarning ta’siri faqatgini hayvonlar, hasharotlar yoki o’simliklar uchun xavfli bo’lmay, balki inson uchun ham zararlidir. Zaharli kimyoviy moddalar bilan tashqi muhitning ifloslanishi, o’z navbatida aholi sog’lig’iga va barcha jonivorlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek, atmosfera havosini, suv va tuproqni korxonalarning chiqindilari, hamda oqava suvlaridan asrash yo’llarini o’ylab topish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Zaharli kimyoviy moddalarga sanitariya-gigiyena jihatidan baho berishga aloqador masalalar Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqarib turiladi.
Sog’liqni saqlash vazirligining talabiga ko’ra, kimyoviy zaharli moddalarning toksikologik ta’siri o’rganilmasdan, xorijdan olib kelinadigan kimyoviy moddalar har taraflama mukammal tekshirilmasdan ishlatishga ruxsat etilmaydi. Hayotga, qishloq xo’jaligiga tadbiq etiladigan har bir kimyoviy modda uchun maxsus hujjat, uslubiy ko’rsatmalar, ulardan foydalanish yo’riqnomalari, me’yori, favqulodda zaharlanganda qo’llaniladigan birinchi tibbiy yordam haqidagi ma’lumotlar bo’lishi talab qilinadi.
aharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jaligida qo’llash jarayonida aholi salomatligini o’ylab va muhofaza etishni nazarda tutib mazkur moddalarga nisbatan qo’yiladigan gigiyenik talablar asosida ishlab chiqiladi.
Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash jarayonida ularning tashqi muhit ob’yeklaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga boladigan ta’sirining oldini olish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu borada sanitariya muassasalari olib boradigan sanitariya nazorat ishlari odamlarni zaharli kimyoviy moddalarning qoldiqlari ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan.
Zaharli kimyoviy moddalar qo’llanilganda, ularning qoldiqlari atrof-muhit ob’yektlari bo’lmish mehnat qilish zonasidagi havoda, turar joylarning atmosfera havosida, suv va suv havzalarida, tuproqdagi miqdorini aniqlash, shu miqdorning ko’p yoki kamligini gigiyenik asosdan ishlab chiqilgan normalari bilan taqqoslash maqsadida gigiyena ilmi hayotda qo’llaniladigan barcha zaharli kimyoviy moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorini belgilaydi.
Zaharli kimyoviy moddalarning inson nasl-nasabiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi, genetik jihatdan olganda eng murakkab muammolardan hisoblanadi. Irsiy kasalliklarning keyingi vaqtda ko’payib barayotganligi kishini tashvishlantirmay qo’ymaydi. Ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning allergen tariqasida organizmga ta’sir qilishi borasidagi muammo ham hozirda yechilishi qiyin muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Kimyoviy moddalar organizmga juda oz miqdorda tushganda ham embrion hujayralariga salbiy ta’sir qiladi. Shularni e’tiborga olgan gigiyena xodimlari zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorini ishlab chiqdilar. Gigiyena fanidagi murakkab masalalardan biri, ishlab chiqilgan ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlarni hayotga tadbiq etishdir, zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashni davlat tomonidan qat’iy nazoratini tashkil etish va amalga oshirishdan iborat.
Shuni, e’tiborga olib, mustaqil Respublikamizda, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalari, ularni qo’llash me’yorlari va me’yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan.
Shuningdek, bu me’yorlarni buzganda qo’llaniladigan jazo turlari ham mavjudki, bu kishilardan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlatganda, ularni qo’llaganda yo’riqnomalardagi talablarga rioya qilishni talab qiladi.
Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzganlik uchun ham jinoiy jazo mavjud bo’lib, Jinoyat Kodeksi (JK) ning 201-moddasiga binoan, xo’jalik faoliyatida o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o’g’it o’sish biostimulyari yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishini hayvonlar parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og’ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yil mudattda muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum bo’lishi mumkin.
Ushbu harakatlar odam o’lishiga sabab bo’lsa, uch yildan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Texnikaviy taraqqiyot davrida atmosfera havosining ifloslanishi Respublikamizning Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona va Navoiy viloyatlarida, ayniqsa sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyati misolida oladigan bo’lsak, atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin.
Ikki yuz mingga yaqin aholisi bo’lgan Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko’plab sanoat korxonalari mavjud. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida har yili 637,6 ming tonna zararli moddalar hosil bo’lib, shundan 97,2% i ushlab qolinadi. Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 51,7 ming tonnani tashkil qiladi. Tozalash uskunalarining ishlash samaradorligi 92,9% ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich o’tgan yillardagiga nisbatan 1,9% ga oshgan. Tashlanadigan zararli moddalarning asosiy miqdori (94%) yirik sanoat korxonalariga to’g’ri keladi.
Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo’ladigan azot oksidlarini tozalash inshootlarini loyilash ko’zda tutilgan, ammo ushbu moddalarning me’yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda sanoat va maishiy chiqindilarning yillik hajmi 2,5 million tonnadan oshiq.
Jami 43,5 million tonna chiqindilar to’planib qolgan. Shundan yiliga 62 ming sanoat chiqindisi, 46 ming tonna maishiy chiqindilar qayta ishlanmoqda. Shuningdek, viloyatda 24,7 ming gektar yerning ustki qatlam strukturasi buzilgan bo’lib, shundan 5,7 ming gektar yer rekultivatsiyani talab qiladi. Hozirgacha 2,1 ming gektar (37%) yer rekultivatsiya qilingan.
Viloyatda ekologik muvozanatni birlashtirish maqsadida “Navoiy viloyatining 2006-2010 yillarga mo’ljallangan atrof- muhitni muhofaza qilish” dasturi ishlab chiqilgan. Sanoat korxonalari bilan birga shaharda avtotransport vositalarining ko’payishi ham shahar havosiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
2006-yil 21-martda Davlat avtomobil nazorati (DAN) xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotga asosan, shaharda 3000 ta taksi ro’yxatdan o’tgan, mingdan ortiq davlat tashkilotlari mashinalari va xususiy mashinalar mavjud.
Hisoblashlarga qaraganda, bitta mashinadan chiqadigan zaharli moddalar miqdori bir yilda 537 kg ni tashkil qilar ekan. Agar har to’rt shahar aholisiga bitta (50000 ta) mashina to’g’ri kelsa, bu miqdor 26850000 kg.ni tashkil qiladi.
Bu esa, insonlar sog’lig’i uchun juda ham xavfli hisoblanadi va buni oldini olish zarur. Shuning uchun atmosferaga chiqadigan zararli moddalarni tozalash haqida o’ylashimiz zarur bo’ladi.
Butun tirik organizmlarni o’z bag’riga olgan tabiatda turli zararli moddalar haddan tashqari ko’payib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta’sirida zaharli omllar o’z-o’zidan zararsizlanishi mumkin. Atmosfera havosiga chiqarib tashlangan gazsimon, bug’simon moddalar yoki changlar oz miqdorda bo’lsa, ular vaqr o’tishi bilan o’z-o’zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o’tib qoladi. Atmosfera havosining o’z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera havosining tozalanishida yog’ingarchilik asosiy o’rin tutadi. Havo tarkibida mavjud bo’lgan zararli omillarni qor va yomg’ir suvlari yuvadi. Yog’ingarchilik qanchalik ko’p bo’lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi. Atmosfera havosini tozalashda daraxtlar, qolaversa, o’simliklar olamining ahamiyati katta. Jumladan, daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o’ziga singdirib oladi.
Havoning iflosliklardan tozalashda suv havzalarining roli ham katta. Sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zaharli chiqindilar o’simliklar olamiga asoratli ta’sir ko’rsatadi. Sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish ustida ko’plab tadbirlar amalgam oshirilmoqda.
Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni amalgam oshirish ko’zda tutilgan. Bular texnologik, loyihalash, sanitariya-texnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, atmosfera havosining ifloslanishini ruxsat etiladigan darajada ta’minlash mumkin bo’ladi.
Atmosfera havosini mutloq ifloslanishdan xoli qilishning iloji bo’lmasa ham, uni kamaytirish, oldini olish mumkin, bu muhandis va texnik xodimlardan hushyorlikni talab qiladi.
Loyihalashga asoslangan tadbirlar o’z ichiga bir qancha kompleks holdagi masalalarni oladi:
Shahar hududini zonalarga bo’lish;
Tabiiy changlarga qarshi kurashish;
Sanitariya himoya chegaralarini tashkil qilish;
Turar joylar loyihalarini takomillashtiish;
Turar joylarni ko’kalamzorlashtirish;
Loyihalashga asoslangan chora-tadbirlar asosan, chiqindilarni atmosfera havosiga tushishining oldini olishga qaratilgan. Sanoat korxonalari shahar hududida to’g’ri joylashtirilishi, shahar bosh loyihasiga hamda sanitariya me’yorlariga asoslangan holda qurilishi kerak. Sanoat korxonalarini qurish uchun yer maydoni ajratilayotganda joining relyefi, uning iqlim sharoiti, tumanlarning paydo bo’lib turish holatlariga ahamiyat beriladi.
Sanitariya-gigiyena tadbirlari sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni tozalash va bu usullarni takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Mazkur usulda qurilgan tozalash inshootlari, mazkur sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillarni kamaytirish yoki butunlay yo’qotish bilan shug’ullanadi. Tozalash inshootlari changlarni mexanik usulda filtrli apparatlar yordamida, elektrostatik filtrlar va namlaydigan apparatlar vositasida ushlab qoladi.
Sanoat korxonalari chiqindilaridan havoni tozalash uchun absorbsiya va adsorbsiya jarayonlarini bajaruvchi asboblar ishlatiladi. Bular skrubberlar, ko’pik hosil qiluvchi apparatlar, barboterlar va boshqa moslamalardir.
Atmosfera havosini tozalash yo’lida olib borilayotgan ishlar atmosferaga tushayotgan iflosliklarni bir necha million tonnaga kamaytirmoqda.
Bu o’z navbatida, aholining salomatligini saqlashda ma’lum darajada ijobiy rol o’ynamoqda. Atmosfera havosining tozaligini ta’minlash uchun kundalik sanitariya nazorati joriy qilingan. Sanoat korxonalarida kundalik sanitariya nazoratini amalga oshirish va atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Gigiyena jihatdan talabga javob beradigan uskunalar ishlatilishi:
Texnologik jarayonlar vaqtida quvurlarni mahkam berkitish, ular orqali zaharli gazlar chiqishiga yo’l qo’ymaslik;
Xom ashy ova reaktiv sifatida foydalaniladigan kimyoviy moddalardan me’yorida foydalanish;
Korxonalarda ishlab chiqarilayotganmahsulotlarni qadoqlash va boshqa jarayonlarni avtomatlashtirilishi zarur;
Texnologik jarayonlarni berk sistemaga o’tkazish, iloji boricha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik zarur.
Eng zaruri tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta’minlash hisoblanadi;
Keyingi yillarda kimyoviy moddalarning ko’p qo’llanilishi natijasida artof-muhit, insonlar salomatligi yomonlashdi va bu jarayon davom etmoqda, deyishimiz mumkin. Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash jarayonida ularning tashqi muhit ob’yektlaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga bo’ladigan ta’sirining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi.
Bu borada sanitariya muassasalarining olib boradigan sanitariya nazorat ishlari kishilar salomatligini kimyoviy zaharli moddalarning qoldiqlari ta’siridan asrashga qaratilgan. Zaharli kimyoviy moddalar qo’llanganida, ularning qoldiqlari atrof muhit ob’yektlari bo’lmish, mehnat qilish xonalaridagi havoda, suv havzalarida, turar joylarning atmosfera havosida, tuproqda va boshqa ob’yektlarda pestidsidlarning qoldiq miqdorini aniqlash, shu miqdorning kam yoki ko’pligini gigiyenik asosda ishlab chiqilgan me’yorlari bilan taqqoslash maqsadida gigiyena ilmi hayotda qo’llaniladigan barcha zaharli moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorni belgilaydi.
Gigiyena xodimlari havodagi zaharli moddalarning ruxsat etiladigan (mumkin bo’lgan me’yoriy miqdor) miqdorini aniqlash borasida bir qator nazariy va amaliy tadbirlar ishlab chiqdilar. Bu sanoat korxonalari oldiga iflos chiqindilar miqdorini me’yoridan oshirmaslik vazifasini qo’yadi. Shu sababli, ko’pgina korxonalarda texnologik jarayonlar o’zgartirildi, tutun, chang, qurum va zaharli gazlarni ushlab qoluvchi vositalar o’rnatildi. Har bir kimyoviy jarayon uchun mumkin bo’lgan me’yoriy miqdor ishlab chiqildi va uni amalga oshirish, ishlab chiqarishda tadbiq etishga ahamiyat berildi.
Agar, atmosfera havosining ifloslanish darajasi aniqlansa, unda faqat moddaning nomini, miqdorini bilishning o’zi kifoya qilmaydi, bunda aniqlangan miqdor ruxsat etiladigan miqdordan necha foiz ortdi, deb so’raladi. Atmosfera havosida zaharli kimyoviy moddalarning mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorini aniqlash uchun dastlab, eng kichik miqdor aniqlanadi.
Bu kichik miqdor mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorni aniqlash uchun kerak bo’lgan limitli sezgir ko’rsatgich bilan izohlanadi. Inson organizmidagi sezgi a’zolari havodagi zaharli moddalar hidini sezmasa, shu zaharli modda tashqi muhitga zarar yetkazmasa, u holda zaharli moddalarning limit ko’rsatkichi insonning sezgi a’zolari hisoblanadi. Chunki,bugungi kunda eng kichik miqdorni insonning sezgi a’zolari aniqlaydi.
Aniqlangan miqdor tashqi muhitga ta’sir qilsa, u holda gigiyenik me’yor ishlab chiqilayotganda tashqi muhitni o’zgartiruvchi eng kichik miqdor nazarda tutiladi. O’rtacha mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorni aniqlash uchun zaharli moddaning umumiy ta’siri o’rganiladi. Buning uchun sutkalik maxsus tajriba o’tkaziladi.
Tajribalar asosan, oq kalamush, dengiz cho’chqasi kabi laboratoriya hayvonlarida olib boriladi. Buning uchun maxsus kameralarda 3-4 oy tajriba o’tkaziladi. Bunda tajribadagi hayvonlarga havo bilan o’rganilayotgan modda yuboriladi, eng kichik ta’sir qilmaydigan miqdor ana shunday topiladi.
Bu miqdor mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorni topish uchun asos bo’ladi. Hayvon organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar bilinar-bilinmas bo’lishi mumkin. Shu sababli, bunda eng nozik asboblardan fiziologik, biokimyoviy, gistokimyoviy hamda morfologik usullardan foydalanilib, eng nozik ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Tajriba vaqtida oliy asab sistemasidagi o’zgarishlarga katta ahamiyat beriladi. Ayrim tajribalarda qonning fermentativ holati, oqsil fraksiyalari, B1, B2 va boshqa vitaminlar yetishmasligi, embrionga, spermatozoidga ta’siri o’rganiladi.
Keyingi yillarda olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, ba’zi zaharli moddalarning oz miqdori ham turli o’zgarishlarga olib kelishi mumkin ekan. Aholi yashash joylari atmosfera havosi tarkibida bir vaqtning o’zida bir necha xil ta’sirchan kimyoviy moddalar bo’lishi mumkin. Organizmga bir qancha zaharli moddalarning ta’siri qanday o’rganiladi? degan savol tug’iladi.
Gigiyena xodimlari bu borada ham bir qancha nazariy va amaliy ishlarni amalga oshirmoqdalar. Agar atmosfera havosi tarkibida bir qancha zaharli moddalar mavjud bo’lsa va baravar ta’sir ko’rsatsa, ularning atmosfera havosidagi mumkin bo’lgan me’yoriy miqdori quyidagi formula bilan topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |