02-1son-27.
14. Quyidagi reaksiyalardan qaysilarining tezligi nisbatan past darajada bo‘ladi?
1) kaliy yodidning 5% li eritmasi bilan kumush nitrat eritmasi; 2) mis(II) sulfatning 10% li eritmasi bilan temir orasida; 3) osh tuzining 0,01% li eritmasi bilan kumush nitratning 0,01% li eritmasi; 4) glyukozaning 30-350 da bijg‘ish reaksiyasi; 5) temir(III) xloridning gidroliz reaksiyasi.
A) 2,4 B) 5 C) 3,4 D) 1,2 E) 4,5
02-1son-35.
15. Kislorodning qaysi moddalar bilan reaksiya tezligi faqat kislorodning bosimiga bog‘liq?
1) vodorod; 2) uglerod(II) oksid; 3) azot;
4) uglerod; 5) xlor; 6) temir.
A) 1,2 B) 4,6 C) 3,4 D) 2,5 E) 5,6
02-2son-42.
16. Hajmi 5 l bo‘lgan reaktorda reaksiya borishi natijasida 30 sek davomida konsentratsiyasi 6,8 moldan 3,4 molgacha kamaysa, shu reaksiya tezligini (mol.l-1.sek-1) hisoblang.
A) 0,115 B) 0,575 C) 0,23 D) 0,023 E) 0,046
96-4son-36.
17. Hajmi 10 l bo‘lgan yopiq idishda 0,5 mol oltingugurt(IV) oksid va kislorod mavjud. Reaksiya davomida 8 sekund vaqt o‘tganda S02 miqdori 0,46 molgacha kamaysa, shu reaksiya tezligi (mol.l-1.s-1) ni hisoblang.
A) 0,01 B) 0,05 C) 0,001 D) 0,005 E) 0,0005
97-5son-58.
18. Reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining boshlang‘ich konsentratsiyasi 1,5 mol/l bo‘lib, reaksiya boshlangandan 5 sekund o‘tgach, uning konsentratsiyasi 0,5 mol/l ga teng bo‘lgan. Reaksiyaning o‘rtacha tezlik qiymatini aniqlang.
A) 0,3 B) 0,2 C) 0,1 D) 0,4 E) 0,5
97-11son-87.
19. Agar 5 sek davomida vodorod peroksidning konsentratsiyasi 0,8 mol/l dan 0,6 mol/l gacha kamaygan bo‘lsa, reaksiya tezligining o‘rtacha qiymati (mol/l.sek) qanchaga teng bo‘ladi?
A) 2,0 B) 0,8 C) 0,01 D) 0,04 E) 0,15
98-3son-36.
20. Agar 20 sek davomida boshlang‘ich modda miqdori 0,5 sek mol/l ga kamaygan bo‘lsa, reaksiyaning o‘rtacha tezligi (mol/l.sek) qanchaga teng bo‘ladi?
A) 0,3 B) 0,01 C) 0,005 D) 0,06 E) 0,025
98-3son-37.
21. Agar reaksiyaning o‘rtacha tezligi 0,2 mol/l.sek bo‘lganda, boshlang‘ich moddalardan birining konsentratsiyasi 1 mol/l ga kamaysa, reaksiyaning davom etgan vaqti (sek) qancha bo‘ladi?
A) 2 B) 5 C) 8 D) 1 E) 12
98-3son-38.
22. Agar reaksiyaning o‘rtacha tezligi 0,4 mol/l.sek bo‘lganda, boshlang‘ich modda konsentratsiyasi 2,5 mol/l dan 1,3 mol/l gacha kamaygan bo‘lsa, reaksiyaning davom etgan vaqti (sek) qancha bo‘ladi?
A) 3 B) 5 C) 8 D) 1 E) 12
98-3son-39.
23. Reaksiya tezligi 0,03 mol/l.sek bo‘lganda, 30 sek davomida boshlang‘ich modda konsentratsiyasi qanchaga (mol/l) o‘zgaradi?
A) 0,2 B) 1,3 C) 0,6 D) 0,9 E) 2,1
98-3son-40.
24. Reaksiyaning o‘rtacha tezligi 0,001 mol/l.sek bo‘lganda, 2 min davomida boshlang‘ich modda konsentratsiyasi (mol/l) qanchaga o‘zgaradi?
A) 0,01 B) 0,9 C) 0,12 D) 2,5 E) 1,45
98-3son-41.
25. Hajmi 6,5 l bo‘lgan idishda boshlang‘ich konsentratsiyasi 2,5 mol bo‘lgan moddaning konsentratsiyasi 10 sekunddan keyin 1,5 mol ni tashkil etdi. Reaksiyaning o‘rtacha tezlik qiymatini (mol/l.C) toping.
A) 1,2.10-2 B) 1,5.10-2 C) 2,0.10-3 D) 2,5.10-2
E) 6.10-2
98-6son-38.
26. O‘rtacha tezligi 0,1 ga teng bo‘lgan reaksiyada modda konsentratsiyasining dastlabki qiymati 2,5 mol/l bo‘lsa, 10 sekunddan keyin modda konsentratsiyasining qiymati qanday bo‘ladi?
A) 0,5 B) 1,0 C) 2,0 D) 1,5 E) 3,0
Do'stlaringiz bilan baham: |