DTM 2011
1. Birinchi elektrolizyorda 2 mol, ikkinchi elektrolizyorda 3 mol mis(II) sulfat bo’lgan eritmalar orqali 5 faradey tok o’tganda katodlarda (inert elektrod) ajralib chiqqan moddalar massalarini hisoblang.
A) 130; 192 B) 192; 192 C) 129; 160 D) 128; 128
2. Rux xloridning suvli eritmasi elektroliz qilinganda anodda hajmi 26,88 l (n.sh.) bo’lgan xlor, katodda esa massasi 62,4 g bo’lgan rux ajralib chiqadi. Bunda ruxning chiqish unumini hisoblang.
A) 89 % B) 62,4 % C) 78 % D) 80 %
3. Elektroliz qilib 1,12 % li 300 g KOH eritmasini olish uchun necha gramm KBr va H2O olish kerak?
A) 7,14 g KBr, 302,58 g H2O B) 7,14 g KBr, 297,72 g H2O
C) 7,14 g KBr, 1,08 g H2O D) 7,14 g KBr, 292,86 g H2O
4. Osh tuzining 195 g 6 % li va NaJ ning 500 g 9 % li eritmalari bo’lgan parallel ulangan elektrolizyorlar orqali doimiy elektr toki o’tkazilganda ikkinchi eritmadan 38,1 g J2 ajraldi. Birinchi elektrolizyordagi katod va anodda hosil bo’lgan mahsulotlar massalari yig’indisini hisoblang(g).
A) 8,2 B) 11,25 C) 7,4 D) 10,95
5. CuSO4 ning 800 g 17 % li eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 36,9 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan keyingi eritmaning C% konsentraatsiyasini aniqlang.
A) 12,1 B) 11,8 C) 10,6 D) 7,3
6. Reaksiya unumi 90 % bo’lganda 4,9 g Al2O3 ni elektroliz qilib, necha gramm aluminiy olish mumkin?
A) 2,59 g B) 2,11 g C) 2,33 g D) 2,87 g
DTM 2012
1. 1 M li (ρ=1,4 g/ml) CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda 22,4 l (n.sh.) vodorod va 16,8 l (n.sh.) kislorod ajraldi. Natijada 1 M li eritma hosil bo’lgan bo’lsa, shu eritmaning zichligini (g/ml) aniqlang.
A) 1,4 B) 1,28 C) 1,1 D) 1,33
2. 3M li (ρ=1,2) Cu(NO3)2 eritmasi elektroliz qilinganda 39,2 l (n.sh.) vodorod va 44,8 l (n.sh.) vodorod ajralsa, hosil bo’lgan eritma (ρ=1,11) hajmini (ml) aniqlang.
A) 400 B) 600 C) 500 D) 444
3. Tarkibida 0,4 mol AgNO3, 0,4 mol NaNO3, 0,3 mol CuSO4 bo’lgan eritmalar solingan elektrolizyor tok manbaiga ketma-ket ulangan. Eritmalar 12,5 A tok yordamida 3860 sekund davomida elektroliz qilingan bo’lsa, katodlarda (inert elektrod) ajralgan moddalar massasini(g) (mos ravishda) aniqlang.
A) 43,2; 1,5; 16 B) 43,2; 11,5; 16
C) 43,2; 9,2; 16 D) 43,3; 0,5; 16
4. 1 M li (ρ=1,6) CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda 44,8 l (n.sh.) kislorod va 44,8 l (n.sh) vodorod ajralsa, dastlabki eritma massasini (kg) aniqlang.
A) 3,2 B) 6,4 C) 2 D) 4
5. 607 g 30 % li oltin(III) xlorid eritmasining massasi 218,1 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Katodda ajralgan moddalar massasini (g) aniqlang.
1) 118,2 g oltin; 2) 4 g vodorod; 3) 39,4 g oltin; 4) 21,3 g xlor; 5) 32 g kislorod; 6) 63,9 g xlor
A) 1,6 B) 1,2,5,6 C) 1,2 D) 2,3,4,5
6. Elektrotermik usul yordamida qaysi metallar olinadi?
A) oltin, kumush, rux, uran
B) temir, simob, volfram, xrom
C) ishqoriy va ishqoriy-yer metallari, aluminiy
D) bariy, aluminiy, rux, mis
Do'stlaringiz bilan baham: |