DTM 2013
1. Tarkibida 0,4 mol AgNO3, 0,4 mol AuCl3, 0,3 mol CuSO4 bo’lgan eritmalar solingan elektrolizyorlar tok manbaiga ketma-ket ulangan. Eritmalar 6,7 A tok yordamida 2 soat davomida elektroliz qilingan bo’lsa katodlarda (inert elektrod) ajralgan moddalar massasini (g)(mos ravishda) aniqlang.
A) 21,65; 32,8; 16 B) 43,3; 32,8; 16
C) 45,4; 32,6; 10 D) 43,2; 32,8; 16
2. Tarkibida 0,25 mol AgNO3, 0,25 mol AuCl3, 0,25 mol CuSO4 bo’lgan eritmalar solingan elektrolizyorlar tok manbaiga ketma-ket ulangan. Eritmalar 6,7 A tok yordamida 2 soat davomida elektroliz qilingan bo’lsa katodlarda (inert elektrod) ajralgan moddalar massasini (g)(mos ravishda) aniqlang.
A) 13,62; 32,6; 16 B) 27,25; 32,8; 16
C) 25; 32,8; 15 D) 28,25; 32,8; 14
3. 400g NiSO4 eritmasidan hamma nikelni siqib chiqarilgunga qadar 4 soat davomida 4,288 A tok bilan elektroliz qilindi. Hosil bo’lgan eritma massasi 20 marta ko’payguncha suyultirilsa, uning pH qiymati qanday bo’ladi?
A) 13 B) 10 C) 1 D) 2
4. Birinchisi kumushdan qolgan ikkitasi noma’lum metallardan yasalgan teng massali kulonometrdan 4 A tok 965 sek davomida o’tkazildi. Natijada ikkinchi kulonometr katodining massasi 3,02 g ga, uchinchi kulonometr katodining massasi esa 2,08 g ga kamaygani aniqlandi. Noma’lum metallarni aniqlang.
A) Cu, Cd B) Zn, Cd C) Zn, Fe D) Cu, Fe
5. 100 g noma’lum foizli mis(II) sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo’lgan kislotaning massa ulushi dastlabki tuzning massa ulushiga teng bo’lsa, mis(II) sulfat necha foizli edi?(tuzning hammasi elektroliz bo’lgan)
A) 70,5 B) 87,52 C) 77,5 D) 80,5
6. 400 g noma’lum foizli mis(II) sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo’lgan kislotaning massa ulushi dastlabki tuzning massa ulushiga teng bo’lsa, mis(II) sulfat necha foizli edi?(tuzning hammasi elektroliz bo’lgan)
A) 70,5 B) 87,52 C) 77,5 D) 80,5
7. Tarkibida 0,3 mol AgNO3, 0,1 mol AuCl3, 0,2 mol CuSO4 bo’lgan eritmalar solingan elektrolizyorlar tok manbaiga ketma-ket ulangan. Eritmalar 6,7 A tok yordamida 2 soat davomida elektroliz qilingan bo’lsa katodlarda (inert elektrod) ajralgan moddalar massasini (g)(mos ravishda) aniqlang.
A) 16,3; 19,9; 12,9 B) 16,45; 9,95; 12,8
C) 32,6; 19,9; 12,9 D) 32,4; 19,8; 12,5
8. 21 % nikel tutgan NiSO4∙nH2O kristallogidrati 710,08 g suvda eritilganda hosil bo’lgan eritmaning 200 grammidan nikelni batamom ajratib olish uchun 4 soat davomida 1,072 A tok kuchi o’tkazilgan bo’lsa, qolgan eritmaning konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 4,04 B) 4,014 C) 3,92 D) 6,2
9. 600 g noma’lum foizli mis(II) sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo’lgan kislotaning massa ulushi dastlabki tuzning massa ulushiga teng bo’lsa, mis(II) sulfat necha foizli edi?(tuzning hammasi elektroliz bo’lgan)
A) 70,5 B) 87,52 C) 77,5 D) 80,5
10. 500 g o’yuvchi kaliy eritmasi 8 A tok bilan 18,6 soat davomida elektroliz qilinganda 10 % li KOH eritmasi hosil bo’ldi. Dastlabki eritmaning konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 8 B) 9,1 C) 6 D) 7
11. 200 g noma’lum foizli mis(II) sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo’lgan kislotaning massa ulushi dastlabki tuzning massa ulushiga teng bo’lsa, mis(II) sulfat necha foizli edi?(tuzning hammasi elektroliz bo’lgan)
A) 70,5 B) 87,52 C) 77,5 D) 80,5
12. Bir xil massada o’lchangan va biri kumushdan qolganlari noma’lum metallardan yasalgan 3ta kulonometrdan 4 A tok 965 sek davomida o’tkazildi. Natijada ikkinchi kulonometr katodining massasi 3,02 g ga, uchinchi kulonometr katodining massasi esa 2,08 g ga kamaygani aniqlandi. Noma’lum metallarni aniqlang.
A) Cu, Cd B) Zn, Cd C) Zn, Fe D) Cu, Fe
Do'stlaringiz bilan baham: |