02-1son-44.
43. Quyida keltirilgan zarrachalar orasidan tarkibida donor-akseptor bog‘lar soni ortib borish qatorini toping.
1) kaliy nitrat 2) kaliy gidroksid 3) azot(V) oksid
4) 2,4,6-trinitrotoluol 5) kaliy sulfat 6) kaliy perxlorat
A) 1,2,4 B) 4,5,6 C) 2,3,5 D) 1,4,6 E) 1,3,4
02-1son-79.
44. Kimyoviy bog‘lari qutbli, lekin molekulalari qutbsiz bo‘lgan molekulalarni tanlang.
1) kremniy(IV) oksid 2) oltingugurt(IV) oksid
3) uglerod(IV) sulfid 4) uglerod(IV) oksid
5) kislorod ftoridi 6) azot(III) xlorid 7) azot(III) oksid 8) fosfin 9) oltingugurt(VI) oksid
A) 3,5,7,8 B) 3,4,5,9 C) 1,4,6,9 D) 2,5,7,9 E) 3,4,8,9
02-1son-80.
45. Kimyoviy bog‘lari qutbli lekin, shunday bog‘lardan tashkil topgan molekulalar qutbsiz bo‘lishining sababini qaysi holat to‘g‘ri tushuntiradi?
A) molekuladagi bog‘larning qutblari vektori orasidagi burchak nolga teng bo‘lishi kerak
B) molekuladagi bog‘larning qutblari vektori past simmetriyaga ega bo‘lishi kerak
C) molekuladagi qutbli bog‘lar yo‘nalishi simmetriyasi yuqori darajada bo‘lishi kerak
D) markaziy atom bilan bog‘langan atomlar qutbining vektorlari yig‘indisi maksimal qiymatga ega bo‘lishi kerak
E) molekulaning qutbli yoki qutbsiz bo‘lishi har bir molekulaning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlar
02-1son-81.
46. Quyidagi moddalar orasidan qutbsiz molekulalarni tanlang.
1) benzol 2) metanol 3) sirka kislota 4) to‘rtxlorli uglerod 5) chumoli aldegid 6) anilin 7) 2,2-dimetilpropan 8) fenol 9) natriy gidroksid 10) bor ftorid
A) 1,3,6,9 B) 1,4,7,10 C) 2,5,7,8 D) 1,4,8,10 E) 2,4,6,8
02-1son-82.
47. Qutbsiz molekulalar joylashgan qatorni aniqlang.
A) vodorod, xlor, azot(IV) oksid
B) metan, kremniy ftorid, oltingugurt(IV) oksid
C) uglerod(IV) oksid, uglerod(IV) sulfid, berilliy xlorid
D) azot, uglerod(IV) sulfid, oltingugurt(IV) oksid
E) xlor, bor xlorid, xlor ftorid
02-2son-61.
48. Qaysi zarrachalarda donor-akseptor bog‘lanish mavjud?
1) gidroksoniy kationi; 2) ammiak;
3) nitrat kislota; 4) uglerod(IV)oksid;
5) uglerod(II)oksid; 6) azot(II)oksid;
7) azot(III)oksid; 8) azot(IV)oksid;
A) 1,3,5,7 B) 2,4,6,8 C) 1,2,3,5 D) 1,3,5,8 E) 1,3,5
02-7son-42.
49. Vodorod xlorid molekulasida qanday kimyoviy bog‘ mavjud?
A) ion B) koordinatsion C) qutbli kovalent
D) qutbsiz kovalent E) vodorod bog‘
03-2son-50.
50. BeH2 gidridida qaysi turdagi bog‘lanish mavjud?
A) ion B) metall C) kovalent D) qutbli kovalent
E) ion va vodorod
03-5son-8.
51. Qaysi molekulada qutbli kovalent bog‘lanishga ega bo‘lgan holda qutbsiz molekulaga misol bo‘ladi?
A) azot B) suv C) ammiak D) uglerod(IV) xlorid
E) azot va ammiak
03-7son-58.
52. Sariq qon tuzi tarkibidagi markaziy atom bilan ligandlar orasidagi bog‘ qaysi turga mansub?
A) vodorod B) metall C) ionli D) donor-akseptor
E) kovalent
96-4son-28.
53. Quyidagi elementlar orasidagi bog‘larning qaysi biri eng kuchli qutblangan?
A) ftor-ftor B) vodorod-xlor C) vodorod-yod
D) fosfor-ftor E) xlor-yod
97-8son-18.
54. Mis kuporosining formulasi [Cu(H2O)4]SO4.H2O shu moddaning xususiyatini aks ettiradi. Bu birikmada qanday bog‘lar mavjud?
1. ionli 2. kovalent 3. qutbli-kovalent
4. donor-akseptor 5. metall 6.vodorod
A) 1,2,5,6 B) 2,4,5,6 C) 1,3,4,6 D) 2,3,4,6 E) 2,3,5,6
Do'stlaringiz bilan baham: |