Kimyoviy bog‘lanish



Download 3,18 Mb.
bet56/411
Sana15.04.2022
Hajmi3,18 Mb.
#553081
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   411
Bog'liq
2-qism lotin

(2006-DTM.)
1. Elementlar elektromanfiylik qiymati kamayib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni toping.
A) F,O,N,C,B B) N,C,B,F,O C) C,B,N,O,F D) B,C,N,O,F

2. Elementlar elektromanfiylik qiymati ortib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni toping.


A) F,O,N,C,B B) N,C,B,F,O C) C,B,N,O,F D) B,C,N,O,F

3. II guruhning qaysi elementida metalmaslik xossalari yaqqolroq namoyon bo‘ladi?


A) bariy B) berilliy C) stronsiy D) kalsiy

4. IVA gruppacha elementlarining vodorodli birikmalari asoslik xossasini namoyon qilmasligi sababini tushuntiruvchi holatni belgilang.


A) qo‘zg‘algan holatda valent pog‘onada erkin orbital yo‘qligi
B) elementning qo‘zg‘algan holatda juft holdagi elektronlar bo‘lmasligi
C) molekulalarda atomlar sp3-gibridlangan holatda bo‘lishi
D) molekulalar atomlari proton biriktira olmasligi

5. Molekulalardagi bog‘ qutbliligi (E-H) ortib borish tartibini toping.


A) vodorod xlorid, vodorod ftorid, suv
B) ammiak, suv, vodorod ftorid
C) suv, vodorod ftorid, vodorod bromid
D) vodorod xlorid, vodorod ftorid, vodorod bromid

6. Molekulalarda π-bog‘lar soni ortib boradigan qatorni aniqlang.


A) sulfat kislota, atsetilen, azot
B) etilen, karbonat angidrid, oltingugurt(VI) oksid
C) uglerod(IV) oksid, benzol, oltingugurt(IV) oksid
D) ortofosfat kislota, xrom(VI) oksid, etilen

7. Molekulyar kristall panjara tuzilishiga ega bo‘lgan moddalar berilgan javobni belgilang.


1) olmos 2) grafit 3) kremniy 4) osh tuzi
5) karbamid 6) uglerod 7) muz 8) yod 9) bor
10) karbonat angidrid
A) 4,5,6,8 B) 1,2,3,5 C) 3,5,9,10 D) 5,7,8,10

8. Molekulalardagi bog‘ qutbliligi (E-N) kamayib borish tartibini toping.


A) vodorod xlorid, vodorod ftorid, suv
B) ammiak, suv, vodorod ftorid
C) vodorod ftorid, vodorod xlorid, suv
D) vodorod xlorid, vodorod ftorid, vodorod bromid

9. Quyida berilganlardan SiO2 va CO2 lar uchun har xil bo‘lganlarini belgilang.


1) markaziy atomning oksidlanish darajasi
2) markaziy atomning gibridlanishi
3) kristall panjara tuzilishi
4) suyuqlanish va qaynash temperaturasi
A) 2,4,5 B) 1,3 C) 1,3,5 D) 2,3

10. Quyida berilganlardan SiO2 va CO2 lar uchun bir xil bo‘lganlarini belgilang.


1) markaziy atomning oksidlanish darajasi
2) markaziy atomning gibridlanishi
3) kristall panjara tuzilishi
4) suyuqlanish va qaynash temperaturasi
A) 2 B) 1,3 C) 1 D) 2,3

11. o-nitrofenolning qaynash temperaturasi (450C) m-nitrofenolnikidan (970C) pastligini sababini aniqlang.


A) m-nitrofenolda vodorod bog‘lanish bor,
o-nitrofenolda yo‘q
B) m-nitrofenolning molekulyar massasi katta
C) o-nitrofenolda ichki molekulyar vodorod bog‘lanish, m-nitrofenolda molekulalararo vodorod bog‘lanish mavjud
D) ularning kristall panjaralari turlicha

12. Suvning qaynash temperaturasi undagi kislorod atomiga o‘xshash elementlar gidridlari-vodorod sulfid, vodorod selenid va vodorod telluridlarning qaynash temperaturasidan yuqori ekanligini qanday izohlash mumkin?


A) kislorod atomida d-orbital bo‘lmaganligi sababli
B) kislorod atomining radiusi unga o‘xshash elementlar atomining radiusidan kichik bo‘lganligi sababli
C) suv molekulalari orasida kuchli vodorod bog‘lanish mavjud bo‘lganligi sababli
D) suvning molekulyar massasi unga o‘xshash elementlar molekulyar massasidan kichik bo‘lganligi sababli

13. Brom atomining kovalent radiusi 0,085 nm ga teng. Agar vodorod atomining kovalent radiusi 0,05 nm ga teng bo‘lsa, brom molekulasi va vodorod bromiddagi yadrolararo masofalarni aniqlang.


A) 0,258; 0,03 B) 0,114; 0,053 C) 0,17; 0,135
D) 0,117; 0,372

14. He-Ne-Ar-Kr-Xe-Rn. Ushbu qator bo‘yicha nodir gazlarning ionlanish potensiali, atom radiusi, suyuqlanish temperaturasi qanday o‘zgaradi?


A) kamayadi, ortadi, ortadi
B) ortadi, ortadi, ortadi
C) ortadi, ortadi, kamayadi
D) ortadi, kamayadi, ortadi

15. Vodorod oksidning qaynash temperaturasi kislorod guruhchasidagi boshqa elementlar oksidlarining qaynash temperaturasidan yuqori bo‘lishi sababini toping.


A) kislorodning elektromanfiyligi eng yuqori bo‘lganligi sababli
B) kislorod atomida d–orbitallar yo‘q bo‘lishi tufayli
C) suvning molekulyar massasi juda kichikligi tufayli
D) suv molekulalari orasida vodorod bog‘ mavjudligi sababli

16. Uglerod(IV) oksidi past (-56,60C) temperaturada, kremniy(IV) oksidi esa yuqori (17280C) temperaturada suyuqlanishi ... xar hilligi bilan izohlanadi.


A) tashqi qavatdagi elektronlari sonining
B) nisbiy molekulyar massalarining
C) davrlarining
D) kristall panjaralari tuzilishining

17. Kimyoviy bog‘lanishlarning qaysi turida qattiq jismlarning elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi?


A) qutbli kovalent bog‘lanish
B) qutbsiz kovalent bog‘lanish
C) metall bog‘lanish
D) ion bog‘lanish

18. Suyuqlanish temperaturasi yuqori bo‘lgan moddani aniqlang.


A) litiy xlorid B) vodorod xlorid C) ammiak D) suv

19. Suyuqlanish temperaturasiga asoslanib, qaysi modda atom kristall panjara tuzilishiga ega ekanligini aniqlang.


A) kvars, 17280 B) osh tuzi, 8010
C) oltingugurt, 1130 D) alyuminiy, 6600

20. CO2, SO2, NH3, CH4, H2O, SO3 molekulalaridagi markaziy atomning tashqi elektron qavatida reaksiyaga qatnashmagan elektron juftlar sonini ko‘rsating.


A) 2,2,3,1,0,1 B) 4,6,5,4,6,6 C) 0,1,1,1,2,1 D) 0,1,1,0,2,0

21. CO2, SO2, NH3, CH4, H2O, SO3 molekulalaridagi markaziy atomning tashqi elektron qavatida reaksiyaga qatnashgan elektron juftlar sonini ko‘rsating.


A) 2,2,3,1,0,1 B) 4,4,3,4,2,6 C) 0,1,1,1,2,1 D) 0,1,1,0,2,0

22. Na, Mg, Al, Si, P, S, Cl elementlar qatorida atom radiusi qanday o‘zgaradi?


A) ortib boradi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi
D) oldin kamayadi, keyin ortadi

23. H, Li, Na, K, C, N, O, F elementlar qatorida atomlar elektromanfiyligi qanday o‘zgaradi?


A) kamayib boradi B) ortib boradi
C) C gacha ortadi, so‘ng kamayadi
D) C gacha kamayadi, so‘ng ortadi

24. Li-Na-K-Rb-Cs. Ushbu qatorda ishqoriy metallarning atom radiusi, ionlanish potensiallari, oksidlovchilik xossalari, nisbiy eletromanfiyliklari qanday o‘zgaradi?


A) ortadi, kamayadi, ortadi, ortadi
B) ortadi, ortadi, kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi, kamayadi, kamayadi
D) kamayadi, ortadi, ortadi, kamayadi

25. H, Li, Na, K elementlar qatorida atomlar ionlanish energiyasi ... , atom radiusi ...


A) kamayadi/ kamayadi B) ortadi/ kamayadi
C) ortadi/ ortadi D) kamayadi/ ortadi

26. H, Li, Na, K, Xe, Kr, Ar, Ne, He Ushbu elementlar qatorida atomlar ionlanish energiyasi qanday o‘zgaradi?


A) kamayib boradi B) ortib boradi
C) Xe gacha ortadi, so‘ng kamayadi
D) Xe gacha kamayadi, so‘ng ortadi

27. Na, Mg, AI, Si, P, S, CI elementlar qatorida atom radiusi qanday o‘zgaradi?


A) ortib boradi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi
D) oldin kamayadi, keyin ortadi

28. Fosfat va fosfit kislotalardagi umumiy kimyoviy bog‘lar soni qanday nisbatda bo‘ladi?


A) 8:6 B) 8:7 C) 9:7 D) 9:5

29. Yuqori temperaturada suyuqlanadigan, suyuqlangan holda elektr tokini o‘tkazadigan va suvda yaxshi eriydigan moddada qaysi turdagi kimyoviy bog‘lanish mavjud bo‘ladi?


A) kovalent B) vodorod C) metall D) ion

30. Ionlanish energiyasi eng katta bo‘lgan elementni ko‘rsating.


A) natriy B) litiy C) kaliy D) vodorod

31. Yod kristallarining sublimatlanish xossasiga asoslanib, uning qanday kristall panjarali tuzilishga ega ekanligini ko‘rsating.


A) ionli B) atomli C) molekulyar D) metall

32. Ionlanish energiyasi eng kichik bo‘lgan elementni ko‘rsating.


A) natriy B) litiy C) kaliy D) vodorod

33. Quyidagi elementlar atomlarining metallik xossalari susayib borishi tartibida joylashtiring.


1) seziy 2) bariy 3) magniy 4) stronsiy
5) kalsiy
A) 1,2,4,5,3 B) 3,5,4,2,1 C) 2,1,3,5,4 D) 4,3,5,2,1

34. Quyidagi elementlar orasidagi bog‘ning qutbliligi ortib borish tartibini toping.


1) xlor-ftor 2) brom-ftor 3) yod-ftor
4) brom-xlor 5) yod-xlor 6) yod-brom
A) 4,6,5,1,2,3 B) 1,2,3,4,6,5 C) 4,5,6,1,2,3 D) 5,6,4,1,2,3

35. Quyida berilgan vodorodli birikmalarning asosli xossasi kamayib borish tartibida joylashtiring:


1) ammiak 2) fosfin 3) stabin 4) arsin
A) 3,4,1,2 B) 3,4,2,1 C) 4,3,2,1 D) 1,2,4,3

36. Quyida berilgan vodorodli birikmalarning asosli xossasi ortib borishi tartibida joylashtiring.


1) ammiak 2) fosfin 3) stabin 4) arsin
A) 3,4,1,2 B) 3,4,2,1 C) 4,3,2,1 D) 1,2,4,3

37. Quyidagi moddalarni atom radiuslari ortib borishi tartibida joylashtiring.


1) fosfor 2) oltingugurt 3) alyuminiy 4) kremniy
A) 3,4,1,2 B) 1,2,3,4 C) 4,3,2,1 D) 2,1,4,3

38. Quyidagi oksidlardan qaysi birining asoslik xossasi yuqori?


A) K2O B) SO2 C) MgO D) CO2

39. Quyida berilgan elementlarda ionlanish potensiali qanday o‘zgaradi?


Bi___Sb___As___P___N
A) oshadi B) kamayadi C) avval kamayib, so‘ngra ortadi
D) o‘zgarmaydi

40. Quyidagi moddalarni atom radiuslari kamayib borishi tartibida joylashtiring.


1) fosfor 2) oltingugurt 3) alyuminiy 4) kremniy
A) 3,4,1,2 B) 1,2,3,4 C) 4,3,2,1 D) 2,1,4,3

41. Qaysi molekuladagi bog‘ning qutbliligi kamroq?


A) magniy oksid B) berilliy oksid
C) stronsiy oksid D) kalsiy oksid

42. Quyida berilgan molekulalardan umumiy bog‘lar soni 9 ta bo‘lganlarini toping.


1) etilenglikol 2) propan 3) sirka kislota
4) atseton 5) propilen 6) benzol
7) metilformiat 8) siklopropan
A) 1,3,7 B) 1,5,8 C) 1,2,6 D) 4,6,8



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish