(2006-DTM.)
1. Ushbu moddalardan qaysi birining termik parchalanishi natijasida kuldiruvchi gaz hosil bo‘ladi?
A) NH4CI B) NaNO3 C) Ca(NO3)2 D) NH4NO3
2. Quyidagi birikmalardan tarkibidagi azotning oksidlanish darajasi faqat -3 bo‘lganlarini tanlang.
1) ammoniy nitrat 2) ammoniy gidroksid
3) mochevina 4) gidrazin 5) kalsiy nitrid
6) nitrit kislota 7) metilamin
A) 1,6 B) 1,2,3,5,7 C) 4,6 D) 2,3,5,7
3. Quyidagi ionlar nitratlaridan qaysi biri parchalanganda, kislorod hosil bo‘lmaydi?
A) rux B) oltin C) simob(I) D) ammoniy
4. Berilgan moddalarning qaysi biri kuchli qizdirilganda kislorod hosil qiladi?
A) kalsiy gidroksid B) ammoniy nitrat
C) kaliy nitrat D) ammoniy dixromat
5. Gidroksilamindagi azotning oksidlanish darajasi va valentligini aniqlang.
A) -1, 2 B) -3, 4 C) -1, 3 D) -2, 2
6. Gidrazindagi azotning oksidlanish darajasi va valentligini aniqlang.
A) -3, 3 B) -3, 4 C) -2, 3 D) -1, 3
7. N2O5 dagi azot atomining oksidlanish darajasini, valentligini va donor-akseptor bog‘lar sonini aniqlang.
A) +5,4,2 B) +5,4,1 C) +5,5,0 D) +4,5,0
8. 420 mg azot olish uchun necha litr (00C, 101,3 kPa) havo kerak bo‘ladi? Havodagi azotning hajmiy ulushi 78%.
A) 0,96 B) 0,38 C) 0,54 D) 0,43
9. Quyidagi birikmalardan tarkibidagi azotning oksidlanish darajasi va valentligi bir xil (absolyut qiymati) bo‘lganlarini tanlang.
1) ammoniy nitrat 2) ammoniy gidroksid
3) mochevina 4) gidrazin 5) kalsiy nitrid
6) nitrit kislota 7) metilamin
A) 2,5,6,7 B) 3,5,6,7 C) 1,5 D) 1,3,6,7
10. Ammoniy nitrit qizdirilishi natijasida parchalanganda, azotning oksidlanish darajasi qanday o‘zgaradi?
A) +3 va -3 dan 0 gacha
B) +3 va -3 dan +1 gacha
C) -3 dan 0 gacha
D) +3 va -3 dan
11. Ammoniy nitritning termik parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni toping.
1) ammiak 2) azot(II) oksid 3) suv 4) azot(IV) oksid
5) azot(I) oksid 6) azot
A) 3,6 B) 1,5 C) 1,4 D) 2,3
12. Nitrat kislota bilan fosforning o‘zaro reaksiyasida azot(IV) oksid, fosfat kislota va vodorod oksidi hosil bo‘lsa, reaksiya tenglamasi bo‘yicha boshlang‘ich moddalar qanday nisbatda (massa jihatdan) olingan?
A) 10,16:1 B) 1,35:1 C) 5:1 D) 1,25:1
13. Ammoniy nitratning termik parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni toping.
1) ammiak 2) azot(II) oksid 3) suv 4) azot(IV) oksid 5) azot(I) oksid 6) azot
A) 3,6 B) 3,5 C) 1,4 D) 2,3
14. Berilgan moddalarning qaysi biri kuchli qizdirilganda kislorod hosil qiladi?
A) kalsiy gidroksid B) ammoniy nitrat
C) kaliy nitrat D) ammoniy dixromat
15. 350 ml (n.sh.) fosfor bug‘i 0,97 g kelsa, bug‘idagi fosfor molekulalarining tarkibi qanday bo‘ladi?
A) P2 B) P C) P6 D) P4
16. Quyidagi qaysi asos ammiak eritmasida erimaydi?
A) Zn(OH)2 B) Ca(OH)2 C) AI(OH)3 D) Be(OH)2
Do'stlaringiz bilan baham: |