VII-GRUPPA ELEMENTLARI.
1. Davriy sistemaning VII guruh elementlari eng yuqori oksidlanish darajasiga ega bo‘lganda qanday oksid xossasini namoyon etadi?
A) beqaror B) amfoter C) kislotali
D) asosli E) beqaror va kislotali
96-15son-33.
2. Qanday birikmaga xlorid kislota qo‘shilganda havoda o‘z-o‘zidan yonib ketadigan gaz ajralib chiqadi?
A) Mg2Si B) CaCO3 C) Na2SO3 D) MnO2 E) FeS
96-15son-130.
3. Qanday reaksiya suvli eritmada amalga oshishi mumkin?
A) KI+Br2→ B) KBr+I2→ C) KCI+Br2→
D) KCI+I2→ E) KF+Br2→
97-2son-54.
4. Xlor qaysi element atomi bilan eng oson reaksiyaga kirishadi?
A) C B) S C) P D) Si E) Na
97-3son-30.
5. Quyidagi birikmalarni ular tarkibidagi xlorning oksidlanish darajasi ortib borish tartibida joylashtiring: 1) to‘rtxlorli uglerod
2) gipoxlorit kislota 3) perxlorat kislota 4) xlor 5) bertole tuzi
A) 4,2,1,5,3 B) 2,1,4,5,3 C) 4,1,2,3,5 D) 3,5,2,4,1
E) 4,5,3,2,1
97-4son-24.
6. Defoliant sifatida xlorning qaysi birikmasi ishlatiladi?
A) KCIO2 B) Mg(CIO3)2 C) KCIO4 D) KCIO3
E) KCI NaCI
97-11son-22.
7. Xlordan xlor(I) oksid olish uchun sintez jarayonida qasi moddadan foydalaniladi?
A) kislorod, xlor
B) simob, xlor
C) simob(II) oksid, xlor
D) ammoniy gidroksid, xlor
E) kaliy ishqor, xlor
97-11son-64.
8. Kaliy yodid eritmasidan qanday moddalar yordamida erkin yodni ajratib olish mumkin?
1) vodorod ftorid 2) kislorod 3) xlor 4) ozon
5) vodorod 6) vodorod xlorid 7) vodorod sulfid 8) vodorod bromid 9) neon
10) vodorod peroksid
A) 1,2,3 B) 3,4,10 C) 4,6,8 D) 5,7,9 E) 8,9,10
97-11son-98.
9. Quyidagi reaksiyalarning qaysi biri galogenlarning kislorodli birikmalarini olish uchun qo‘llanilishi mumkin?
A) HCI+O2→ B) KCI+O2→ C) I2+O2→
D) CI2+O2→ E) CI2+NaOH→
98-1son-50.
10. HBr quyidagilarning qaysi biri bilan reaksiyaga kirishadi?
A) sulfat kislota (konC)
B) kaliy yodid
C) fosfor(III) xlorid
D) natriy ortofosfat (konC)
E) kremniy(IV) oksid
98-1son-51.
11. VII guruhni bosh guruhchasidagi elementlarda yuqoridan pastga tushish tartibida ular gidridlarining qaysi xossalari kuchayib boradi
1) kislotaligi 2) termik turg‘unligi
3) oksidlovchilik xossasi 4) bog‘lar qutbliligi
5) qaytaruvchilik xossasi
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,4 D) 1,5 E) 3,4
98-8son-47.
12. Ftordan yodgacha bo‘lgan elementlar atomlarida kimyoviy aktivlik va atom radiusi qay tarzda o‘zgaradi?
A) aktivlik va radius kamayadi
B) aktivlik va radius ortadi
C) aktivlik kamayadi, radius ortadi
D) aktivlik ortadi, radius kichiklashadi
E) aktivlik o‘zgarmaydi, radius kattalashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |