DTM 2014
1. 0,06 mol vodorod peroksidni neytral muhitda oksidlash uchun qancha (g) kaliy permanganat kerak? Bunda necha gramm marganesli birikma hosil bo’ladi?
A) 6,32; 11,82 B) 6,32; 3,48 C) 12,64; 6,96 D) 9,48; 5,22
2. Oltin(III) xlorid va 3,5 mol vodorod peroksid orasidagi reaksiya (ishqoriy muhitda) natijasida hosi bo’ladigan oltinning massasini (g) va kislorodning hajmini (l) aniqlang.
A) 197; 22,4 B) 230; 39,2 C) 460; 78,4 D) 520; 86,4
3. 0,05 mol kaliy dixromatni qaytarish uchun necha grammdan kaliy sulfit va sulfat kislota zarur?
A) 3,16; 19,6 B) 23,7; 19,6 C) 7,9; 4,9 D) 15,8; 9,8
4. Quyidagi reaksiyaning koeffitsientlar yig’indisini aniqlang.
KCl+K2Cr2O7+H2SO4=KClO4+K2SO4+Cr2(SO4)3+H2O
A) 72 B) 66 C) 59 D) 26
5. 0,06 mol kaliy dixromatni qaytarish uchun necha grammdan temir(II) sulfat va sulfat kislota zarur?
A) 54,72; 41,16 B) 27,36;17,04 C) 54,72; 47,04 D) 9,48;5,88
6. Na2B4O7 moddasidagi borning oksidlanish darajasini aniqlang.
A) -3 B) +1 C) +3 D) +2
7. 1 mol noma’lum oranik modda KMnO4 ning suvli eritmasi bilan oksidlanganda 46 g K2CO3, 66,7 g KHCO3, 116 g MnO2 va suv hosil bo’ldi. Qaysi modda oksidlanganini aniqlang.
A) HCOOH B) CH3COOH C) CH3OH D) HCOH
8. Ca3(PO4)2+SiO2+C⟶CaSiO3+CO+P ushbu reaskiya asosida 3,1 g fosfor olingan bo’lsa, qancha litr is gazi ajralgan? Reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsientlar yig’indisini aniqlang.
A) 5,1; 18 B) 2,8; 20 C) 5,6; 19 D) 2,4; 20
9. Sariq qon tuzi molekulasi tarkibidagi markaziy atomning valentligi va oksidlanish darajasini aniqlang.
A) IV; +3 B) VI; +3 C) VI; +2 D) V; +3
10. 63,2 g kaliy permanganatni kislotali sharoitda qaytarish uchun qancha hajm vodorod sulfid va sulfat kislota zarur?
A) 22,4; 98 B) 8,96; 39,2 C) 13,44; 58,8 D) 22,4; 58,8
11. Oksalat kislotani kaliy permanganatning suvli eritmasi to’liq oksidlaydi. Oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalent massasini aniqlang.
A) 31,6; 45 B) 158; 45 C) 52,7; 45 D) 31,6; 22,5
12. Qaysi qatordagi galogenlar kimyoviy xossalarida ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi bo’lishi mumkin?
A) F, Br, Cl B) F, Br, J C) Cl, Br, J D) F, Cl, J
13. 200 g 98 % li sulfat kislota eritmasi bilan 0,5 mol oltingugurt ta’sirlashishi natijasida qancha hajmda qanday gaz hosil bo’ladi?
A) 67,2 l SO2 B) 22,4 l H2 C) 44,8 l H2S D) 33,6 l SO2
14. Bertole tuzi qizdirilganda uning parchalanishi ikki xil yo’nalishda boradi: 1) kislorod va kaliy xlorid; 2) kaly xlorid va kaliy perxlorat hosil bo’ladi. 49 g KClO3 parchalanishidan 0,3 mol KCl hosil bo’lgan bo’lsa, olingan KClO4 ning massasini aniqlang.
A) 18,24 B) 13,85 C) 12,45 D) 15,24
15. 0,02 mol kaliy dixromatni qaytarish uchun necha gramm natriy nitrit va sulfat kislota zarur?
A) 4,14; 13,72 B) 4,14; 7,84 C) 5,52; 13,72 D) 5,52; 7,84
Do'stlaringiz bilan baham: |