98-12son-46.
78. Qaysi moddalardan sintez qilingan tuz qaytmas gidrolizga uchrashini aniqlang.
1) perxlorat kislota va litiy gidroksid
2) permanganat kislota va natriy gidroksid
3) sulfid kislota va alyuminiy gidroksid
4) nitrit kislota va kaliy gidroksid
5) sirka kislota va ammoniy gidroksid
A) 1,3 B) 2,4 C) 3,5 D) 3,4 E) 4,5
99-1son-11.
79. Qaysi tuz qaytmas gidrolizda qatnashadi?
A) kaliy yodid B) ammoniy ftorid
C) natriy ftorid D) mis(II) xlorid
E) kaliy sulfid
99-1son-41.
80. Qaysi tuzning gidrolizi oxirigacha sodir bo‘ladi?
A) (NH4)2CO3 B) KF C) KJ D) FeCl3 E) AlCl3
99-2son-12.
81. Qaysi tuzning suvdagi eritmasini tayyorlab bo‘lmaydi?
A) kaliy xlorid B) ammoniy xlorid
C) natriy karbonat D) temir(III) sulfit
E) kumush ftorid
99-2son-42.
82. Quyidagi moddalarning qaysilari eritmaga qo‘shilganda, natriy kabonatning gidrolizi kuchayadi?
1) natriy gidroksid 2) rux xlorid 3) suv
4) kaliy sulfid
A) 2,3 B) 1,2 C) 3,4 D) 1,3 E) 2,4
99-3son-44.
83. Quyidagi moddalar eritmalaridan qaysilari temir(III) xloridning gidrolizini kuchaytiradi?
1) sulfat kislota 2) rux xlorid 3) ammoniy karbonat 4) rux
A) 1,2 B) 3,4 C) 2,3 D) 1,4 E) 1,2,3,4
99-4son-12.
84. Ammoniy sulfid eritmasi qanday muhitga ega?
A) ishqoriy B) neytral C) kuchli kislotali
D) kislotali E) Ammoniy sulfid suvda yaxshi erimaydi
99-4son-22.
85. Quyidagi fikrlarning qaysi birlari to‘g‘ri? Tuzlar gidrolizi quyidagi hollarda kuchayadi:
1) eritma konsentratsiyasi ortganda,
2) eritma qizdirilganda;
3) eritma suyultirilganda;
4) eritma sovutilganda
A) 1,2 B) 1,4 C) 2,3 D) 3,4 E) Gidrolizga
bu omillar ta’sir ko‘rsatmaydi
99-4son-44.
86. Qaysi tuzlar qaytmas gidroliz reaksiyasida qatnashadi?
1) ammoniy sulfid 2) natriy xlorid
3) kaliy fosfat 4) ammoniy karbonat
5) alyuminiy atsetat 6) xrom(III) sulfid
7) ammoniy nitrat 8) mis(II) nitrat
A) 1,2,4,7 B) 1,4,5,6 C) 1,4,7,8 D) 1,2,3,5 E) 2,5,6,7
99-6son-86.
87. Rux xlorid gidrolizida qaysi ionlar hosil bo‘ladi?
1) rux 2) xlorid 3) gidroksorux 4) proton
5) gidroksid
A) 1,2,3,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5 E) 1,2,4,5
99-6son-87.
88. Faqat kation bo‘yicha gidrolizda qatnashadigan tuzlarni tanlang.
1) ammoniy xlorid 2) ammoniy karbonat
3) ammoniy sulfat 4) bariy nitrat
5) alyuminiy xlorid 6) kaliy nitrat
7) natriy nitrat 8) kaliy yodid
A) 1,2,3 B) 1,3,5 C) 5,6,7 D) 4,6,7 E) 6,7,8
99-7son-5.
89. Qaysi tuzlar gidrolizda kation bo‘yicha qatnashadi?
1) soda 2) kaliy ortofosfat 3) bariy xlorid
4) kalsiy nitrat 5) kaliy silikat
6) magniy sulfat
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 1,2,5 D) 4,5,6 E) 2,4,5
99-7son-6.
90. Kalsiy fosfid gidrolizi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotdagi fosforning oksidlanish darajasini aniqlang.
A) -3 B) 0 C) +1 D) +3 E) +5
Do'stlaringiz bilan baham: |