02-12son-32.
ZICHLIK ISHTIROK ETGANDAGI MASALALAR!
145. Natriy gidroksidning 300 ml (zichligi ρ=1,333 g/sm3) 30% li eritmasiga 200 ml suv qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmada natriy gidroksidning massa ulushi qanday?
A) 15% B) 20% C) 12% D) 25% E) 18%
96-5son-18.
146. Sulfat kislotaning 30% li 100 ml eritmasiga (zichligi 1,223 g/sm3) 200 ml suv qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi H2SO4 ning massa ulushini aniqlang.
A) 9% B) 11,4% C) 10% D) 14% E) 20%
96-15son-18.
147. 400 ml suvga 200 ml konsentrlangan (ρ=1,4 g/ml, C=63%) HNO3 aralashtirilgan bo‘lsa, nitrat kislotaning foiz konsentratsiyasi qancha bo‘ladi?
A) 20 B) 28 C) 26 D) 30 E) 40
97-10son-180.
148. Zichligi 1,73 g/sm3 ga teng bo‘lgan 75% li eritmadan 4 l tayyorlash uchun suvsiz sulfat kislotadan qancha gramm olish kerak bo‘ladi?
A) 2412 B) 2388 C) 2262 D) 2542 E) 5190
98-9son-2.
149. 70 ml benzolda massasi 1,8 g bo‘lgan naftalin eritildi. Benzolning zichligi 0,88 g/sm3. Naftalinning eritmadagi massa ulushini (%) hisoblang.
A) 2,84 B) 1,50 C) 0,82 D) 2,21 E) 2,50
00-9son-26.
150. Massa ulushi 0,16 bo‘lgan sulfat kislotaning (ρ=1,1 g/ml) 200 ml eritmasiga 30 gramm suv qo‘shilgandan keyin eritmadagi sulfat kislotaning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 16,08 B) 15,58 C) 14,58 D) 14,98 E) 14,08
00-9son-77.
151. Benzol va toluolning zichligi 200C da 0,879 va 0,867 g/ml ga teng. 0,7 l benzol va 0,8 l toluol aralashtirilgan bo‘lsa, olingan eritmadagi har bir moddaning mol ulushlarini hisoblang.
A) 0,44; 0,56 B) 0,51; 0,49 C) 0,61: 0,39
D) 0,72: 0,28 E) 0,81: 0,19
03-5son-52.
152. Massa ulushi 49,5% bo‘lgan atsetonning suvli eritmasi (ρ=0,99) dagi atsetonning hajmiy ulushini aniqlang. Atsetonning 250C dagi zichligi 0,786 g/ml.
A) 0,42 B) 0,56 C) 0,48 D) 0,62 E) 0,40
98-8son-66.
153. 55,5 ml atseton bilan 44,5 ml suv aralashmasidagi atsetonning massa ulushini toping. Atsetonning 250C dagi zichligi 0,786 g/ml. Eritma hosil bo‘lishida hajm o‘zgarishini hisobga olmang.
A) 0,50 B) 0,45 C) 0,55 D) 0,60 E) 0,40
98-8son-67.
154. KOH ning 18% li 400 gr eritmasiga tarkibida 0,5 mol KOH bo‘lgan 100 ml eritma (ρ=1,022 g/ml) qo‘shildi. Oxirgi eritmadagi erigan moddaning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 25 B) 20C) 30 D) 35 E) 45
01-5son-49.
155. Hajmi 1 ml bo‘lgan 25% li eritmadagi erigan moddaning massasi 0,458 g bo‘lsa, eritmaning zichligini toping.
A) 1,832 B) 2,016 C) 1,082 D) 1,563 E) 2,832
02-12son-28.
156. Hajmi 2 ml bo‘lgan 37% li eritmada erigan modda miqdori 0,762 g bo‘lsa, eritmaning zichligi (g/ml) ni aniqlang.
A) 1,12 B) 1,07 C) 1,03 D) 1,14 E) 1,09
00-6son-53.
157. Konsentratsiyasi 25% bo‘lgan eritmaning 1 ml hajmida 0,458 g modda bor bo‘lsa, shu eritmaning zichligi (g/ml) ni aniqlang.
A) 1,48 B) 1,74 C) 1,46 D) 0,458 E) 1,83
00-7son-11.
158. 10% o‘yuvchi natriy eritmasi hosil qilish uchun 600 ml suvga necha ml 40% li NaOH eritmasidan (ρ=1,43 g/ml) qo‘shish kerak?
A) 130 B) 140 C) 150 D) 160 E) 170
97-7son-26.
159. Hajmi 1 l bo‘lgan va zichligi 1,011 g/ml bo‘lgan 3% li ortoborat kislota N3PO3 da necha gramm bor elementi mavjud?
A) 4,42 B) 4,92 C) 5,12 D) 6,20 E) 5,38
Do'stlaringiz bilan baham: |