(2007-DTM.)
1. A(g)+B(g)=C (g)+D(g) reaksiya hajmi 10 litr bo‘lgan idishda olib borildi. Reaksiya uchun A va B dan mos ravishda 8 va 12 moldan olingan bo‘lsa, ularning muvozanat holatdagi konsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang (KM=1).
A) 0,32; 0,72 B) 8;12 C) 0,8;1,2 D) 0,56; 0,64
2. A(g)+B(g)=C (g)+D(g) reaksiya uchun B moddadan 1,2 mol olindi va muvozanat qaror topganda (KM=1) D moddadan 0,8 mol hosil bo‘ldi.Reaksiyaning hajmi 0,004 m3 bo‘lsa, A ning boshlang‘ich konsentratsiyasini (mol/l) toping.
A) 2,4 B) 0,6 C) 0,8 D) 9,6
3. A(g)+B(g)=C (g)+D(g) reaksiyaning muvozanat konstantasi ma’lum temperaturada 1 ga teng bo‘lib, A va B moddalarning boshlang‘ich konsentratsiyasi 2 va 3 mol/l bo‘lsa, ularning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/l) yig‘indisini aniqlang.
A) 2,6 B) 5 C) 4,6 D) 5,8
4. A(g)+B(g)=AB(g) reaksiyada A ning boshlang‘ich konsentratsiyasi 0,9 mol/l bo‘lib, AB dan 0,3 mol/l hosil bo‘lganda muvozanat qaror topdi. (KM=1). B ning boshlang‘ich konsentratsiyasini (mol/l) toping.
A) 0,8 B) 0,5 C) 0,6 D) 0,3
5. A(g)+B(g)→AB(g) reaksiyada A ning boshlang‘ich konsentratsiyasi 0,4 mol/l bo‘lib, AB dan 0,15 mol/l hosil bo‘lganda muvozanat qaror topdi (KM=1). Barcha moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/l) yig‘indisini hisoblang.
A) 0,75 B) 1,00 C) 0,60 D) 1,15
6. CO2(g)+H2(g)=CO(g)+H2O (g) reaksiyaning konstantasi 8500C da 1 ga teng. CO2 va H2 ning boshlang‘ich konsentratsiyalari mos ravishda 6 va 8 mol/l bo‘lsa, ularning muvozanat holatdagi konsentratsiyalarini (mol/l) aniqlang.
A) 2,6, 4,6 B) 3,4, 3,4 C) 1,2, 3,4 D) 9,4, 11,4
7. SO2+O2=SO3 reaksiyada SO3 ning konsentratsiyasi 0,2 mol/l bo‘lganda kimyoviy muvozanat qaror topdi (KM=1). SO2 ning boshlang‘ich konsentratsiyasi 0,6 mol/l bo‘lsa, kislorodning dastlabki konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 0,45 B) 0,25 C) 0,35 D) 0,30
8. SO2(g)+NO2(g)=SO3(g)+NO(g) reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki konsentratsiyasi mos ravishda 6 va 7 mol/l bo‘lsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 2,77 B) 8,73 C) 3,77 D) 3,27
9. Hajmi 0,005 m3 bo‘lgan idishda kimyoviy muvozanat qaror topganda HCl(g)+O2(g)=Cl2(g)+H2O(g) moddalarning konsentratsiyasi (mol/l) [HCI]=0,7, [O2]=1,8 va [CI2]=0,6 ni tashkil qiladi. Boshlang‘ich moddalar miqdorini (mol) hisoblang.
A) 9,5; 10,5 B) 1,9; 2,1 C) 3,5; 9,0 D) 0,7; 1,8
10. N2)+N2(g)=NN3 reaksiya hajmi 0,008 m3 bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [N2]=0,7; [N2]=0,8; [NN3]=0,4 mol/l bo‘lsa, boshlang‘ich moddalar miqdorini (mol) hisoblang.
A) 7,2; 11,2 B) 0,9; 1,4 C) 1,6; 4,8 D) 0,2; 0,6
11. HCl(g)+O2(g)=Cl2(g)+H2O(g) reaksiya hajmi 8 l bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [HCI]=0,7; [O2]=0,6; [H2O]=0,4 mol/l ni tashkil qildi. Boshlang‘ich moddalar miqdorini (mol) hisoblang.
A) 12; 6,4 B) 0,8; 0,2 C) 6,4; 1,6 D) 1,5; 0,8
12. NH3(g)+O2(g)=N2(g)+H2O(g) reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyasi (mol/l) [NH3]=0,8; [O2]=0,4; [N2]= 0,2 ni tashkil qildi. Reaksiya hajmi 7 l bo‘lgan idishda olib borilgan bo‘lsa, reaksiya uchun olingan NH3 va O2 larning dastlabki miqdorini (mol) hisoblang.
A) 0,4; 0,3 B) 1,2; 0,7 C) 2,8; 2,1 D) 8,4; 4,9
13. NH3(g)+CI2(g)=N2(g)+HCI(g) reaksiya hajmi 8 l bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [NH3]=0,5; [CI2]=0,3; [HCI]=0,6 mol/l bo‘lsa, reaksiya uchun olingan NH3 va CI2 lar miqdorini (mol) hisoblang.
A) 5,6; 4,8 B) 0,7; 0,6 C) 1,4; 2,4 D) 0,2; 0,3
14. CH4(g)+H2O(g)=CO(g)+H2(g) reaksiyada muvozanat qaror topganda (KM=1) vodorodning konsentratsiyasi 3 mol/l ni tashkil qildi, Suvning dastlabki konsentratsiyasi 5 mol/l bo‘lsa, metanning dastlabki konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang.
A) 7,75 B) 6,75 C) 6,6 D) 5,6
Do'stlaringiz bilan baham: |