(2005-DTM.)
1. Sistema hajmining kamayishi va temperaturaning pasayishi muvozanatning o‘ng tomonga siljishiga olib keladigan reaksiyalarni ko‘rsating.
1) NO+O2↔NO2+Q
2) C(q)+H2O(g) ↔CO+H2-Q
3) N2+H2↔NH3+Q
4) NO+CI2↔NOCI+Q
A) 1,2,3 B) 2 C) 1,3,4 D) 2,3 E) 3,4
2. Bosimning kamayishi va temperaturaning ortishi sistema muvozanatini chap tomonga siljishiga olib keladigan reaksiyalarni aniqlang.
1) H2+O2 ↔ H2O(g)+Q
2) N2O4↔NO2-Q
3) CO+O2↔CO2+Q
4) H2S↔H2+S(q)-Q
5) NO+O2↔NO2+Q
6) N2+O2↔NO-Q
7) CO2+C(q)↔CO-Q
A) 2,6 B) 4,7 C) 1,3,5 D) 1,2,3 E) 1,3,4,5
3. Bosim ortganda quyidagi sistemalarning qaysilarida muvozanat holati o‘zgarmaydi?
1) COCl2↔CO+Cl2 2) N2+H2↔NH3
3) SO2+NO2↔NO+CO3 4) CO+NO2↔CO2+NO
5) HCI+O2↔H2O+Cl2
A) 1,5 B) 2,3,5 C) 4 D) 3,4 E) 2,3
4. 2SO2+O2=2SO3 sistemada hajm uch marta kamaytirildi. To‘g‘ri va teskari reaksiyalarning tezliklari qanday o‘zgaradi, muvozanat qaysi tomonga siljiydi?
A) 81, 27 marta ortadi; muvozanat siljimaydi
B) 9, 27 marta kamayadi; muvozanat o‘ng tomonga siljiydi
C) 27, 9 marta kamayadi; muvozanat siljimaydi
D) 27, 9 marta ortadi; muvozanat o‘ng tomonga siljiydi
E) 9, 27 marta kamayadi; muvozanat chap tomonga siljiydi
5. Berk idishda doimiy temperaturada boradigan CO+CI2=COCI2 reaksiyada dastlabki moddalardan 1 moldan olindi. Muvozanat qaror topgandan keyin SO ning konsentratsiyasi 0,5 mol ekanligi aniqlandi. Muvozanat konstantasini toping.
A) 1 B) 2,5 C) 0,5 D) 3 E) 2
6. N2+H2↔NH3 reaksiyada azot va vodorodlarning dastlabki konsentratsiyasi 3 va 11 mol/l ga teng. Vodorodning 12% i reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topdi. Sistemadagi azot, vodorod va ammiaklarning muvozanat konsentratsiyasi-
A) 3,0; 11; 0,12 B) 2,58; 11,18; 0,22
C) 0,44; 1,32; 0,44 D) 1,76; 10,83; 1,32
E) 2,56; 9,68; 0,88
7. N2+H2↔NH3 reaksiyada boshlang‘ich konsentratsiyalar [N2]=2 mol /l, [H2]=3 mol/l bo‘lgan. Azotning 30%i reaksiyaga kirishgan vaqtda muvozanat qaror topgan. Muvozanat konstantasini va [N2], [H2], [NH3] larning muvozanat holatidagi konsentratsiyalarini toping.
A) 0,51; 1,2; 1,3; 1,4 B) 0,51; 1,3; 1,2; 1,2
C) 0,59; 1,4; 1,2; 1,2 D) 0,59; 1,4; 1,2; 1,3
E) 0,59; 1,3; 1,4; 1,2
8. Platina katalizatori ishtirokida NH3+O2= sistemasida NH3 va O2 ning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 12 va 16 mol/l. Ammiakning 25%i reaksiyaga kirishgandan so‘ng muvozanat qaror topdi. Kislorod va suvning muvozanat holatidagi konsentratsiyalarini (mol/l) toping.
A) 13,75; 4,25 B) 12,28; 6,5 C) 13,75; 4,5
D) 14,5; 4,75 E) 12,25; 4,5
Do'stlaringiz bilan baham: |