Kimyоviy bog’lanish



Download 128,5 Kb.
bet10/11
Sana04.04.2022
Hajmi128,5 Kb.
#528599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyоviy bog’lanish

VODOROD BOG’LANISH
Yuqorida ko’rib o’tilgan ion, kovalent, metall, donor-aktseptor kabi bog’lanishlar kimyoviy bog’lanishning asosiy turi hisoblanadi. Atom va molekulalar orasida bu xil bog’lanishlardan tashqari yana ikkinchi darajali bog’lanish hili - vodorod bog’lanish hamda molekulalararo tortishish kuchlari (Vander-Vals kuchlari) ham mavjud. Orientatsion, dispersion va induksion kuchlar ham shular jumlasiga kiradi. D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi V,VI va VII guruh metallmaslarning vodorodli birikma (gidrid) larining qaynash haroratini o’rganish natijasida nazariya bilan tajriba orasida nomuvofiklik mavjudligi aniqlangan. Chunonchi NF, N2O va NH3 ning qaynash harorati kutilgandan yuqoriroq bo’lib chiqqan. Н2О ning qaynash harorati Н2S ning qaynash haroratidan pastroq bo’lishi kerak edi, chunki moddalarning qaynash harorati ularning molekulyar massasiga propotsionalligi juda ko’p hollarda kuzatiladi. Shuningdek, HF ning qaynash xarorati HCI nikidan, NH3 niki esa РН3 nikidan past bo’lishi lozim edi. Lekin tajriba buning teskarisini ko’rsatdi. Buning sababini vodorod bog’lanish nazariyasi bilan izohlash mumkin. Chunki vodorod bog’lanish borligi tufayli НF, H2O, NH3 moddalarining molekulalari o’zaro tortishib yiriklashgan, ya‘ni (HF) n , (H2O)n, (NH3)n holatida bo’ladi. Shunga ko’ra vodorod ftorid, suv va ammiakning qaynash harorati yuqoridir.
Vodorod bog’lanishning asosiy mohiyati shundan iboratki, biror modda molekulasida ftor, kislorod, azot kabi elektrmanfiy elementlarning atomlari bilan birikkan bir valentli vodorod atomi yana boshqa ftor, kislorod va azot atomlari bilan kuchsiz bog’lanish xususiyatiga ega. Buni quyidagi misollardan oson tushunish mumkin. Masalan, НF da Н atomi elektroni ftor atomi tomon siljigani tufayli u shartli ravishda musbat zaryadga ega bo’lib qoladi, ya‘ni vodorod ioni hosil bo’ladi deyish mumkin. Boshqa ftor yoki kislorod atomining juft elektronlari vodorod ionini o’ziga tortadi, natijada vodorod atomi ikki tomondan bog’lanib qoladi:
Н – F … H – F ,
umuman (HF)n,bu yerda n = 2, 3, 4, 5, 6 bo’lishi mumkin.
Demak, elektrmanfiyligi katta bo’lgan element atomi bilan boshqa molekuladagi vodorod atomi orasida vujudga keladigan ikkinchi darajali kimyoviy bog’lanish vodorod bog’lanish deb yuritiladi. Lekin bu bog’lanishning energiyasi unchalik katta emas. U 8 – 42 kJ · mol–1 ni tashkil qiladi. Molekulalararo tortishish kuchlarining mustahkamligi esa 0,1 – 8,4 kJ . mol –1 atrofida bo’ladi.



Download 128,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish