,,QURBONOVLAR MAKTABI’’ ATM KFO’: G’OLIB QURBONOV
telegram kanalimiz: @Qurbonovlarmaktabi
~ 6 ~
1.103. Tarkibida bir xil sondagi vodorod, kislorod va
neon atomlari tutgan, oddiy gazsimon moddalar
aralashmasi berilgan. 10 litr (n.sh.) shunday
aralashmaning massasini hisoblang.
1.104. Ammiak va vodoroddan iborat gazlar
aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 1,625 ga
teng. Aralashmadagi gazlarning massa ulushlarini
hisoblang.
1.105. Azot va vodorod aralshmasi vodoroddan
2,3 marta og'ir. Dastlabki azotning yarmi
ammiakga aylansa, aralashmaning hajmi necha
marta o'zgaradi?
1.106. Kislorod va ozon aralashmasi 0
o
C va
81,04 kPa da 7 litr hajm egallaydi. Ozon to'liq
kislorodga aylangandan so'ng, su haroratda kisorod
8 litr hajm egalladi. Bunda sitemaning bosimi
85,1 kPa ni tashkil etdi. Dastlabki aralashmadagi
gazlarning miqdorlarini (mol) aniqlang.
1.107. Is gazi va karbonat angidrid aralashmasi
101,3 kPa va 68°C da 14 litr hajm egallaydi. 12°C
gacha sovutilib, uzoq vaqt yangi tayorlangan kalsiy
oksid ustida tutib turilgandan keyin, shu bosimda
gazning hajmi 4,68 litrni tashkil etdi. dastlabki
aralashmadagi gazlarning modda miqdorlarini
hisoblang.
1.108. 40 ml metan va uglerod (II)-oksid
aralashmasi, 62 ml kislorod bilan aralashtirilib,
portlatildi. Portlashdan keyin, aralashma
sovutilgach, hajm 70 ml bo'lib qoldi. Barcha
hajmlar normal sharoitda berilgan bo'lsa, dastlabki
aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlarini
hisoblang.
1.109. Azot va metanning teng sondagi
elektronlarga ega hajmlari aralashtirilishidan hosil
bo'lgan aralashmaning vodorodga nisbatan
zichligini aniqlang.
1.110. Ammiak sintez qilish uchun mo'ljallangan
10 litrlik berk idishga 310°C da 20 mol azot va
60 mol vodorod joylashtirildi. 12% azot reaksiyaga
kirishgandan so'ng muvozanat qaror topdi.
Idishdagi bosim qanday o'zgargan?
1.111. Stexiometrik nisbatda olingan 22,4 litr
(n.sh.) vodorod va xlor aralashmasi berk idishda
portlatildi. Reaksiya mahsuloti natriy gidroksid
eritmasi orqali o'tkazildi. Natijada 50 g natriy
xlorid hosil bo'ldi. Mahsulotning umumiy hosil
unumini (%) hisoblang
1.112. 24 g oltingugurt (VI)-oksid qizdirilganda
10 litr 600°C, 290 kPa) gazlar aralashmasi hosil
bo'ldi. Oltingugurt (VI)-oksidning parchalanish
darajasini hisoblang.
1.113.
100°C va 76 mm.s.u. da 45 g suv bug'lari
qanday hajm egallaydi?
1.114. Idishda, 2 mol azot, 3 mol kislorod, 1 mol
karbonat angidrid va 1 mol is gazidan iborat
aralashma bor. Aralashmaning molyar massasini,
hajmiy va massa ulushlarini (%) hisoblang.
1.115.
27°C va 200 kPa da 68 g ammiakning
hajmini hisoblang.
1.116.
30 litr hajmli idish, 17,7°C, 122 kPa da
60,6 g
gaz bilan to'ldirildi. Gazning molyar massasini
aniqlang.
1.117. Uglerod monooksid va dioksidlaridan iborat
aralshmaning 7,2 grami, 27°C va 3 atm. bosimida
2,05 litr hajm egallasa, 80 litr shunday
aralashmani yondirish uchun kerak bo'ladigan
kislorodning hajmini aniqlang.
1.118. 60 ml uglerod monooksid, 40 ml azot
monooksid va 120 ml havolarning
aralashtirilishidan hosil bo'lgan aralashmadagi
gazlarning hajmiy ulushlarini (%) aniqlang. Havoda
φ(O
2
)=0,2, φ(N
2
)=0,8 deb oling.
1.119. Ammiak va uglerod (II)-oksiddan iborat
15 litr aralashmaga 10 litr vodorod xlorid
qo'shilgandan keyin aralashmaning zichligi (n.sh.)
1,354 g/l bo'lib qoldi. Dastlabki aralashmadagi
gazlarning hajmiy ulushlarini hisoblang.
1.120. Bir gazning 1 litri (n.sh.) 1,43 g, boshqasiniki
0,09 g keladi. Gazlarning, berilgan hajmdagi
molekulalar sonini toping. Shartda ortiqcha
berilgan ma'lumotlarni ko'rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |