Labaratoriya ishi savollari.
1. Har bir laboratoriya mashg’uloti maxsus daflarda qanday tartibda qayd qilib borilishi kerak 1)mashg’ulotdan maqsad; 2) mashg’ulot mavzusi; 3) isni bajarilgan asbob sxemasi; 4) yakuniy xulosalar; 5) mashg’ulot o'tkazilgan kun. soat va ishning tartibi; 6) reaksiya tenglamalarini yozish; 7) tajriba bajarilishining qisqacha tavsifi; 8) reaksiya davomida kuzatiladigan o'zgarishlar
A) 1.7.5,3,2.6,8.4 B) 7.5.5.2,1.6.8.4
C) 5.2,1.5,7,6.8.4 D) 5.2.1.5,6 8.7.4
2.Natriy metali qanday saqlanadi?
A) spirtda B) kerosin ichida
C)shisha idishda D) ochiq idishda
3.Laboratoriyada qanday moddalami tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ulami elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak? 1) yonuvchan; 2) gaz; 3) qattiq; 4) uchuvchan; 5) suyuq.
A) 1,3 B) 3,4 C) 1,4 D) 2,5
4.Laboratoriya shtativi asosan qaysi qismlardan iborat? 1) qisqich; 2) taglik; 3) oyna; 4) o‘zak; 5) halqa; 6) tutqich.
A) 1,5,6 B) 3,5 C) 2,4 D) 2,6
5.Yonib turgan spirt lampasining alangasi necha qismdan iborat? A) 2 B)3 C)5 D)6
6.Yonib turgan spirt lampasining alangasining o‘rta qismi qanday bo‘ladi? 1)ravshan; 2) chetlari xira; 3)juda xira;
4)issiq; 5) eng issiq; 6) issiq emas.
A)3,6 B), 1,6 C)1,4 D) 2,5
7.Spirt lampasi qanday tuzilgan?
1)spirt quyiladigan idish 2)metal disk 3)pilik 4)qalpoqcha 5) Razes; 6) Teklyu
A)1,2,3,5 B)1,2,3,4 C)1,2,3,6 B)barchasi
8.Gaz gorelkasi qanday qismlardan tuzilgan?
1) metal nay; 2) metal disk; 3) gaz oqimining me’yorlashtiruvchi qotirgich; 4) qalpoqcha; 5) ilgich; 6) aralashtirgich; 7) havo yoki kislorod oqimini me’yorlashtiruvchi halqa
A) 1.3.6,7 B) barchasi C) 1.3.4.6.7 D) 2.3.4,7
9.Kimyo laboratoriyalarida tajribalami iloji boricha qayerda o‘tkazish kerak?
A) mo'rili shkafda _B) maxsus xonada
C)stol ustida D) ochiq yerda
10.Laboratoriya shtativi o‘zagiga qisqichlar yordamida nimalar mahkamlanadi? 1) suv hammomi; 2) taglik; 3) oyna; 4) o‘zak; 5) asbest to‘rli taglik; 6) ilgich.
A) 1,5,6 B) 3,5 C) 2,4 D) 2,6
11.Laboratoriya shtativi o'zagiga qisqichlar yordamida nimalar mahkamlanadi? 1) qum hammomi; 2) taglik; 3) oyna;
4)o‘zak; 5) asbest to‘rli taglik; 6) ilgich.
A) 1,5,6 B) 3,5 C) 2,4 D) 2,6
12.Kimyo laboratoriyalarida qanday gaz gorelkalaridan foydalaniladi? 1) Razes; 2) Teklyu; 3)bunzen; 4) Asbest; 5) Metall disk; 6) oddiy gaz gorelkasi.
A)2,4,5,6 B)2,3 C) 1,4 D) 1,3,5,6
13.Gaz gorelkasi alangasining qaysi qismida harorat yuqori bo‘ladi? 1) o‘rta; 2) chekka; 3) yuqori.
A)2,3 B) 1,2,3 C) 1 D) 1,3
14.Laboratoriyada stakan va kolbalar nimaning ustiga qo‘yib qizdiriladi? 1)sim to‘r; 2) spirt lampasi; 3) asbest to‘r.
A)2 B) 1,2,3 С) 1 D)1,3
15.Labaratoriya mashguloti davomida simobli termametr singanda darxol nima qilish kerak?
1)maxsus usular bilan simobni yig’ib olish kerak 2)oltingurgut sepish kerak 3)fosfor sepish kerak 4)suv sepish kerak
A)1,2 B)1,3 D)1,4 D)4
16.Spirt lampasini yoqishga tayyorlash tartibini aniqlang.
1) disksimon metal nayga ipli pilik o'matiladi, uchini qaychi bilan qirqib tekislanadi va spirt bilan ho'llaniladi;
2) spirt lampasi yaroqli ekatiligigaishonch hosil qilinadi:
3) spirt lampasining qalpoqchasi berkititadi; 4) spirt
lampasi idishining 1/2 qismiga qadar voronka yordamida ehtiyotkorlik bilan spirt quyiladi
A)1.2,3,4 B) 2.4,1,3 C) 2,1,4,3 D) 2,1,3,4
17. Alanganing eng issiq joyi qayer?
A) yuqori chetki xira qismi B) pastki juda xira qismi
C) o’rta ravshan qismi D) eng quyi qismi
18. Alanga qismlarini aniqlang?
1) yuqori, qismi chetlari xira, issiq emas; 2) o’rta qismi, ravshan, issiq qismi; 3) pastki qismi, juda xira, issiq emas; 4) yuqori qismi chetlari xira, eng issiq
5) pastki qismi, juda xira, issiq
A) 2,3,4 B) 1,2,3 C) 4,2,5 D) 2,3,5
19. Konsentrlangan kislota va ishqorlar nima yordamida o’lchash zarur (reak uchun)?
A) pipetkada o’lchanadi
B) menzurkada o’lchanadi
C) tomizgichda o’lchanadi.
D) o’lchov stakanda
20. To’kilgan simob qanday zararsizlantiriladi?
A) ustiga S sepib B) ustiga suv sepib
C) ustiga qum sepib
21. Qaysi birini zichligi suvdan kichik?
A) sulfat kislota(k) B) nitrat kislota(k)
C) spirt D) litiy
22. Qaysi biri yuqori temperatuda qaynaydi?
A) suv B) etil spirt C) sulfat kislota D) metan
23. Qaysi birini qaynash temperaturasi suvnikidan kishik?
A) osh tuzi B) etil spirt C) sulfat kislota D) LiOH
Tarif
1. Elementning moli – …?
A) element atom massasiga son jihatdan teng qilib, grammlar bilan ifodalangan miqdori
B) Moddaning molekular massasiga son jihatdan teng qilib, gramm hisobida olingan miqdori
C) element atom massasiga son jihatdan teng qilib, mollar bilan ifodalangan miqdori
D) element atom massasiga son jihatdan teng qilib, m.a.b bilan ifodalangan miqdori
2. Mol ‒ …?
1) 0,012 kg (12 g) uglerodda nechta uglerod atomi bo‘lsa, tarkibida shuncha zarrachalar (atom, molekula va boshqalar) bo‘lgan modda miqdori;
2) tarkibida 6,02•1023 molekula, atom yoki boshqa zarrachalar bo‘lgan modda miqdori
3) modda miqdori o’lchov birligi;
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 3 D) 2,3
3. Biror kimyoviy reaksiyalar zarrachalar (atomlar, molekulalar va b.) soni jihatidan ko‘rib chiqilayotgan vaqtda qaysi fizik kattalikdan foydalaniladi?
A) modda miqdori B) modda massa C) molyar massa D) NA
4. Gramm-molekulasi yoki qisqacha mol -…?
A) moddaning atom massasiga son jihatdan teng qilib, grammlar bilan ifodalangan miqdori
B) Moddaning molekular massasiga son jihatdan teng qilib, gramm hisobida olingan miqdori
C) Moddaning molekulyar massasiga son jihatdan teng qilib, mollar bilan ifodalangan miqdori
D) element atom massasiga son jihatdan teng qilib, m.a.b bilan ifodalangan miqdori
5. Moddaning molyar massasi ‒ …?
A) moddaning o’n molining massasi B) moddaning bir molining massasi C) Mr bilan belgilanadi
D) M bilan belgilanib, mol/l birlikka ega
6. Elementning nisbiy atom massasi qanday belgilanadi?
A) Ar B) Mr C) M D) m
7. Ar r qanday ma’noni anglatadi?
A) „relative“ so‘zining boshlang‘ich harfi, u „taxminiy“ degan ma’noni bildiradi.
B) „relative“ so‘zining boshlang‘ich harfi, u „nisbiy“ degan ma’noni bildiradi.
C) „relative“ so‘zining boshlang‘ich harfi, u „taqlidiy“ degan ma’noni bildiradi.
D) „relative“ so‘zining boshlang‘ich harfi, u „ratsional“ degan ma’noni bildiradi.
8. 12C izotopi atomining massasini 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini bildiradigan son-?
A) Mr B) molyar massa C) Ar D) m.a.b
9. 1 m.a.b. ‒ …?
A) uglerod atomi massasining 1/12 qismiga, ya’ni 1,66•10‒27 g ga teng
B) uglerod atomi massasining 1/12 qismiga, ya’ni 1,66•10‒23 g ga teng.
C) uglerod atomi massasining 1/12 qismiga, ya’ni 1,66•10‒24 g ga teng.
D) uglerod atomi massasining 1/12 qismiga, ya’ni 1,66•10‒24 kg ga teng.
10. Ayni modda massasini uglerod atomi massasining 1/12
qismiga nisbati nima deyiladi?
A) moddaning nisbiy molekular massasi B) atomning nisbiy molekulyar massasi C) u.b D) m.a.b
11. Elementlar atomlarining massasini 1 m.a.b. bilan taqqoslab, topiladigan butun sonlar yoki element atom massasini uglerod atom massasining 1/12 qismiga nisbati elementning-…deyiladi?
A) Nisbiy atom massalar B) nisbiy molekulyar massa C) absolyut(xaqiqiy) massa D) molyar massa
12. Nisbiy atom massa qanday o’lchanadi?
A) kg B) g C) m.a.b D) o‘lchamsiz kattalik
13. M=Ar =Mr munosabatni qanoatlantiradigan xolat?
A) xlor molekulasi B) argon C) oq fosfor D) olmos
14. M=Ar =Mr munosabatni qanoatlantiradigan xolat?
A) kislorod molekulasi B) neon C) rombik oltingugurt D) ozon
15. M=Ar =Mr munosabatni qanoatlantiradigan xolat?
A) brom molekulasi B) geliy C) monoklinik oltingugurt D) grafit
16. Kimyoviy hodisalarda moddaning bo‘linmaydigan eng kichik zarrasi nima?
A) molekula B) atom C) element D) oddiy modda
17.Kimyoviy fo’rmula nima?
A)modda tarkibining kimyoviy belgilar va (zarururiyat bo’lsa) indekslar yordamida ifodalanishi
B)modda tarkibining indeks yordamida ifodalanishi
C)modda tarkibining kimyoviy belgilar yordamida ifodalanishi
D)modda tarkibing atomlar yordamida ifodalanishi E)modda tarkibining molekulalar yordamida ifodalanishi
18. Molekula — bu …?
A) moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlab qolmagan eng kichik zarrachasidir
B) moddaning fizikaviy xossalarini o‘zida saqlab qolgan eng kichik zarrachasidir
C) moddaning fizik va kimyoviy xossalarini o‘zida saqlab qolgan eng kichik zarrachasidir
D) moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlab qolgan eng kichik zarrachasidir
20. Kimyoviy formula asosida nimalarni topish mumkin?
1) moddaning nisbiy molekular massasini; 2) molekulasining m.a.b. dagi massasini;
3) moddadagi elementlarning massa ulushlarini (foiz hisobida) hisoblab topish mumkin;
A) 3 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,3
21. Kimyoviy belgi qanday ifodalanadi?
A) atom lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfi bilan keyingi harflaridan biri orqali.
B) element lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfi bilan keyingi harflaridan biri orqali.
C) molekula lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfi bilan keyingi harflaridan biri orqali.
D) element yoki atom lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfi bilan keyingi harflaridan biri orqali.
22. Atomlar — …?
A) moddaning kimyoviy jihatdan bo‘linadigan eng mayda zarrachalaridir.
B) moddaning kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan eng mayda zarrachalaridir.
C) moddaning fizikaviy jihatdan bo‘linmaydigan eng mayda zarrachalaridir.
D) moddaning fizik-kimyoviy jihatdan bo‘linadigan eng mayda zarrachalaridir.
23. Moddaning tarkibini kimyoviy belgilar bilan ifodalash bu?
A) kimyoviy tenglama B) tuzilish formula C) atomlar orasidagi bog’ni electron shaklida ifodalash
D) kimyoviy formulalar
24. Moddaning kimyoviy formulasiga qarab nimalarni ayta olamiz?
1) ayni modda oddiy ekanligini 2) ayni modda murakkab ekanligini 3) qanday elementlardan hosil bo‘lganligini
4) molekulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirganligini
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2 D) 3,4
25. Kimyoviy formula nimalarni ko’rsatadi?
1) moddaning sifat tarkibini; 2) qanday kimyoviy elementlardan tarkib topganligini;
3) modda molekulasining atom tarkibini;
4) modda molekulasini tashkil etgan har qaysi element atomlarining sonini ko‘rsatadi
A) 1,2 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 4
26. Elementlarning simvollari sifatida lotincha nomlarini bosh harflarini olishni taklif qilgan olim (1813 yil)?
A) Bertle B) Berselik Selmi C) Berselius D) Mendeleyev
27. Molekuladagi atomlarni mutlaq sonini emas, balki har xil elementlarning atomlari soni orasidagi nisbatni ko‘rsatadi
A) Eng oddiy formula B) Haqiqiy formula C) tuzilish formula D) electron formula
Do'stlaringiz bilan baham: |