fi = e.l
Eritmalaming qutblanganlik darajasi ulaming dielektrik doimiysi dcgan kattalik bilan ham baholanadi. Bu kattalik ikkita elektr zaryad orasidagi tortilish yoki itarilish kuchi ayni muhitda vakuumdagidan qancha kichik ekanligini ko'rsatadi. Molekulalari qutblangan moddalar qutblangan erituvchilarda eritilganda turli kattalikdagi assotsiatlar (birlashgan molekulalar) hosil qiladi. D.I. Mendeleyev etil spirt suvda eritilganida eritmaning umumiy hajmi kamayib, issiqlik chiqishini, ba’zi qattiq moddalar suvda eritilganda esa eritmaning harorati pasayishini ko'rsatdi va shu asosda o'zining gidratlar nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra erish murakkab fizik-kimyoviy jarayon boMib, erigan modda molekulalari erituvehi molekulalari bilan o‘zaro ta’sirlashib beqaror birikmalar — solvatlar hosil qiladi. Agar erituvehi suv bo'lsa, hosil boMgan birikma gidrat deyiladi. Gidratlar konsentratsiya va harorat o‘zgarishi bilan parchalanadi, yoki boshqa birikmala/g«i aylanadi. Masalan, bir chaqmoq qand suvga botirilganda gidratlanish sodir bo‘ladi, ya’ni suv molekulalari qand molekulalarini o'rab oladi va ular bilan gidrat hosil qiladi. Bunda, issiqlik ajralib chiqadi. Lekin gidrat hosil qilish uchun suv molekulalari kristall panjaradan qand (shakar) molekulalarini ajratib olishi kerak, buning uchun esa energiya sarflash lozim. Demak, agar gidratlanish jarayonida kristall panjaradan molckulani ajratib olishda sarflanganiga qaraganda ko‘p issiqlik chiqsa, erish jarayonida eritma isiydi. Aksincha, agar qattiq modda kristallini parchalashga gidratlanishdan ajralib chiqqanga qaraganda ko‘p issiqlik talab qilinsa. u holda erish jarayonida eritma soviydi.
FIZIK VA KOLLOW KIMYODAN MAS ALAIJtR
— —
SUYULTIRILGAN NOELEKTROLIT ER1TMALARNING OSMOT1K BOS1M1
Entinada erigan modda molekulalari hüarv erituvchi molekulalan orasida fizikaviy va kimyoviy o'zaro ta’sirlar bo'lgani sababli eritmaning xossalari crigan moddaning va toza erituvchining xossalaridan larq qiladi. Bundan tashqari, eritmada erigan modda miqdon ko‘p, ya’m eritmaning konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, erigan modda molekulalarining bir-biri bilan o'zaro ta’siri ham kuchli bo'lib, bu ham eritmaning xossalarim anchagina o'zgartirib yuboradi va ularni o'rganish qiyinlashadi. Shu sababli eritmalaming ko‘p xossalari suyultirilgan eritmalarda o'rganilgan va eritmalarga doir ko‘p qonunlar ham suyultirilgan eritmalar uchun keltinb chiqarilgan. Suyultirilgan eritmalarda erigan modda zarrachalari orasida erituvchining juda ko‘p molekulalari bo'lganligidan bu zarrachalar orasidagi o'zaro ta’sir shunchalik kuchsizki, u eritmaning xossalariga deyarli ta’sir etmaydi Suyultirilgan entmalaming xossalari erigan modda zarrachalarining tarkibiga va ulami oichamiga bog'liq bo’lmaydi. Shu jihatdan suyultirilgan eritmalar gazlarga o‘xshaydi.
Biror moddaning bitta erituvchida ikki xil konsentratsiyali erit- masidan olib, ulaming o'zaro yarimo'tkazgich parda (to‘siq) bilan ajra- tilsa, bunday parda erituvchi molckulalarini o'tkazib, erigan modda molekulalarini tutib qoladi. Ko‘p hayvon va o‘simlik to'qimalari ana shunday parda vazifasini o'tay oladi.
Eritmalar bir-biridan yarimo'tkazgich parda yordamida ajratilganda erituvchi molekulalari past konsentratsiyali eritmadan yuqon konsentratsiyali eritmaga o‘ta boshlaydi. Aslida erituvchi yuqori konsentratsiyali eritmadan past konsentratsiyali eritmaga o'tndi. Lekin bunda juda oz molekulalar o'tganligi sababli uni hisobga olmasa ham bo'ladi.
Erituvchining parda orqali eritmaga o‘tishi osmos hodisasi deyiladi. Erituvchi molekulalan yuqori konsentratsiyali eritmaga o'tishiga qarshilik qilish uchun yetarli qandaydir bosim bilan ta’sir qiladi, ana shu bosim osmotik bosim deyiladi.
Tajribalaming ko'rsalishicha, juda suyultirilgan eritmalarda osmotik bosim (te) erigan moddaning konsentratsiyasi (S)ga va mutlaq harorat (T) ga to'g'ri proporsional bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |