Bog'liq Fizik va kolloid kimyodan masalalar G` Rahmonberdiyev
y bob. ERJTMALAR
Erish jarayoni, sodda qilib aytganda, bir modda zarrachalarining ikkinchi modda zarrachalari orasida bir tekis taqsimlanishidan iboraldir.
Tarkibida ikki yoki bir necha modda bor bo‘lgan bir jinsli sistema eritmalar deyiladi. Erish jarayoni bir modda molckulalari va ionlarming boshqa modda molekulalari yoki ionlari orasida oddiy taqsimlanishi- dangina iborat bo‘lib qolmay, balki ayni modda orasida turli xil fizikaviy va kimyoviy o'zaro ta’sirlar ham bo'lishi mumkin.
Eritmada qaysi moddaning miqdori ko‘p bo'lsa yoki qaysi modda o‘z agrégat holatini o'zgartirmagan bo'lsa, shu modda erituvchi . qolgani esa erigan modda deyiladi. Eritmalar erigan modda zarrachalarining katta-kichikligiga qarab chin eritmalar, kolloid eritmalar va dagal erit- malarga bo‘linadi. Chin eritmada erigan modda zarrachalarining o'ichami 1nanometr (10*6 mm) dan kichik, kolloid eritmada 1 dan 100
nanometrgacha. dag'al eritmada esa 100 nanometrdan katta bo'ladi.
Eritmalar agrégat holatiga ko‘ra, uch guruhga bo'linadi: 1) gazlar aralashmasi (masalan,havo); 2) suyuq eritmalar; 3) qaîtiq eritmalar (masalan. mis bilan oltin qotishmasi).
Suyuq eritmalarga gazlaming suyuqlikdagi, suyuqliklaming suyuq- likdagi va qattiq moddalaming suyuqlikdagi eritmalari kiradi.
Eritmaning eng muhim xususiyati uning konsentrasiyasidir. Erit- maning muayyan miqdoridagi erigan modda miqdori eritmaning kon- sentratsiyasi deyiladi. Erigan moddaning miqdori eritmaning massasiga yoki hajmiga nisbatan olinishiga qarab og'irlik yoki hajmiy konsentratsiya bo'ladi. Eritmaning og‘ir!ik konsentratsiyasi, odatda, massa ulushlarda (0 dan 1gacha) yoki foizlarda ifodalanadi yoki eritmaning zichligi bilan beriladi. Masalan. 100 gramida 10 g tuz va 90 g suv bor eritmaning massa ulushi 0,1 ga yoki bu eritma 10% eritma deyiladi.
Erigan moddaning miqdori molda yoki 1 1 eritmadagi gramm ekvivalentlarda berilganligiga qarab hajmiy konsentratsiya molarlik yoki normallik bilan ifodalanadi. Agar 1 1 eritmada n mol erigan modda
bo'lsa, hajmiy konsentratsiya C *■ — ga teng. Hajmiy konsentratsiyaga
v
titr ham KupattH. 1 sm3 (yoki 1 ml) eritmadagi erigan moddaning
grammlar soni bilan it'odalanadigan konsentralsiy titr deyiladi. Ba’zan konsentratsiya 1000 g erituvchidagi erigan moddaning mollar soni bilan ham ifodalanadi (molar konsentratsiya).
Har xil agrégat holatdagi moddalaming erish jarayoniga erituvehi va erigan modda molekulalarining qutblanganligi katta ta'sir ko'rsatadi. Qutblanganlik shundan iboratki, ayrim moddalar molekulasida elektr zaryadlari nolekis taqsimlanganligi sababli molekulaning bir qismini niusbat zaryadlar. ikkinchi qismida csa manfiy zaryadlar ko'payib qoladi. Molekulaning qutblanganlik darajasini lushuntirish uchun dipol dcgan lushuncha kiritiladi. Kattalik jihatidan teng, lekin ishorasi qarama- qarshi boigan va bir-biridan maium 1 masofada turgan ikki elektr zaryad (e* va e* dan iborat sistema) dipol deyiladi. Zaryadlar o'Icha- mining ular orasidagi masofaga ko'paytmasi dipol moment deyiladi va n bilan ishoralanadi: